Ma’lumotlar to‘plash – ekspertizadan o‘tayotgan muayyan ob’yektga tegishli bo‘lgan barcha axborot, ma’lumotlarni yig‘ish va to‘plash.
Umumlashtirish – ob’yekt haqidagi to‘plangan iqtisodiy, texnologik, ekologik, gidrologik kimyoviy va boshqa ma’lumotlarni o`z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lum tizimga keltirish.
Tahlil qilish – umumlashgan ma’lumotlar bankini o‘z yo‘nalishi va xususiyatlari bo‘yicha alohida o‘rganish, tasniflash.
Baholash – ekspertiza o`tkazilayotgan ob’yekt yo‘nalishlari, bo‘limlari, tashkil etuvchi qismlari bo‘yicha xavfli va zararlik darajasini aniqlash.
Xulosa berish – ekspertiza ovtkazilayotgan ob’yektning ekologik jihatdan zararli yoki zararsiz, xavfli yoki xavfsiz, ekologik qoida-talablarga mos keladi yoki ushbu qoidalarga zid ekanligi haqida yakuniy, adolatli, ob’yektiv xulosaga kelish.
Xulosa:
Ushbu III-bobda Kompyuter xonalarida ish jarayonini tashkil etilishi, mehnatni muhofaza qilish va ekologik monitoring va ekologik ekspertiza haqida ma’lumotlar keltirdim. Bu ma’lumotlarni yig‘ish va o‘rganish jarayonida texnika xavsizligi haqida yetarlicha ma’lumotlar oldim. Shu bilan bir qatorda ishlaydigan xonamizning tartibli bo‘lishi va ish qurollarimizning to‘g‘ri joylashuvi ish samaradorligimizni oshirishiga katta yordam beradi. Ish jarayonini to‘g‘ri taqsimlash yani kerakli paytda dam olish ham ish unumining oshishiga juda katta samara beradi. Shu ma’lumotlar bilan bir qatorda atrof muhit ekologiyasi va uni muhofaza qilish haqida ham ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tganman.
IV BOB. XULOSA
Zamonaviy audio-video texnologiyalarni o‘rganildi, raqamli audio-video qurilmalar va dasturlar foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lindi, video montaj dasturlaridan foydalana olish qobilyatiga ega bo‘lindi, audio-video montaj jarayonlar bilan ishlash jarayonlari o‘rganildi, ranglarni berish, videoda matnlar va effektlardan to‘g‘ri foydalanish va ularni amaliyotga qo‘llash malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirildi. Birituv ishini qilish jarayonida multimedia mahsulotlari va ularni ishlab chiqaruvchi texnologiyalar va audio va video montaj dasturlari haqida ma’lumotlar-ga ega bo‘lindi. Bu ma’lumotlar bitiruv ishini sifatli chiqishiga yordam berdi. Ovoz yozish dasturlari Adobe Audition, Cubase, Fl studio va shu kabi ayrim dasturlar bilan tanishildi. Ularni ayrimlarini ishlatib ko‘rildi. Video mantaj dasturlari bilan ham tanishib chiqildi. Video montaj ishlari Adobe Premiere Pro dasturi orqali bajarildi. Montaj jarayonida Adobe Premiere Pro dasturining ko‘pgina jihatlari o‘rganib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |