3. 2. Mehnatni muhofaza qilish
Mehnat muhofazasi – insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun xujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, tehnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs havfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini ximoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish havfini oldini olish, ishlab chiqarishda jaroxatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muxofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi.
Xavfsizlik ma’daniyatini yaratish va targ‘ib qilish, ish joylarida har yili o‘lim xolatlarini kamaytirish, ushbu muammolarga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti, XMT (International Labour Organization, ILO) 28-aprel kunini “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”(3.2.1-rasm) deb e’lon qilgan. Ushbu kun birinchi marta 2003-yilda nishonlangan. Butunjahon mehnat havfsizligi kuni o‘oyasi vafot etgan ishchilarni xotirlash kunidan kelib chiqadi, ilk bora Amerika va Kanada mehnatkashlari tomonidan 1989-yilda ish joyida jarohatlangan yoki halok bo‘lgan ishchilarni xotirlash uchun o‘tkazilgan. Bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakatlarda mehnatni muhofaza qilishning xal etilmagan muammolariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ular, odatda davlat organlari, kasaba uyushmalari tashkilotlari, ish beruvchilar tashkilotlari va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar tomonidan tashkil etiladi. Har yili Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni XMT oldida turgan muammolarga bag‘ishlanadi va turli shiorlar ostida o‘tkaziladi. Bu yil XMT “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ni “Ish joydagi sog‘liq va havfsizlik – bu hayotni saqlab qolishi mumkin. Pandemiyani to‘xtating” shiori ostida o‘tkazilishini tavfsiya qilmoqda va “Pandemiya sharoitidagi mehnatni muhofaza qilish” tavsiyalarini ish beruvchilarga yubormoqda.
3.2.1-rasm. 28-aprel Butunjahon mehnat muhofazasi kuni
Oʻzbekiston Respublikasi da havfsiz va qulay mehnat sharoitida ishlash yuzasidan fuqarolarning huquqlari Konstitutsiyada (37-modda) mustahkamlanib qoʻyilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda roʻyobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun (1993-yil 6-may)da, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti xujjatlarida belgilangan. Oʻzbekistonda Mehnat muxofazasi uchun katta moliyaviy mablagʻlar ajratiladi va oʻzlashtiriladi. Sogʻlom va havfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat xuquqlaridan boʻlib xisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki xuquqiy xujjatlarida, muayyan soxa, kasb, ish joylariga oid boʻlgan Mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mulkchilik shakli va xoʻjalik yuritish usulidan qatʼiy nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlar oʻz xodimlari uchun sogʻlom va havfsiz mehnat sharoitini yaratishi, havfsizlik tehnikasi choralarini koʻrishi, mehnatni muxofaza qilish hizmatlarini tashkil etishi, boshqa tashkiliy tehnik tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi. Qonunlarga, shu jumladan, Mehnat muhofazasiga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar umumiy nazorat olib boradi. Mehnat muhofazasi haqidagi qonun talablarini buzgan korxonalarga moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan esa institutizomiy, maʼmuriy-huquqiy, jinoiy javobgarliklar qoʻllanishi, ular aybi bilan yetkazilgan moddiy zararlar qoplantirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |