3. 3. Ekologik monitoring va ekologik ekspertiza
Ekologik monitoring
Inson omilining tabiiy atrof-muqitga ta’siri (antropoten omil) reven sari kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, mahsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to‘plangan ma’lumotlar tabiiy atrof-muqitda yuz berayotgan o‘zgarishlarni baholash va tegishli hulosalar chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi.
3.3.1-rasm. Manitoring
Monitoring deb, ma’lum vaqt oralio‘ida, qandaydir parametirni o‘zgarishini ko‘p marotaba o‘lchab kuzatishga aytiladi. Monitoring – bu ob’ektni holatini va o‘zgarishini uzoq, muddatli kuzatishlar, baholashlar, nazorat va bashorat qilish tizimidir. Atrof muhit deb, berilgan dastur asosida, tabiiy muhitni, tabiiy resurslarni, o‘simik va hayvonot dunyosini, tabiiy va faoliyat ta’sirida vujudga kelgan holatlarni aniqlash imkonini beruvchi, bir maromdagi kuzatishlarni bajarishga aytiladi. Ekologik monitoring deganda, inson va ob’ektlarni yashash muhitining ekologik holatini (mikroorganizmlar, o‘simliklar va boshqalar) doimiy baholashni ta’minlovchi, ekotizimlarni holatini va bir butunligini baholashni, hamda talabdagi ekologik shartlar bajarilmagan bo‘lsa, ularni o‘zgartirish zaruratini aniqlab beruvchi atrof tabiiy muhiti tashkil etilgan reventive tushuniladi.
Aslida “monitoring” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, u “kuzatish”, “nazorat qilish” ma’nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning lug‘aviy ma’nosi juda keng miqyosda qo‘llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda “monitoring” deganda, atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, uning holatini boshqarish va tabiiy muhit holatini bashorat qilish tushuniladi. Respublikamizda tabiiy muhit muhofazasi vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi, Davlat o‘rmon xo‘jaligi, qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya davlat qo‘mitasi, Soqliqni saqlash vazirligi va shunga o‘xshagan davlat muassasalari bajaradi. Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa jarayonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
3.3.3-rasm. Artof muhitning ifloslanishi.
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko‘rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Ekologik monitoring axborotlari va ma’lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boriladi, ular asosida ekologik vaziyatlar holatining tadrijiy o‘zgarishlarini va turli kasalliklarning yillar davomida o‘zgarishini tahlil qilish uchun darkor. Xususan qo‘riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy ahamiyati beqiyos kattadir. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Respublikamiz-da 9 ta qo`riqxona mavjud bo‘lib, shundan 3 tasi Buxoro viloyati hududidadir: Qorako‘l, Qizilqum va Vardonze qo‘riqxonalari. Ekologik monitoringni tuzilishi quyidagicha: atrof tabiiy muhitdagi fizik, kimyoviy va jarayonlarni borishini atmosfera havosini, tuproqni, suvlar va boshqa ob’ektlarni ifloslanish darajasini, hamda buning oqibatida hayvonot va o‘simlik dunyosiga bo‘lgan ta’sirlarni kuzatish, aholini atrof tabiiy muhit to‘grisidagi kunlik va tezkor axborot ta’minlashni tashkil etishi, atrof tabiiy muhit holatini bashorat qilishi va ogoh bo‘lishi. Ekalogik asosiy maqsadi quydagilar: inson yashash muhiti va ekotizimlarni holatini va yaxlitligini belgilovchi ko‘rsatkichlarni o‘zgarishlarini va uning oqibatlarini aniqlash, ekalogik shartlar bajarilishi, bu kursatkichlarni muvofiqlashtirish yo‘llarini aniqlash, yuzaga kelgan noxush holatlarni tuzatish choralarini aniqlash.
3.3.4-rasm. Suvdagi ifloslanishlarni o‘rganish jarayoni
Ekologik monitoringning asosiy vazifalari quydagilar: antropologik ta’sirlarining manbalari va omillarning kuzatishi, tabiiy muhit holatini va undagi astralogik ta’sir natijasida ro‘y berayotgan jarayonlarni kuzatish, tabiiy muhitni bor holatini kuzatish, tabiiy muhitni antralogik ta’sir natijasida o‘zgarishini bashorat qilish, iste’molchini tabiatini muhofaza qilish faoliyati va ekalogik xavfsizligi uchun o‘z vaqtida axborot bilan ta’minlash va yechimlarni qabul qilish. Ekologik monitoring o‘tkazilgandagi ma’lumotlar yordamida atrof tabiiy muhit boshqarish tizimi, hamda Ekologik monitoringni tashkil etish sxemasi ko‘rsatilgan. Ekologik monitoring tizimida quydagi ishlar amalga oshiriladi:
Kuzatish ob’ektlarini ajratib (aniqlab) olish
Ajratib olingan ob’ektni tekshirish
Kuzatish ob’ektini tekshirish
Kuzatish ob’ektini axborot modelini tuzish
O‘lchamlarini rejalashtirish
Kuzatish ob’ektini holatini baholash va uni axborot modeliga kiritish
Kuzatish ob’ektini holatini o‘zgarishini bashorat qilish
Axborotni iste’molchiga qulay shaklda yetkazish yig‘indisiga aytiladi.
Monitoring butun biosferani qamrab oladi. Ya’ni yer planetasidagi atmasferani, gidrosfera va mitosferani yuqori qismini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |