Bepul tibbiy xizmat tizimi. Bepul tibbiy xizmat tizimi davlat tibbiy-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida bepul tibbiy xizmat ko’rsatilishini ta’minlaydi, shu jumladan;
-shoshilinch, kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatish, sog’liqni saqlash tizimining dastlabki bo’g’inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, eng avvalo qishloq joylardagi shunday muassasalarda tibbiy xizmatlar ko’rsatish, aholini bir qancha yuqumli kasalliklarga qarshi immunizasiyalash va emlash, ijtimoiy ahamiyatdagi kasalliklar va atrofdagilarga xavf tug’diruvchi kasalliklar bo’yicha (sil kasalligi, o’sma, psixiatriya, narkologiya, endokrinologiya hamda kasb kasalliklariga duchor bo’lgan shaxslarga) ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatish, bolalarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash (pulli kasalxonalardan tashqari), 15-17 yoshdagi o’smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarning yo’llanmalari bo’yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o’tkazish va davolash, homiladorlarga tibbiy xizmatlar ko’rsatish (pulli muassasalardan tashqari), bemorlarning imtiyozli toifalari (nogironlar, urush fahriylari, chin yetimlar) ni davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash.
Pullik tibbiy xizmat tizimi. Pullik tibbiy xizmat xarajatlarni yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan xususiy moliyalashtirish asosida hamda, shuningdek xarajatlarni davlat byudjeti dotatsiyalari hisobiga qisman qoplash yo’li bilan aralash moliyalash shakllandi.
Farzand tarbiyasi yurt taraqqiyoti, jamiyat ravnaqida muhim ahamiyatga egadir. Shu bois mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan boshlab Prezidentimiz rahnamoligida sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy an’ana hamda qadriyatlarimizga hurmat tuyg’ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmokda.
Bu jihatlar Konstitusiyamizda, qolaversa, ,,Ta’lim to’g’risida”gi, ,,Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonunlar hamda mazkur yo’nalishda qabul kilingan bir qator dasturlarda o’z ifodasini topgan. Onalik va bolalikni muhofazalash, sog’lom zurriyotni dunyoga keltirish borasida ko’rilayotgan keng qamrovli ishlar tufayli mustaqillik yillarida onalar va bolalar o’limi uch baravar kamaydi30. Bunday ko’rsatkich bo’yicha bugun O’zbekiston nafaqat MDH, balki dunyodagi yetakchi mamlakatlar safidan joy oldi. Poliomiyelit, qoqshol, difteriya kabi xastaliklarga butunlay barham berildi. Oxirgi yillarda qizamiq, va qizilcha kasalliklari umuman qayd etilmadi. So’nggi o’n yilda esa 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda gepatitning V turi ro’yxatga olinmadi31. Bularning barchasi aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi darajasi tobora yuksalib borayotganining ifodasi, sog’lom avlodni dunyoga keltirish yo’lidagi sa’y-harakatlar samarasidir. Prezidentimiz rahnamoligida sifat jihatidan eng yuksak talablarga javob beradigan birlamchi tibbiyot, respublika va viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, xirurgiya, kardiologiya, urologiya, ko’z mikroxirurgiyasi kabi o’nlab ixtisoslashtirilgan yirik markazlarni o’z ichiga olgan tibbiyot muassasalarining mukammal tarmog’i yaratildiki bu, o’z navbatida, yurtimizda salomatlik ko’rsatkichlari barqaror saqlanib turishida ham muhim omil bo’ldi. Qolaversa, o’tgan yillar mobaynida "Sog’lom ona - sog’lom bola” g’oyasini o’zida mujassam etgan dastur asosida keng ko’lamli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etilishi natijasida skrining va perinatal markazlari milliy tibbiyotimizdan mustahkam o’rin egalladiMa’lumotlarga qaraganda, agar 2005 yilda yurtimizda mutlaqo sog’lom bolalar ko’rsatkichi 52,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda bu raqam 62,9 foizga yetdi. Dunyoning rivojlangan davlatlarida bu kursatkich 70-72 foizni tashkil etishini inobatga olsak, mamlakatimiz bu masala bo’yicha ham qanchalik yuksak o’sish sur’atlariga erishayotganligiga amin bo’lamiz.1- Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 13 apreldagi "Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" gi, 2009 yil 1 iyulda qabul qilingan “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to’g’risida,, gi Qarorlari asosida bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko’tarildi32.
Keng miqyosda amalga oshirilayotgan ,,Sog’lom ona — sog’lom bola” dasturi umum milliy harakatga aylandi. Muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasi ham mustahkamlanib, ta’lim-tarbiya, sog’lomlashtirish tizimi tobora takomillashmoqda. Sog’liqni saqlash tizimida olib borilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlar xalqaro tashkilotlar tomonidan yuqori baholanib kelinmoqda. 2010- yilda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan o’zbek milliy tibbiyot modeli boshqa mamlakatlarga namuna sifatida tavsiya etildi. Buyuk Britaniyaning ,,Save the children” (,,Bolalarni asraylik”) tashkiloti tomonidan 2011 yilda O’zbekiston 161 ta davlat orasida bolalar salomatligini muhofaza kilish bo’yicha o’nta yetakchi davlat safidan o’rin egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |