Himoyaga ruhsat etiladi” O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari


Mustaqillik yillarida O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning huquqiy asoslarining yaratilishi



Download 298,36 Kb.
bet10/19
Sana18.07.2022
Hajmi298,36 Kb.
#820868
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Komilova Shohista diplom ishi

2.2. Mustaqillik yillarida O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning huquqiy asoslarining yaratilishi
Sog’liqni saqlash tizimining huquqiy bazasini yaratish ham davrning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolgan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda avvalo sog’liqni saqlashga aloqador qonunchilikni yaratish va islohotlar strategiyasini ishlab chiqish zarur edi. Shu maqsadda birinchi galda respublikamiz konstitusiyasiga shu xildagi modda kiritildi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 40-moddasida “Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”22 deb belgilab qo’yildi.
1992 - yilning mart oyida Sog’liqni saqlash vazirligining hay’at yig’ilishida respublika sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, 1996-1998 yillarga mo’ljalllangan kompleks dastur tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining esa 1999 yilning 14-yanvarida “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. Mustaqillik yillarda tibbiyot sohasiga oid quyidagi qonunlar qabul qilindi;
“OITS bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida” (1991 yil 14 iyun), “Davlat sanitariya nazorati to’g’risida” (1992 yil 3 iyul),“Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo’lgan bemorlarni majburiy davolash to’g’risida” (1992 yil 9 dekabr), “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida”(1996 yil 29 avgust),“Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to’g’risida” (1997 yil 25 aprel),“ Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida” (1999 yil 19 avgust),“Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (Oiv kasalligining) oldini olish to’g’risida” (1999 yil 19 avgust),“Psixiatriya yordami to’g’risida” (2000 yil 31 avgust),“Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to’g’risida” (2001 yil 11 may),“Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to’g’risida” (2002 yil 30 avgust),“Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risida” (2007 yil 3 may), “Aholi o’rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to’g’risida” (2010 yil 7 iyun).
Yuqorida nomlari keltirilgan qonunlar asosida Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasiyaratildi va uning asosiy yo’nalishlari qilib quyidagilar belgilandi:
- barcha turdagi sog’liqni saqlash muassasalarining tuzilishi va tarmoqlarini qayta ko’rib chiqish, isloh qilishni gorizontal va vertikal bo’yicha olib borish.
- tug’ish yoshidagi ayollarni sog’lomlashtirish bilan birgalikda ona va bola sog’lig’ini muhofaza qilish, qonunchilik va din tashkilotlari bilan birgalikda ona va bola sog’lig’ini saqlash borasida idoralararo dastur tuzish.
- sog’liqni saqlash tizimini mablag’ bilan ta’minlashni qayta ko’rib chiqish va bir shifo o’rinini mablag’ bilan ta’minlashdan bir aholi sonini mablag’ bilan ta’minlashga o’tish.
- sog’liqni saqlashning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan sog’liqni saqlashni profilaktik yo’nalish prinsipini mustahkamlash va bu borada ambulatoriya-poliklinikalar yordami, tibbiy yordam ko’rsatishning yangi turlarini (kunduzgi stasionarlar, uy stasionarlari, ambulatoriya-jarrohlik markazlari, ambulatoriya davolashning ixtisoslashgan kompleks, mahalla tibbiy yordam punktlari va h.k.) keng qo’llash.
- davolash-profilaktik muassasalar, shifo o’rinlarini qayta ko’rib chiqish, ularni qisqartirish va ixtisoslashtirish tadbirlarini o’tkazish.
- hozirgi zamon sharoitida yuqori malakali yordam ko’rsata oladigan shifokorlar va o’rta tibbiy xodimlarini tayyorlash borasida tibbiy ma’orifini isloh qilish.
- milliy farmasevtik va tibbiy industriyani tuzishda qo’shma korxonalar tashkil qilish va tibbiy texnikani katta sanoat korxonalari bazasida ishlab chiqish orqali respublikada dori-darmon va tibbiy texnikaga bo’lgan ehtiyojini qondirish.
- sil, o’sma kasalliklar, virusli gepatit, SPID, giyohvandlik va jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni oldini olish maqsadida dastur ishlab chiqish va sog’liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etish.
- sog’liqni saqlash muassasalarini davlat ta’sarrufidan chiqarish va qisman privatizasiya qilish prinsiplarini ishlab chiqish.



Download 298,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish