2107-sonli farmonga muvofiq sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning maqsad va vazifalari belgilab berildi.
Islohotlarning maqsadi – quyidagi prinsiplarni amalga oshirish asosida mamlakatda aholi salomatligini saqlash va uni yaxshilashni ta’minlovchi sog’liqni saqlash tizimini tashkil etishdan, sog’lom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Sog’liqni saqlash tizimining tamoyillari quyidagilar deb belgilandi:
Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitusiyaviy huquqlariga rioya etish;
Ko’rsatilgan tibbiy xizmatlarning turlaridan aholining baravar bahramand bo’lishini ta’minlash;
Aholi salomatligi va uning yashash muhiti holatining davlat tomonidan nazorat qilinishini ta’minlash;
Bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish asosida sog’liqni saqlash tizimini chuqur isloh qilish;
Onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini yaratish;
Profilaktik sog’liqni saqlashni ustivor rivojlantirish, sog’lom turmush tarzi, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishni keng ommalashtirish;
Shoshilinch bepul tibbiy xizmat ko’rsatishni maxsus va umumiy davolash-tibbiyot muassasalarining pulli xizmat ko’rsatishga bosqichma-bosqich o’tishi bilan uyg’un olib borish, tibbiy sug’urta tizimini rivojlantirish;
Xususiy tibbiy davolash amaliyotini rivojlantirish va rag’batlantirish;
Aholi salomatligini muhofaza qilishga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari samaradorligini oshirish.
Mazkur davrdan boshlab Sog’liqni saqlash vazirligi Davlat dasturini bajarilishi borasida sog’liqni saqlash tizimida qayta tashkil etish ishlarini olib bordi. Ilgari mavjud bo’lgan besh bosqichli tizim o’rniga qishloq vrachlik punktlari (QVP) va markaziy tuman shifoxonasidan (MTSh) iborat bo’lgan ikki bosqichli birlamchi tibbiy yordam tizimiga o’tish boshlandi.
Sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’ini:
Avvalgi tizim:
Tuman markaziy shifoxonasi
Tuman shifoxonasi
Qishloq uchastka shifoxonasi
Qishloq vrachlik ambulatoriyasi
Qishloq feldsher akusherlik punkti
Yangi tizim:
Tuman markaziy shifoxonasi
Qishloq vrachlik punkti (QVP)
Manzilli dasturga asosan, 2010 -yilda 345 ta QVP 3,2 milliard so’m homiylar va byudjet mablalari hisobidan ta’mirlandi, 2011 yilda 343 ta QVP da 4,6 milliard so’m mablag’ hisobidan ta’mirlash ishlari olib borildi. Qishloq joylardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini aholi jon boshiga moliyalashtirish mexanizmini tatbiq qilish natijasida QVP larni moliyalashtirish 3 barobar oshdi, natijada 2011 yilda 2009 yilga nisbatan QVP ga aholi qatnovi 1000 kishiga nisbatan 3,9 dan 4,6 ga oshdi.
2012 yilgi Investitsiya dasturiga binoan shu yilning o’zida 20 ta zamonaviy QVP foydalanishga topshirildi. QVP larni tashkil etish, ularning moddiy-texnik negizini mustahkamlash barobarida tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ana shu sa’y-xarakatlar samarasi ularok, shu davrga kelib QVP larda 8 ming nafardan ziyod umumiy amaliyot shifokorlari samarali faoliyat ko’rsatdi. Tibbiyot xodimlarini sohadagi o’zgarishlardan o’z vaqtida xabardor etish va o’qitish uchun ham sharoitlar yaratildi. Qishloq vrachlik punktlarida aholiga ko’rsatilayotgan malakali tibbiy xizmat, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar tufayli aholining yuqumli xastaliklar bilan kasallanishi keskin kamaydi.
“Tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi to’g’risida” gi Nizom asosida markaziy tuman shifoxonasidan (MTSH) iborat bo’lgan ikkinchi bosqich ham tashkil etildi. Ushbu Nizom tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilab berdi. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko’p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi (Toshkent shahrida) negizida tashkil etildi. Birlashma o’z faoliyati davomida tegishli hudud hokimligiga va sog’liqni saqlashni boshqarish hududiy organiga bo’ysundirildi va u davlat muassasasi shaklida tashkil etildi hamda mustaqil yuridik shaxs maqomiga ega bo’ldi. Birlashma tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha klinik o’quv bazasi vazifasini ham bajarishi belgilandi.
2001 yilga kelib davlat tomonidan kafolatlangan shoshilinch tibbiy yordam tizimining yaratilishi o’tkazilgan islohotlarning asosini tashkil qildi. Shoshilinch tez tibbiy yordam tizimi Toshkentdagi bosh muassasa – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning viloyatlardagi filiallari, markaziy tuman shifoxonalari va markaziy shahar shifoxonalarida ochilgan shoshilinch tibbiy yordam bo’limlaridan iborat “Tez yordam” va sanitariya avariya xizmati ushbu markazlar ixtiyoriga topshirildi. 2001 yilga kelib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari rejadagi quvvat bilan ishlay boshladi. MTSH va MSHSH larda 168 ta shoshilinch tibbiy yordam bo’limlari faoliyat ko’rsatdi. Respublika bo’yicha shoshilinch tibbiy yordam uchun 8000 shifo o’rinlari tashkil etilgan bo’lib, shulardan 3456 tasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallarida joylashgan25. 2000-2001 yillarda 278 ming bemorga stasionar sharoitida, 728 ming bemorga ambulator sharoitida shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatildi, operativ faollik esa 50-60 foizni tashkil etdi. Bu paytga kelib islohotlar natijasida bemorning shifoxonada o’rtacha davolanishi 5,6 – 6,5 kunni tashkil eta boshladi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari, markaziy tuman shifoxonalari yoki markaziy shahar shifoxonalari uchun Sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan davolash diagnostika standartlari ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi.
2001 yilgi ma’lumotlarga qaraganda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini jixozlash uchun 9,6 mln yevroga Ispaniya hukumati va 760 mln iyena miqdorida Yaponiya hukumati granti jalb etilgan26. Hukumat tomonidan bunday kreditlar istiqbolli loyihalarga sarflandi. Xususan, tibbiyot tizimida tibbiy jihozlarning tanqisligi sezildi. Bu paytda Ispaniya hukumati krediti hisobiga 5,35 mln yevroga teng tibbiy jihozlar sotib olindi. Yaponiya krediti bo’yicha esa tender o’tkazilib, tuzilgan shartnomalarga asosan tibbiy jihozlarning keltirilishi 2002 yilga mo’ljallandi.
Rivojlangan davlatlar tomonidan muruvvat yordami sifatida keltirilgan jihozlar ham Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiallariga tarqatildi. Xususan, Germaniya, AQSh va Xitoydan keltirilgan 6,2 mln AQSh dollariga teng jihozlar va dori-darmonlar RShTYoIM va uning viloyat filiallariga berildi27. Shoshilinch tez tibbiy yordam tizimining barcha bo’g’inini jihozlash uchun Isroil, AQSh va Germaniyadan kredit hisobiga tibbiy jihozlar keltirish masalalari hal etildi. Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimining moddiy-texnik bazasini mutahkamlash tadbirlari keyingi yillarda ham davom ettirildi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi uchun Yaponiya hukumatining 743 million yen (7,1 million dollar) miqdoridagi granti va Ispaniya hukumatining 9,38 million dollar miqdoridagi krediti, viloyat filiallari uchun Islom taraqqiyot bankining 33,8 million dollar miqdoridagi krediti va tuman tibbiyot birlashmalari qoshidagi 171 ta shoshilinch tibbiy yordam bo’limlari uchun arab iqtisodiy rivojlanish Quvayt fondining 20,55 million AQSh dollari mikdoridagi krediti jalb etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 21- maydagi ,,Tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini takomillashtirish haqida”gi PQ- 1114-sonli Qaroriga ko’ra, 2009— 2011 yillarda 698 ta maxsus avtotransport sotib olindi va tizimning avtotransport bilan ta’minoti 94 foizga yetdi. Hududlardagi tez tibbiy yordam mashinalari 127 ta EKG apparati, 35 ta defibrillyator va 30 ta so’rgich bilan qo’shimcha ravishda ta’minlandi.
Sog’lom bola tug’ilishi hamda tug’ilgan bolalarni salomatligini yaxshilashga zamin yaratish maqsadida «Balog’at davri», «Jozibador tabassum», «Sog’ tan - sog’lom bola», «Yosh Onalar maktabi», «Xavfsiz emlash», «Bexatar onalik», «Bolalar kasalliklarini integrirlashgan usulda olib borish» va «Silga qarshi kurashish» hamda boshqa dasturlar bo’yicha ishlar amalga oshirildi.
2001 yilda bolalarni boshqariluvchi infeksiyalarga qarshi emlash masalalari ham hukumatning diqqat markazida turdi. Difteriya, ko’k yo’tal, qoqshol, qizamiq, silga qarshi emlash 98,7-99,8%ga bajarildi. Poliomiyelit kasalligini oldini olish maqsadida Respublikada o’tkir bo’shashgan sholga qarshi epidemiologik nazorat olib borildi va ushbu kasallikka qarshi kurash va uni oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
2001 yil boshidan boshlab tug’ish yoshidagi ayollarning 98,4 foizi tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va ularda mavjud bo’lgan kasalliklar aniqlanib sog’lomlashtirish ishlari olib borildi. Ona suti bilan go’daklarni boqishni qo’llab-quvvatlash va targ’ibot qilish bo’yicha Andijon viloyatining Bo’z, Baliqchi, Farg’ona viloyatining Quvasoy, Bog’dod, Navoiy viloyatining Navoiy va Qiziltepa tumanlarida 120 ta tibbiyot xodimlari 18 va 40 soatlik o’quv dasturlari asosida o’qitildi. 2001 yilning iyun-sentyabr oylarida Navoiy, Namangan, Farg’ona, Xorazm, Samarqand, Buxoro viloyatlari tug’ruq komplekslari «Bolaga do’stona munosabatdagi shifoxona» sertifikatini olish uchun 18 va 40 soatlik dasturlar asosida o’quv seminarlari o’tkazilib, 135 ta tibbiy xodimlar o’qitildi hamda xalqaro ekspertlariing xulosasiga ko’ra respublikamizdagi 14 ta tug’ruq komplekslari ushbu sertifikatni olishga muyassar bo’ldilar. Respublikada 1-8 avgust kunlari Xalqaro ko’krak suti bilan emizishni himoya kilish haftaligi o’tkazildi.28
Sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan bolalarda ko’plab uchraydigan va ularni kasallanishi va o’limining asosiy sababchilari bo’lgan URI va diarez bilan kasallanishini kamaytirish uchun avvalo, onalar yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishning mohiyatini e’tiborga olib “Yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni yaxshilash» bo’yicha 18-soatlik o’quv dasturi ishlab chiqildi va ushbu dastur asosida Farg’ona (Bog’dod va Quvasoy) va Andijon viloyatining (Bo’z va Baliqchi) tumanlarida jamoa tashkilotlarining (Xotin-qizlar qo’mitalari va mahallalarning faol ayollarini) kichik yoshdagi bolalari bor yosh onalardan 80 tasi o’qitilgan. Shuningdek, ushbu tumanlarda 14 ta trener o’qitib tayyorlanib, 80 ta mutaxasis o’qitilgan.
«Fan va Texnika Davlat qo’mitasi Akusherlik va ginekologiya, Kardiologiya va Pediatriya ITI tomonidan tuzilgan shartnomalar asosida kam qonlik, aritmiya va fertil yoshidagi ayollar ichki organlari boshqa kasalliklarining oldini olish va davolash bo’yicha zamonaviy usullarni ishlab chiqish va o’zlashtirishga qaratilgan innovasiya loyihalari ishlab chiqildi va ilmiy izlanish ishlar boshlandi. Sanoat korxonalarida bo’lg’usi onalarni ish sharoitini yaxshilash va ularni ish sharoitiga me’yoriy talablar kiritish maqsadida San Pin loyihasi hamda maktabgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashning gigienik tavsiyalari sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tekshirish instituti tomonidan ishlab chiqildi va mutaxasislarga yetkazildi.
Sog’liqni saqlash tizimining dori-darmon ta’minoti tizimini ham isloh qilishga keng o’rin ajratildi. 1997 yil 25 aprelda 415-I-son “[ОКОЗ:
1.14.00.00.00 Соғлиқни сақлаш. Жисмоний тарбия. Спорт. Туризм / 14.01.00.00 Соғлиқни сақлаш / 14.01.04.00 Соғлиқни сақлаш муассасаларини, аҳолини медикаментлар, дори-дармон воситалари ва тиббий буюмлар билан таъминлаш. Дорихона]
[ТСЗ:
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Соғлиқни сақлаш. Санитарияга оид қонун ҳужжатлари]
Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to’g’risida” O’zbekistonRespublikasi Qonuni qabul qilindi. Unda aholini dori vositalari bilan ta’minlash sohasidagi davlat kafolatlari belgilab berildi. Unga ko’ra davlat dori vositalarining asosiy turlarini bemalol olishni va ular sifatli bo’lishini kafolatlashi, tibbiy maqsadda qo’llanishga ruxsat etilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ish ko’rishning barcha shakllari taqiqlanishi belgilandi. Tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan belgilab berildi.[ОКОЗ:
1.14.00.00.00 Соғлиқни сақлаш. Жисмоний тарбия. Спорт. Туризм / 14.01.00.00 Соғлиқни сақлаш / 14.01.01.00 Умумий қоидалар / 14.01.01.02 Соғлиқни сақлаш соҳасида бошқарув]
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro’yxatdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan dori vositalarining g’ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlandi29. Dori vositalari davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud bo’lgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilina boshlandi.
Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish tibbiy xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda tutildi. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadigan bo’ldi. Pullik xizmat birinchi navbatda korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirila boshlandi. Ko’rsatilayotgan xizmat hajmi aholi ehtiyojiga qarab belgilanadi, xizmat narxi esa bitta bemorni byudjet hisobiga davolanib chiqishi uchun sarflanadigan mablag’ miqdoriga qo’shimcha qulayliklar uchun sarflanadigan mablag’ miqdori qo’shib hisoblandi. Mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha davolash profilaktika muassasalariga hududiy sog’liqni saqlash organlari nazorati ostida mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berishga ruxsat etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |