Yordamchi maktabda matematika o`quv fanidan o`quvchilarni o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalari.
1-sinf. Sonlar va hisoblashlar.
Natural sonlar qatoridagi 10 ichida bir xonali sonlarning atalishi va ketma-ketligi va narsalarni to`gri va teskari tartibda sanash. 1-10 sonlarni raqamlar bilan belgilash. Sonlarni taqoslash(teng, teng emas, katta, kichik), “=”, “>”, “<”.
Nol soni va uni belgilash.
Qo`shishnina asosiy xossasi. Qo`shishda nolning xossasi. Ayirishning xossasi. Ayirishda 0 ning xossasi. Qo`shish va ayirish orasidagi musbat;
10 ichida o`qitish jadvallari;
Quyidagi ko`rinishdagi ayirish va qo`shishni belgilash: 7-7, 0+3, 6-0, 5-0;
0 ichidagi sonlarni qo`shish va ayirishga doir masalalarni yechish.
Geometrik shakllar, ularni o`lchash.
Narsalarni o`lchamlari bo`yicha taqqoslash: katta-kichik, kattaroq-kichikroq, tena, uzun-qisqa, keng-tor, baland-past, yo`g`on-engichka, ortiq-kam, og`ir-yengil (og`irroq, yengilroq, og`irligi teng), ko`p-kam (bir necha ortiq, kam, teng miqdorda).
Fazoviy tasavvurlar: narsalarning o`zaro joylashuvi; oldin-keyin, orasida-yonida, o`ngda-chapda, ustida-ostida, (baland-past), yaqin-uzoq, yaqinroq-uzoqroq, shu yerda-u yerda, birinchi-oxirgisi, ketma-ket.
Vaqtni tasavvur etish: erta, kunduz, kechqurun, tun, bugun, ertaga, kecha, o`tgan kun, ilgari (qadimda) , yaqinda va hokazo.
Doira va uchburchak, to`rtburchak, kadrat, nuqta, chiziq, to`g`ri chiziq.
Matematikani o`rganishda o`quvchilar quyidagilarni bilishlari kerak:
10 ichida sonlar qatorini tuzish ususiyatlari;
Atamalar: qo`shish, ayirish, kam, ortiqni;
Ishora (belgi) va belgilashlar: +,-, <,>,=.;
Bir xonali sonlarni 10 ichida qo`shish va ayirish jadvalini.
Ko`nikmaga ega bo`lishi kerak.
1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni o`qish va yozish; (sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytishni, sanoqda tushurib qoldiralgan sonlarni topishni va shu kabilar);
Natural sonlarni “=”, “<”, “>” belgilardan foydalanib taqqoslash;
<<…ta ortiq>>, <<…kam>> munosabatlarni matematik atamalar bilan to`gri bog`lay olish;
Qo`shishning asosiy xossasini bilish va undan hisoblashlarda foydalanish;
Qo`shish va ayirishga doir soda arifmetik masalalarni yechish;
Aytilgan sondagi narsalarni (10 ichida) ajrata bilish, buyumlarni bittalab sanash, sonlarni taqqoslash;
Qancha? Savoliga javob berish;
Arifmetik amallar ishoralarini farqlash.
Geometrik shakllar bo`yicha o`quvchilar quyidagilarni bilishi kerak:
Atamalar: doira, uchburchak, kvadrat, to`rtburchak, to`g`ri chiziq, nuqta, uzunlik o`lchovi birligi (santemetr).
Ko`nikmaga ega bo`lish kerak:
Kesmani chizg`ich yordamida chizish;
Ixtiyoriy nuqtalarni chizg`ch yordamida birlashtirish;
Atrofdagi eng soda geometrik shakllar narsalaga qarab chizish;
doira, uchburchak, kvadrat, to`rtburchaklarni topa olish, bu shakllarni bir-biridan farqlash;
Atrof borliqda yo`nalish ola bilish;
Shaklning biror elementi (cho`plar)ni olib qo`yish bilan geometrik shaklning ko`rinishini o`gartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |