"Himoya qalqoni"treningi
Mavzu: stress va nizoli vaziyatlarni oldini olish.
O'quv mashg'ulotining asosiy maqsadi –maktab xodimlari tomonidan psixologik usul va metodlardan to'g'ri foydalanish hamda turli holatlarda to'g'ri qaror qabul qilish bo'yicha psixologik bilimlarini oshirish, shuningdek, jamoada ma'naviy-ruhiy muhitni yaxshilash hamda turli hil ruhiy zo'riqishning oldini olish orqali xodimlarning ruhiy barqarorligini ta'minlashdan iborat.
2 soatga mo’ljallangan trening jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi: 1. Trening haqida ma'lumot(Ma'ruza). 10 min.
2. Qoidalar bilan tanishish. 5 min.
3. Tanishtiruv: "Ideal men" mashqi. 15 min.
4. "Chivin va asalari" hikoyasi. 10 min.
5. Inerjayzer. "Bo'ron mashqi". 15 min.
6. "Xech qachon" metodikasi. 15 min.
7. Enerjayzer. "Qisqa tutashuv". 15 min.
8. Hikoya. "Germaniya armiyasi" 10 min.
9. "Qadriyatlar" metodikasi. 20 min.
10. Moychechak” mashg’ulot. 15 min.
11. Kutuvlarni so'rash. 10 min.
1.Trening haqida ma'lumot(ma'ruza). Izoh: trener avvalambor qatnashuvchilarga psixologiya va psixolog shaxsi haqida ma'lumot beradi. Psixologiyaning bugungi kunda biz uchun qanchalik muhim ekanligi haqida tushuncha beradi va shu bilan bir qatorda qatnashuvchilardan ham fikrlarini so'raydi. Keyingi galda trener bugungi trening nomi bilan qatnashuvchilarni tanishtiradi va nima uchun aynan mana shu nom qo'yilganligiga izoh beradi. Bunda trener quyidagi gaplardan foydalangani maqsadga muvofiq: bugungi treningimiz "Himoya qalqon" deb nomlanadi. Xo'sh nima uchun. Bugun siz bilan stress va unga sababchi bo'lgan omillardan qanday himoyalanish haqida fikr yuritamiz. Inson stressga tushib qolganda yoki shunga yaqin kelayotgan bo'lsa, qanday yo'l tutishi kerak, shuni siz bilan birgalikda o'rganamiz. Ma'ruzada trener iloji boricha stress va uni keltirib chiqaruvchi omillarni ochib berishga harakat qilishi kerak.
2. Qoidalar bilan tanishish. Trening boshlanishidan oldin trener qatnashchilar bilan o'ziga xos qoidalarni yaratib oladi. Bunda trener avval ishtirokchilardan turli xil variantlarni so'raydi, agarda ishtirokchilar faollik ko'rsatishmasa ularga misol tariqasida o'zi biror bir qoidani aytadi, so'ng qoidalarni tuzib chiqishadi (trener yagona mikrofon, shu yerda va hozir, telefonlarni o'chirish va trening o'tkazilayotgan honada "vakum rejimi", ya'ni xonaga hech kim kiritilmasligi va chiqarilmasligi kabi qoidalar kiritilishini ta'minlashi zarur).