Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni
11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash
Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag’lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag’larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo’shimcha chiqim qilmaydilar.
Korxonalar o’zining xo’jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilishga mo’ljallangan mablag’larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.
(11-moddaga O’zbekiston Respublikasining 01.05.98 Qonuniga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) . (Ozbekiston respublikasi MMQQ). Qonunda ko’rsatlgan talablar asosida mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta’minlanadi:
• davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi,
• ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda xo’jalik jamg’armasi; • agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo’lsa – amortizatsiya jamg’armasi;
• agar xarajatlar kapital xarajatlar bo’lsa - asosiy faoliyat, tarmoq va umumxarajat mablag’lari;
• yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar;
O’ta zararli ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko’zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o’rnini bosuvchi
boshqa mahsulot beriladi.