Jamoat nazorati — bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan mehnat muhofazasi bo’yicha saylangan vakil tomonidan olib boriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan
mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakil, ish joylarida, mehnat xavfsizligi holatini qarshilik ko’rsatilmagan holda tekshirish, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzganliklari bo’yicha takliflar
kiritish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish huquqiga egadir.
21-modda. Xodimlarning korxonadagi vakilligi
Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo’lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo’iiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig’ilishi (konferensiyasi) belgilaydi. Xodimlar vakillik qilishni hamda o’z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o’zlari belgalaydilar.
Barcha vakillik organlari o’z vakolatlari doirasida ish olib boradi va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi.
Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo’lishi kasaba uyushmalarining o’z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi lozim.
Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda etishi va himoya qilishi mumkin emas.
Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa
— sud tomonidan ham tugatilishi mumkin. (Ozbekiston respublikasi MMQQ). 24-modda. Xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini himoya etish bo’yicha kasaba uyushmalarining huquqlari Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini qonunchilik asosida himoya qiladilar.
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar.
Xizmat vazifalarini bajarish chog’ida mayib bo’lish yoki salomatlikka boshqacha tarzda putur etishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun hamda xodimlarning salomatligi va mehnati muhofaza qilinishiga bo’lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o’z tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
(24-moddaga O’zbekiston Respublikasining 07.12.2001y. 320- II -son Qonuniga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) (Ozbekiston respublikasi MMQQ).