Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh texnolog) -
hamma bo’linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo’llari hamda ishlab chiqarish sanitariyasiga doir
me’yorlar va qoidalarni bajarishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish, xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish, o’quv-o’rganish ishlarini nazorat qilish, xodimlarni davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlarini, ishlab chiqarishda xavfsiz faoliyat usullarini ommaviy tadbiq qilinishini, mehnat xavfsizligiga oid ko’rgazmali qurollar va ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligiga oid ishlarning holatini tekshirish, belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro’y bergan shikastlanish to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish va
yuqori turgan tashkilotlarga hisobotini berish, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga ajratilgan 28
mablag’larning sarflanishini nazorat qiladi. Bosh mexanik, energetik - barcha turdagi inshootlar va turli uskunalarni, bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni, elektr qurilmalarni o’z vaqtida texnik tekshiruvdan o’tkazish va reja asosida xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil etilishi hamda o’z vaqtida o’tkazilishiga, shuningdek, ta’mirlash ishlarining xavfsiz bajarilishi va uni nazorat qilishga mas’ul.
Mehnat muhofazasi muhandisi - mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga hamda barcha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishga va
amalga joriy qilinishini nazorat qilishga javobgar shaxsdir.
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo’jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo’mitasi bilan kelishib o’zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo’lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o’z maqomiga ko’ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo’ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo’lgan ko’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo’lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. (Ozbekiston respublikasiMMQQ). Xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis bevosita korxonaning boshlig’i vabosh muhandisga bo’ysunadi. U o’z ishini mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi, mehnat muhofazasi bo’yicha komissiya, shuningdek, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanoat- texnik
nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga oshiradi. 3.2.Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash Qishloq xo’jaligida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni xo’jalik ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi
qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko’p yillik rejalardan
tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda xo’jalikni rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik masalalari 29
bo’yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa xo’jalik tarmoqlari, bo’limlari, bo’linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta’minotni
talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini
har yili xo’jalik rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan tuzadi. Mehnatni muhofaza qilinishini moliyaviy ta’minlash, O’zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunining 11- moddasidagi talablar asosida amalga oshiriladi.