Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar. Ma’lumki so’nggi yillarda insonlar faoliyati
bilan bog’liq bo’lgan texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning turi va miqdori oshib bormoqa. Bunday favqulodda vaziyatlar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lishga, imkon darajada
oldini olishga, ayanchli oqibatlarni keltiradigan zararini iloji boricha kamaytirishga va fuqarolarimizni samarali muhofazalash chora-tadbirlarini topishga erishishimiz kerak.
Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnik inshootlarning buzilishi, baland tog’ ko’llarining urib ketishi natijasida suv bosishi gidrotexnik halokatlar va falokatlarni sodir
bo’lishiga olib keladi hamda odamlarni qurbon bo’lishiga, sanoat va qishloq xo’jalik ob’ektlarini
ishini izdan chiqishiga, suv bosgan hududdagi aholining hayot faoliyatini izdan chiqishiga sabab bo’ladi. Sun’iy to’g’onlar, yuqori diametrli gaz va neft o’tkazgichlar, maxsus neft mahsulotlarini saqlaydigan inshootlarni inson o’z ehtiyojlari uchun barpo etadi.
Gidrodinamik falokatlarning sabablari va turlari. Markaziy Osiyo hududida quyidagi gidrotexnika inshootlari mavjud Qayroqqum, Chordara, Toxtagul, Andijon, Karkidon, Tolimarjon,
Nurek, Ragun va boshqalar. O’zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9mlrd.700 mln. m3suv
sig’dira oladigan 53 ta suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi 150dan ortiq suv to’g’onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv inshootlari mavjud. Harbiy sharoitda yoki favqulodda vaziyat jarayonida ular ma’lum xavf tug’diradilar. Gidrotexnik xavfli inshootda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning shikastlovchi omillari va ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
to’g’onni urib ketgan to’lqinning balandligi 20m va tezligi 3-100 km/soat gacha;
to’g’onni urib ketgan to’lqin cho’qqisi va old tomonining etib kelish vaqti (to’lqin tezligiga va joyning qancha oraliqda ekaniga qarab);
suv bosish hududining chegaralari (yer yuzasi relyefi qandayligiga qarab);
suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi (relyefning qandayligiga, to’g’onni urib ketgan to’lqinning balandligi qandayligiga qarab);
suv bosish qancha davom etishi (bir necha soatdan bir necha kecha kunduzgacha)dan iborat.
Texnogen tusdagi xavfli holatlardan yana biri, yong’in chiqish va portlash xavfi bor xavfli bo’lgan ob’ektlardagi falokatlar va halokatlar.
Yonish va portlashlar o’zaro uzviy bogliqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo’ladigan yong’inlar natijasida portlashlar ham bo’lishi mumkin yoki aksincha portlash natijasida yong’inlar
sodir bo’lishi mumkin.
Portlash-bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishidir. Portlash, gazlarning qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ta’sirida sodir bo’ladi.
Portlashlar asosan yong’in va portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatida yong’inlar kelib chiqishi mumkin.
Portlash-suyuqliklarning, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o’zi joylashgan hajmga sig’may qolishi tufayli chiqishidir.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |