Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Yol qoidasi – umr foydasi ” mavzusida suhbat
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash.
Tarqatmalar yordamida o’quvchilarni darsga jalb etish. stol ustiga teskarisi o’girilgan tarqatmalardan tanlab oladilar, savollarga javob beradilar.
16-mashq. O‘qing. Nuqtalar o‘rni ga mos unlini qo‘yib ko‘chi ring.
1. Teshik tuynuk yonida
Sichqon poylar bir botir.
Mushukvoyning xizmatin
Tekinga qilayotir.
2. Bu issiq yurt qushi,
Sovuqqa yo‘qdir xushi.
Bir qarichcha tumshug‘i
Taqir-tuqur qo‘shig‘i.
So‘zning ikkinchi bo‘g‘inida u unlisi qaysi unli kabi aytildi?
III Yangi mavzu bayoni
1 7 – mashq. O‘qing va ko‘chiring. i va u unlilarining tagiga chizing.
Toychoq
Toychog‘im uchqur, ziyrak,
To‘rt oyog‘i g‘ildirak.
Sindirmasang bas, unga
Na o‘t-u, na suv kerak.
Anvar Obidjon
Topshiriq: i va u unlilarining talaffuzi va yozilishiga e’tibor bering.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
18-mashq. Tushirib qoldirilgan unli larni qo‘yib, hayvonlar nomini guruhlab yozing
Kuchuk, mushuk, echki, qo’zichoq, xo’tik, sigir, toychoq, buzoq.
Lug’at ishi : ziyrak deganda nimani tushunasiz? Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring. Unlilarning aytilishi va yozilishi dagi farqni ayting
V o`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.VI. Uyga vazifa.
19-mashq. Ikkinchi bo‘g‘inida I aytilib, u yoziladigan so‘zlarni ayting va yozing
Uzum uzuk Tarvuz
Qovun tuxum Sovun
i aytilib, u yoziladigan unlilar tagiga chizing.
O`IBDO`:____________________________
Sana______________________
Mavzu: Unli tovush va harflarni mustahkamlash. 20-22- mashqlar
Maqsad: DTS talablariga asosan unli tovushlar va harflar haqida bilim berish.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini oshirish, mustaqil matn tuzishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni eslab qolish qobiliyatlarini rivojlantirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiyalar: FK-1: mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, Fk-2: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. TK-2: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; kun tartibiga amal qilish va badantarbiya bilan shug‘ullanish. TK-3: davlat ramzlarini bilish; sinfda va oilasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish; o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash.
Me’todi: Savol - javob, mustaqil ish, aqliy hujum
Do'stlaringiz bilan baham: |