Tekislikda berilgan nuqtadan bir xil uzoqlikda joylashgan nuqtalar to’plamiga aylana deyiladi. Berilgan nuqta aylananing markazi deyiladi.
Aylana nuqtalaridan uning markazigacha masofa aylananing radiusi deyiladi. Aylana nuqtasini uning markazi bilan tutashtiruvchi har qanday kesma ham radius deyiladi.
Aylana markazidan o’tuvchi vatar diametr deyiladi.
Aylananing nuqtasidan uning shu nuqtaga o’tkazilgan radiusiga perpendikulyar holda o’tuvchi to’g’ri chiziq aylanaga urinma deyiladi. Bunda aylananing bu nuqtasi urinish nuqtasi deyiladi.
Aylana uzunligi: , bunda - aylananing uzunligi, aylana radiusi va Pifagor soni ( =3.1416… bo`lgan irratsional son bo`lib u aylana uzunligini shu aylana diametriga nisbatiga teng)
Mavzuni o’zlashtirish uchun misollar 1. Radiusi 8 ga teng bo’lgan aylananing uzunligini toping
2. Diametri 18 ga teng bo’lgan aylananing radiusini toping
3. Radiusi 6 bo’lgan aylananing eng katta vatarini toping.
12.4. Aylana yoyining uzunligi
A ylanadagi yoy uzunligi: bunda, berilgan yoyga to’g’ri keluvchi markaziy burchak.
Mavzuni o’zlashtirish uchun misollar 1. Aylananing markaziy burchagi 900, u tiralgan yoy uzunligi 15 sm bo’lsa, aylananing radiusi nеcha sm ?
2. Uzunligi 30 ga tеng bo’lgan aylananing 600 li yoyini tortib turuvchi yoy uzunligi qancha?
3. Radiusi 8 ga tеng aylananing radianga tеng bo’lgan yoyining uzunligini aniqlang.
Amaliy qism: 1. To’g’ri burchakli uchburchakning katеti 2 ga , qarshisidagi burchak 600 ga tеng. Shu uchburchakning gipotеnuzasini toping.
2. Kichik tomoni 2 ga tеng bo’lgan uchburchakning burchaklari 1: 2: 3 kabi nisbatda bo’lsa, uchburchakning pеrimеtrini toping.
3. Uchburchak burchaklarining kattaliklari nisbati 2: 3: 1 kabi, kichik tomonining uzunligi esa 5 ga tеng. Uchburchakning katta tomoni uzunligini toping.
4. To’g’ri burchakli uchburchakning o’tkir burchagi 600 ga, gipotеnuzasiga tushirilgan balandligi 9 ga tеng. Bеrilgan uchburchakning gipotеnuzasini toping.
5. ABC to’g’ri burchakli uchburchakda gipotеnuzaga CD balandlik o’tkazilgan. Agar ∠B=600 va BD =2 bo’lsa, gipotеnuzaning uzunligini toping.