MARJON POLIPLARNING MO‟JIZAKOR JIXATLARI
Ummatova M.E., Quvondiqova Yu.R.
Navoiy davlat pedagogika instituti
Qizil korall (
Corallium rubrum
) poliplar Umurtqasizlar tipi Korall poliplar sinfi Sakkiznurlilar
kenja sinfiga mansub bo‘lib, degizlarning chuqur, qorong‘u yoki yoriqlarida koloniya hosil qilgan
holda substratga yopishib yashaydi. Ular dengizning 10 metrdan 300 metrgacha bo‘lgan chuqurliklarda
o‘sib juda ko‘p korall o‘rmonlarni hosilqiladi.Qizil korall poliplar asosan O‘rtayer dengizi (Italiya,
140
Tunis, Morokko) sohillarida; Malayziya, Avstraliya, Gavayi orollari hududida yashaydi. Bu
korallarning Alghero, Sordiniya kabi turlari dengizlardagi g‘orlarda 4dan 35 metrgacha bo‘lgan
chuqurliklarida Janubiy Portugal orollarining Atlantika sohillaridan ham topilgan. Qizil korall
poliplarning skeleti ochpushtidan to‘q qizilgacha bo‘lgan organik pigmentlardan iborat bo‘lib, ba‘zan
havorang, qora pigmentlardan va shuningdek, CaCO
3
spikulalari ham mavjud. Qizil korall tanasidagi
skeleti ignalarining ko‘pchiligi bir-biriga yopishib birmuncha tig‘izsimon skeletni hosil qiladi. Bundan
esa texnikada xurushlash maqsadida ham foydalaniladi. Bu polipning tanasi oktametrik radial
simmetriyalidir. Qizil korall tanasi tiniq va silliqligi uchun undan qimmatbaho taqinchoqlar, buyumlar
tayyorlanadi va shuning uchun ham boshqa korallarga nisbatan yuqori baholanadi. Bu korallardan
marjon olinganligi uchun antic davrlardan buyon qadrlanib kelinmoqda. Hattoki, Yevropa va Misr
xarobalaridan ham qizil korallardan yasalgan taqinchoqlar qoldiqlari topilgan.
Qadimgi Hind astrologlari qizil korallni Mars sayyorasi bilan bog‘liq deyishadi. Ular qizil
koraldan nikoh uzuklari ham tayyorlashgan. Shuningdek, milodiy 1-ming yillik boshlarida
qimmatbaho koraldan yasalgan marjon savdosi bilan shug‘ullanish avj olgan va shu bilan birga
marjonlar juda qadrlanib, unda ilohiy kuch borligiga odamlar ishonishgan.
O‘rta asrlardan XX asr boshlariga qadar Italiyada marjonlarni yomon ko‘zdan asrash uchun,
ayollar esa bepushtlikni davolash maqsadida taqib yurishgan. Qadimda Rimliklar marjon poliplarni
shifobaxsh xususiyati bor deb hisoblab, o‘z bolalariga ulardan taqinchoqlar yasab berishgan va bu
ularni balo-qazolardan asraydi deb ishonishgan.
Islom dinida qizil korall jannat toshlaridan biri sifatida zikr qilingan.
Qimmatbaho qizil korall Mohs shkalasi bo'yicha 3,5qattiqlikka ega.
Italiyaning Torre del-Grekoshahrida 1805-yilda marjon ishlab chiqaradigan 1-zavod ishga
tushadi. Bu esa qizil koralni ishlab chiqarishni ―OLTIN ASR‖ ini boshlab berdi. Bu kompaniya
nazorati ostida marjon ishlab chiqarish sur‘ati yanada oshdi. 1878-yilda Torre del-Greko shahrida
marjon ishlab chiqarish bo‘yicha maktab qurildi. 1933-yilda esa marjon poliplar muzeyi ochildi. Torre
del-Grekoning xabar berishicha, qizil korallardan yasalgan marjonlar savdosi to‘g‘risida XV asrdayoq
qonun ishlab chiqilgan. Intensiv ov qilish natijasida O‘rtayer dengizi sohillarida, dengiz sathining 50
metrdan kam chuqurlikdagi korallar koloniyasi hozirda juda kamayib ketgan. Korallarning tinmay
ovlanishi esa, ularni saqlab qolishni qiyinlashtirmoqda. Hozirda korall poliplar qo‘riqlanadigan
O‘rtayer dengizida 3ta orol mavjud bo‘lib, bular: 1. Korre le-Ru; 2. Skandila; 3. Banydul.
Korsik oroli esa korallarga eng boy orollardan biri hisoblanadi.
Dengiz qizil korallaridan shifobaxsh preparatlar ham tayyorlanadi. Bu preparatlar asosan burun,
tomoq, teri kasalliklarida qo‘llaniladi. Xususan,burunning rinit va tumov kasalliklarida; orqa miya
shamollagan paytda burundan keladigan ajralmalarni to‘xtatish maqsadida; qattiq yo‘talda; revmatizm
kasalliklarida va teridagi har xil allergik toshmalarni yo‘qotishda ham foydalaniladi. Ovqat, ichimlik
va boshqa dorilar iste‘mol qilish oldidan yoki keyin albatta yarim soat tanaffus bilan qabul qilinishi
kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmagan. Ammo, vrach nazorati ostida qo‘llanilishi shart.
Qora korall yoki Antipatharialar. Asosiy tarqalish joyi bo'lib tropik dengizlarning Hind Tinch
okeanining 300dan 3000metrgacha bolgan hududlari hisoblanadi. Bular ham olti nurlilar kenja sinfiga
mansub bo'lib, 230 ga yaqin turlari bor. Bu turlarning hammasi suv tubida hayot kechiradigan
organizmlardir. Antipathariyalar tanasi ko'pincha yorqin ranglardan iborat bo'ladi. Aynan to'q ranglisi
esa (qora yoki qo'ng'ir) poliplarning ichki skeleti uchun xos bo'lib noyob elastik protein bo'lmagan
kollagen tabiatli modda - antipatanindan iborat.
Shuning uchun ham undan taqinchoqlar yasashda foydalaniladi. Qora korallarni 1857-yilda
Milne Edwards aniqlagan.
Tabiat olamida inson hayoti va jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lmagan va muhim ahamiyat
kasb etmaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Tabiat moddiy va ma‘naviy boyliklarni barpo etish, ilm-fan,
madaniyat, ma‘naviyat va ma‘rifatni yuksaltirish uchun kerak bo‘ladigan jamiki tabiiy boyliklarni
odamzot tabiatdan oladi.
Tabiat insoniyat uchun moddiy boyliklarning birinchi manbai sifatida ham, sihat-salomatlik,
shod-xurramlik, ma‘naviy-ruhiy barkamollikning asosi sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini
hech qachon yo‘qotmaydi.
Shunday ekan, tabiatni undagi o‘simlik va hayvonot olamini asrab-avaylaylik. Zero, tabiatni
asrasak – kelajakni asraymiz!
141
Do'stlaringiz bilan baham: |