Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


QO‟LQANOTLILAR (CHIROPTERA)



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
QO‟LQANOTLILAR (CHIROPTERA)
 
TURKUMI, ASOSIY TURLARINING HAYOTI 
Ummatova M.E., Mannonov A.A.
Navoiy davlat pedagogika instituti 
 
Qo‘lqanotlilar sutemizuvchilarning havoda uchib yurishga moslashgan birdan-bir gruppasidir. 
Bularning uchish organi-qanotlari oldingi oyoqning nixoyatda o`zaygan 2-5 barmoqlari, yelka, yelka 
oldi, tananing yon tomonlarini keyingi oyogi va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan 
tashkil topgan, teri parda qanot vazifasini bajaradi. Faqat oldingi oyoqlarining birinchi barmog‘i erkin 
bo‘lib qanot hosil qilishda ishtrok etmaydi. Qushlardagi singari to‘sh suyagining oldingi yo`zasida 
ko`krak toji suyagi bo`lib, bunda qanotni harakatta keltiruvchi muskullar joylashadi.
Uchushi nihoyatda ajoyib bo‘lib, uni qanotlar idora qiladi. Ko‘rshapalaklar faqat baland joyda 
ucha oladi, degan eski fikrlarga qarshi ular tekis yer ustida hatto suv yuzasida ham uchish qobilyatiga 
ega. Bu holatda uning uchishi oldingi oyoqlarining keskin harakati natijasida maydonga keladigan 
sakrash natijasida bo‘ladi. Hayoti qorong‘uda va tunda o‘tadi. Sezgi organlari odatdagi sezish 
tukchalari va vibrissiyalardan tashqari, qanot sathi va quloq suprasida joylashgan mayda tukchalardan 
iborat. Ko‘rishi ojiz bo‘lib, orentatsiyadan ahamiyati yo‘q. Eshitish nihoyatda nozik. Eshitish 
diapazoni 12 dan 190 ming Gs. (odamda eshitish diapazoni 40-20000 Гц atrofida.)
Uchishidan oldin va uchishida oriyenteratsiya qilishda o‘ziga xos lokatsiya juda katta 
ahamiyatga ega. Uchish vaqtida ko‘rshapalaklar chastotasi 30-70 ming Gs bo‘lgan ultratovush 
chiqaradi. Imluslar chastotasi hayvon va buyum orasidagi masofaga bog‘liq. Uchishga tayyorlanganda 
ular 5dan 19 gacha, uchishda to‘siqqa yaqin joyda sekundiga 60 implus chiqaradi. Aks-sado 
hayvonning eshitish organlari orqali qabul qilinadi. Bu holat tunda orentiratsiya qilishni va oziq 
ovlashini ta‘minlaydi.
Ozig‘i har xil. Biroq aksariyat turlari hashorotlar (qo‘ng‘izlar kapalaklar) bilan oziqlanadi. 
Uxlamagan vaqtda moddalar almashinuvi nihoyatda jadal bo‘lib, 1 ta ko‘rshapalak sutkasiga o‘z 
massasiga teng oziq yeydi. Sistematik nuqtai nazardan qo‘lqanotlilar hashorotxo‘rlarga yaqin. Ular 
Arktika va Antraktidadan tashqari, yer yuzasida hamma joyida tarqalgan. Turlarining umumiy soni bir 
minga yaqin.
Qo`lqanotlilar yer yo`zasida keng tarqalgan bo`lib, shom va tunda aktiv hayot kechiradi. Ko`zlari 
sust rivojlangan va orintasiyada ahamiyati uncha katta emas. eshitish organi quloq kuchli rivojlangan 
va asosan aks etgan ul‘tratovushlarga asoslangan.


138 
Qo‘lqanotlilar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushidan tashqari, ayrim impul‘slar 
ko`rinichida 30000 dan 70000 gyersgacha ul‘tratovushlar chiqaradi. Impul‘slar tezligi 
ko‘rshapalakning biror buyumdan yoqi uljasidan neshogli narida to‘rganiga qarab o`zgaradi. Bular 
yakka yoqi kaloniya bo`lib hayot kechiradilar. Yil mavsumiga qarab o`rta mintakalar yashovchilari 
migratsiya qiladi.
Qo`lqanotlilar turkumi mevaxo‘r va hasharotxo‘r ko‘rshapalaklarni o`z ichiga oladi. 
Mevaxo‘r ko‘rshapalaklar kenja turkumi (Krilalar-megachiroptera) yoki katta qanotlilar ancha 
katta hayvonlar bo`lib, qanotlarini yoyganda 170 sm gacha etadi. Tropik Osiyo Afrika va Avstraliyada 
tarqalgan turkumning yirik vakillari. Tishlarining chaynash yo`zalari yassilashgan va mevalar bilan 
ovqatlanishga moslashgan. Sersuv mevalar bilan oziqlanib, joylarda bog‘larga katta zarar yetkazadi. 
Katta oziq tishlarining yuzasi yassi-kavshovchi, ko‘zlari yirik. Ozoqni ko‘rish yaxshi rivojlangan 
hidlash organlari orqali topadi. Faqat g‘orlarda yashaydigan shakllarida exolokatsiya bor. Kunduzi 
daraxtlar shoxida, tomlar ostida, g‘orlarda o‘tkazadi. Odatda, bir necha yuz hatto mingtadan ortiq 
individdan iborat gala hosil qiladi. Umumiy turlari soni 130 ga yaqin. Tipik vakili Uchuvchi it ya‘ni 
kalong (
Pteropus calaeno
) u Malaya Arxepelagida yashaydi.
Hasharotxo‘r ko‘rshapalaklar kenja turkumi (Microchiroptera)ga mansub ko‘rshapalaklar kichik 
bo`lib uchi o`tkir va quloq supralari katta bo`ladi. Turlari soni 80 ta bo‘lib, MDXda bularning 40 ta 
turi tarqalgan. Janubiy rayonlarda taqaburunlar, chalpangquloq ko‘rshapalak, kengquloq, o`qquloq, 
shomshapalaklar va tunshapalaklar yashaydi. Bularning hammasi hasharotlar bilan ovqatlanadi. 
Biroq ayrim vakillari nayzali ko‘rshapalak (
Phylostoma xastuma
) etxo‘r. Janubiy Amerikada 
yashovchi ayrim vakillari uyqudagi hayvonlar. Ba‘zan odamlar qoni bilan oziqlanadi. Masalan, 
Janubiy Amerikadagi qonxo‘r ko‘rshapalaklar qon so‘rmasdan uni o‘ljasi terisi yuzasidan yalab oladi, 
Bunday ko‘rshapalaklarning so‘lagi og‘riqsizlantirish xossasiga ega bo‘lib, qonni ivishdan saqlaydi. 
Tishlanganda og‘riq sezilmasligi va qonning ivimasligi shunga bog‘liq. Kunduzi tomlarda darxtlar 
kovagida ko‘pincha g‘orlarda yashaydi. 
Aksariyat turlari Shimoliy rayonlardan janubga uchib ketadi, Uchish yo‘li ancha uzun. Bir necha 
oy yuz hatto ming km , ba‘zan undan ham bo‘lishi mumkin. Ayrim turlari o‘z yashash joylarida 
uyquga kirib qishlaydi.
Bu kenja turkumning aksariyat vakillari qo‘shqanotli, qattiq qanotli hashorotlar bilan oziqlanadi. 
Bularning tipik vakillari shalpangquloq ko‘rshapalak (
Plecotus auritus
), malla shomshapalak.
Sutemizuvchilarning hayoti o‘simliklar va boshqa hayvonlar bilan chambarchas bog‘liq. Sut 
emizuvchilar asosiy o‘txo‘r hayvonlar sifatida o‘simliklar hosil qiladigan organik moddalarni 
o‘zlashtirib o‘z tanasini tiklaydi. 
Hashoratxo‘r va yirtqich sutemizuvchilar zararkunanda va kasallik tarqatuvchi hashoratlar sonini 
chеklab turadi. Yirtqich sutemizuvchilar kasal va nimjon hayvonlar yoki ular murdasi bilan oziqlanib, 
hayvonlar naslini yaxshilanishiga yordam bеradi; yеr yuzini tozalab, tabiiy sanitarlar vazifasini 
bajaradi. Tabiatda har bir turning o‘z orni bor. Shunday ekan, tabiatni, o‘simlik va hayvonot olamini 
asraylik. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish