Yangi darsning bayoni.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan. Respublikamiz hududida 3700 o‘simlik turi mavjud bo‘lib, bularning 9 foizi faqat O‘zbekistonda uchraydigan endemik o‘simliklardir. O‘zbekistonda sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruvchilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.Respublikamiz tabiat elementlari, xususan, tuproq-o‘simlik qoplami tekislikdan tog‘ga tomon o‘zgarib, balandlik mintaqalarini hosil O‘zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar akademik K. Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi.Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700—2800 m dan balandda joylashgan bo'lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo'ng'ir va o'tloq tuproqlar hosil boiadi. Yaylov mintaqasi subalp va alp o'tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag'irlarda yil bo'yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o'tloqlarda, asosan, baland bo'yli o'tlar, shuningdek boshoqlilardan yovvoyi arpa, yovvoyi suli, betagalar o'sadi. Alp o'tloqlarida to'ng'izsirt, qoqio't, tipchoq, binafshalar o'sadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug'u (elik), qo'ng'ir ayiq, tog' takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug'ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq "O'zbekiston Qizil kitobi"ga kiritilgan. O'zbekistonning yuqorida qayd qilingan balandlik mintaqalaridagi suv havzalarida baliqlarning bir necha turlari yashaydi. Ularning eng muhimlari laqqabaliq, zog'orabaliq, shohbaliq (oybaliq), marinka, cho'rtanbaliq kabi baliqlardir. Amudaryo va Sirdaryoda yashovchi qilquyruq balig'i noyob tur bo'lib, "O'zbekiston Qizil kitobi"ga kiritilgan. Yoylov hayvonlari. Yoylov hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lib, aksariyatining rangi qum rangidadir. Yoylovlardagi bafzi hayvonlar (yumronqoziq, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon) jazirama issiq va quruq yozga moslashgan bo‘lib, suv ichmay, iste'mol qilgan o‘simliklar tarkibidagi nam bilan qanoatlanadilar. Ba'zilari Iphopqir bo‘lib (oqquyruq, jayra soatiga 50 - 60 km tezlikda chopadi) uzoqdagi suvlardan foydalanadi. Yozda kunduzi tuproq va qumlar 70 - 80°C qizib ketganligi Itufayli, ba’zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joylarda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi. Yoylov mintaqasida sutemiziivchilardan Yoylov mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va bo'rilar yashaydi. Shuningdek, kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo'shoyoq, ko'rsichqon va tipratikanlar uchraydi. Yoylovlarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘gma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chipor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, Yoylov toshbaqasi yashaydi. Kaltakesaklaf ichida eng kattasi echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga yetib, u mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.Cholda hasharotlardan qoraqurt, chayon, falanga (biy), chigirtka kabilar mavjud. Bular ichida' qoraqurt o‘ta zaharli o‘rgimchaksimonlar turiga .
Do'stlaringiz bilan baham: |