Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet95/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan. Respublikamiz hududida 3700 o‘simlik turi mavjud bo‘lib, bularning 9 foizi faqat O‘zbekistonda uchraydigan endemik o‘simliklardir. O‘zbekistonda sutemizuvchilarning 97 turi, sudralib yuruvchilarning 57 turi, qushlarning 410 turi, baliqlarning 40 dan ortiq turi bor.Respublikamiz tabiat elementlari, xususan, tuproq-o‘simlik qoplami tekislikdan tog‘ga tomon o‘zgarib, balandlik mintaqalarini hosil qiladi.O‘zbekiston hududidagi balandlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar akademik K. Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K. Z. Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega. Tog' mintaqasi. Okean sathidan 1000 - 1200 m dan 2700-2800 m gacha bo'lgan balandlikdagi joylarni o'z ichiga oladi.Tog' mintaqasida o'simlik qoplamining qalinligi tuproq tarkibida chirindining ko'payishiga sharoit yaratadi. Tog'larda tog'-qo'ng'ir va tog'-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo'lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi.Tog' mintaqasining daryo vodiylarida va qayirlarda o'tloq, botqoq-o'tloq tuproqlar uchraydi.Tog'larda betaga, rovoch, tog' yalpizi kabi o'tlar, na'matak, zirk, dukcho'p va irg'ay kabi butalar o'sadi. Tog'da bodom, pista, do'lana, o'rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi. Tog' mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo'lgan balandliklarida archa, yong'oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o'rmonlar uchraydi.O'rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo'tadillashtiradi, havodagi zararli moddalami yutib, kislorod chiqaradi.Tog' mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko'p. Lekin  havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo'lib, Oloy tog' iloni, Turkiston agamasi uchraydi.Tog' mintaqasida o'rmon sichqoni, oq sichqon, ko'rshapalak, oq suvsar, qunduz, o'rmon olmaxoni yashaydi. Tog'da qo'ng'ir ayiq, chipor sirtlon, silovsin, bo'ri, tulki, bo'rsiq, quyon, to'ng'iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg'a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabjlar uchraydi. O‘simliklari. Tog` mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‘inga nisbatan potensial bug‘lanish ko‘p bo‘lganligi tufayli, o‘simliklar shu sharoitga moslashgan. Tog`da sernam bahorda arpag‘on, lola, lolaqizg‘aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak kabi efemerlar (bir yillik o‘tlar), iloq, kovrak kabi efemeroidlar (ko‘p yillik o‘tlar) o‘sadi. Bu o‘tlar yozning issiq kunlari boshlanishi bilan sarg‘ayib, qurib qoladi, so‘ngra qurg‘oqchilikka chidamli kserofit o‘simliklar o‘saveradi. Chunki ularning ildizlari uzun (yantoqning ildizi 20 m chuqurlikka tushadi) bo‘lib, yerosti suvlaridan foydalanadi, barglari sertuk va mayda bo‘lib, namni kam bug‘latishga moslashgan. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‘suvchi saksovul, selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez, quyansuyak va iloq.O‘zbekistonning sho‘rxok joylarida yulg‘un, sho‘ra, sho‘r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko'z o‘ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda burgan, qora bayalich, isiriq o‘sadi.O‘zbekiston Tog` mintaqasi-ning daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to‘qayzorlar joylashib, qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un, chakanda (oblepixa) kabi o‘simliklar o‘sadi.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish