Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet22/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
1 Vaqt o‘lchovi. 2. Soat mintaqalari. 3.Taqvimlar
Yangi darsning bayoni.

Vaqt o‘lchovi. Vaqt o‘lchovi Yerning aylanishini kuzatishga asoslangan. Shuning uchun yulduz vaqti, Quyosh vaqti va boshqa vaqtlar ajratiladi. Yulduz vaqti Yerning yulduzlarga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Yulduz vaqtining asosiy birligi bo‘lib yulduz sutkasi hisoblanadi. U, asosan, Yerning o‘z o‘qi atrofida bahorgi tengkunglik nuqtasiga nisbatan aylanish vaqtiga teng. Yulduz vaqtidan foydalanish noqulay, chunki u kun bilan tunning almashinishiga to‘g‘ri kelmaydi.Shuning uchun amalda Quyosh vaqtidan foydalaniladi. Quyosh vaqti Yerning Quyoshga nisbatan harakatiga qarab aniqlanadi. Quyosh vaqti, odatda, yarim tundan boshlab hisoblanadi, bu vaqt o‘rtacha Quyosh vaqti deb ataladi. Turli meridianlarda yarim tun turli paytlarda bo‘ladi, shu sababli bu meridianlarda joylashgan nuqtalarda vaqt bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun vaqt o‘lchovidan xalqaro miqyosda foydalanishni osonlashtirish maqsadida mahalliy vaqt, mintaqa vaqti va dunyo vaqti tushunchalari kiritilgan.Vaqt mahsus davlat tashkilotida, vaqt xizmati tomonidan aniq o‘lchab turiladi. Vaqt eng sezgir astronomik asboblar yordamida osmon yoritkichlari (yulduz, quyosh) ga qarab tekshirib turiladi.Mahalliy vaqt. Yer o‘z o‘qi atrofida g‘arbdan sharqqa qarab bir kecha- kunduzda bir marta aylanib chiqadi. Globusda bosh meridiandan boshlab har 15o dan meridianlar o‘tkazilsa, har bir meridian qo‘shni meridiandan bir soat farq qiladi. Bosh meridianda tush payti bo‘lganda, 180o uzunlikda yarim kecha, bosh meridiandan sharqdagi 90o uzunlikda kechqurun, garbdagi 90o uzunlikda ertalab bo‘ladi. Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha bitta meridianda joylashgan nuqtalarda vaqt bir xil bo‘ladi, ya’ni bitta meridianning hamma joyida vaqt bir xildir. Bu vaqt mahalliy vaqt deb ataladi. Ammo turli uzunliklarda joylashgan nuqtalar vaqti bir-biridan farq qiladi, bu esa xo‘jalikni yuritishda noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shuning uchun soat mintaqalarining vaqt hisobi joriy qilingan.Mintaqa vaqti. Xalqaro kelishuvga ko‘ra Yer yuzasi shartli ravishda 24 soat mintaqasiga bo‘lingan (360o:24=15o). Mintaqa doirasida shu mintaqaning o‘rta qismidan o‘tgan meridianning mahalliy vaqti qabul qilingan. Bir soat mintaqasidagi vaqt mintaqa vaqti deb ataladi. O‘rtasidan bosh meridian o‘tadigan soat mintaqasi no‘linchi mintaqa deb qabul qilingan. Mintaqalar hisobi ana shu meridiandan boshlanadi. No‘linchi mintaqadan sharqda 7o30´ shq. u. bilan 22o30´ shq.u. dagi meridianlar orasi birinchi mintaqa, 22o30´ va 37o30´ uzunlikdagi meridianlar orasi ikkinchi mintaqa bo‘ladi va hokozo.k.Mintaqalar birinchi mintaqadan 24-(no‘linchi) mintaqagacha davom etadi. Har bir mintaqa vaqti qo‘shni mintaqa vaqtidan bir soatga farq qiladi. O‘rta Osiyo ikkita soat mintaqasida joylashgan (4 va 5-soat mintaqalarida). Mintaqa chegaralari aynan meridianlardan o‘tkazilmaydi. Vaqt hisobida qiyinchilik tugdirmaslik uchun ba’zan uning chegaralari yirik shaharlarni aylanib o‘tadi, yoki davlat chegaralariga to‘g‘ri keladi. Yangi sutkaning boshlanishi 12- soat mintaqasining o‘rtasidagi 180o uzunlikdan boshlanadi, deb qabul qilingan. Bu chegara sana o‘zgarishi chizigi deb ataladi. Har bir yangi sutka ana shu chizigdan boshlanadi. Bu chizig ikki orol yoki ikki shahar oraligidan o‘tganda, bu orollar va shaharlarning birida yangi sana bo‘lsa, boshqasida kechagi sana bo‘ladi. Ba’zi davlatlarda kunduzgi vaqtdan to‘la foydalanish va bosha maqsadlarda mintaqa vaqti ma’lum bir vaqtga oldinga yoki orqaga suriladi.O‘zbekistonda ilgari vaqt o‘lchovi ikki mintaqa doirasida olib borilar edi (Toshkent va Samarqand vaqti). O‘zbekiston hukumatining maxsus qarori asosida mamlakatimizning butun hududida bir xil mintaqa vaqti qabul qilingan.Ba’zan dunyo vaqti degan tushunchani uhratib qolamiz. Odatda, 24 – mintaqa, yani no‘linchi meridiandan har ikki tomonda 7o30´ uzunlikkacha bo‘lgan joylar vaqti dunyo vaqti deb ataladi. Butun dunyoga oid hodisa va voqealar ba’zan dunyo vaqti bilan qayd qilinadi. Yerning geografik qutblarida ham vaqt hisobi dunyo vaqti bilan yuritiladi.Taqvim (kalendar). Bolalar, siz bugun oyning nechanchi kuni, bugun qaysi kun, degan savollarni ko‘p eshitgansiz. Biror voqea yoki hodisa qachon ro‘y bergani haqida odamlar so‘zlashib qolishadi. Xo‘sh, yil, oy, kunlar hisobining o‘zi nima? Insonlar shunday hisoblarni olib borish uchun taqvim tizimini o‘ylab topishgan.Taqvim tizimi tabiiy hodisalarning osmon yoritkichlari bilan bog‘liq holdagi davriyligiga asoslanib tuziladi. Taqvimlar juda ko‘p. Lekin ularning hammasi Quyosh va Oy harakatlari bilan bog‘langan. Quyoshning yillik harakati bilan bog‘liq bo‘lgan Quyosh (Shamsiya) taqvimi, Oyning harakati bilan bog‘liq Oy (Qamariya ) taqvimi hamda Quyosh - Oy harakati bilan bog‘liq bo‘lgan Quyosh - Oy (Shamsiya- Qamariya) taqvimi mavjud. Quyosh taqvimi (Shamsiya) dagi yil 365,2422 sutkaga, Oy (Qamariya) taqvimidagi yil 365 sutkaga teng. Hozirgi vaqtda jahondagi ko‘p mamlakatlarda Grigoriy taqvimi qo‘llaniladi. Musulmon mamlakatlarining ko‘pchiligida Hijriy taqvimi yuritiladi. Grigoriy taqvimi bo‘yicha 2003-yil Hijriy Shamsiya taqvimda 1381- yilga, Hijriy Qamariy taqvimida 1423-yilga tog‘ri keladi. Hijriy Shamsiy yil 21- martda boshlanadi. Hijriy Shamsiy yilda quyidagi oylar bor: Hamal - 30 kun, Savr – 31 kun, Javzo- 31 kun, Saraton -31 kun, Asad - 31 kun, Sunbula – 30 kun, Mezon – 29 kun, Aqrab – 29 kun, Qavs - 30 kun, Jadiy – 31 kun, Dalv -31 kun, Hut -31 kun bo‘ladi. Shamsiya taqvimida ham har 4 yilda 1 yil kabisa yili bo‘ladi.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish