Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1.Geologik sana.
2. Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi. 3.Tog‘ jinslarining mutlaq yoshi
Yangi darsning bayoni.
Geologik sana. Yer postining hosil bo‘lishi va ozgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt geolagik vaqt deyiladi. Geolagik vaqt hisobi geologik sana deyiladi.Geologik sana yirik bosqich - eonlarga (kriptozoy, fanerozoy), eralarga( arxey, proterozoy, palezoy, mezozoy, kaynozoy) va davrlarga bolinadi. Har bir era va davrda yer yuzasining relyefi, iqlimi, o‘simlik, va hayvonot dunyosi oziga xos xususiyatga ega bolgan.Geologik vaqt davomida Yer postida sodir bo‘lib turadigan harakatlar natijasida turli xil yoriq va siniqlar hosil bo‘lgan. Ana shu yoriq va siniqlar orqali mantiyadan magma oqib chiqib, Yer yuzasiga lava sifatida yoyilgan, natijada Yer postining qalinligi asta - sekin oshib borgan. Magma Yer postining yoriq va siniqlarida qotib, turli xil tog‘ jinslarini hosil qilgan. Suv havzalari ostida (okean, dengiz, ko‘l, daryo) va quruqlikning past joylarida o‘simlik va hayvonot qoldiqlari aralashgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari vujudga kelgan. Yer geologik tarixining har bir davrida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslarining ma’lum bir turlari vujudga kelgan. Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam- qatlam bo‘lib yotishidir. Shunday qatlamlarning yotishi tartibini va ular tarkibidagi toshga aylangan o‘simlik va hayvonlarning qoldiqlarini organish natijasida qaysi qatlamlar oldin, qaysilari keyin paydo bo‘lganini, ya’ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Tog‘ jinslari, qatlamlari buzilmasdan qat-qat bo‘lib yotgan bo‘lsa, pastda yotgan qatlam oldin, yuqorida yotgan qatlam keyin paydo bo‘lgan bo‘ladi. Eng ustki qatlam eng yosh qatlam hisoblanadi. Tog‘ jinslari tarkibidagi qadimgi o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini, ya’ni era hamda davrlarni ajratishga imkon beradi. Tog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Ma’lum bir tog‘ jinsining hosil bo‘lganidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Tog‘ jinslarning yoshi hozirgi paytda, asosan, radiologik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv elementlarning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo‘lishiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan. Masalan, uran vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, geliy va qo‘rgoshin tog‘ jinslar hosil bo‘ladi. Geliy tarqalib ketadi, ammo qo‘rgoshin tog‘ jinslari tarkibida qoladi. Uranning parchalanish tezligini bilgan holda tarkibida uran bo‘lgan tog‘ jinslari yoshini hisoblab chiqish mumkin. 100g urandan 74 mln. yil davomida 1 g qo‘rgoshin hosil bo‘ladi. Shu yol bilan turli xil tog‘ jinslrining yoshi aniqlanadi. Tarkibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi boshqa usullar, masalan, kaliy - argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Tog‘ jinslarining yoshini aniqlab va o‘simlik hamda hayvonot dunyosining rivojlanishi uchun ketgan vaqtni hisoblab, olimlar geoxronologik jadval tuzishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |