Hayvonlar morfologiyasi


Muskullarning filo-ontogenezi.Skelet muskullarining filogenezi



Download 14,33 Mb.
bet23/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Muskullarning filo-ontogenezi.Skelet muskullarining filogenezi
Qadimgi sodda hayvonlarning maxsus qisqaruvchi muskul to‘qimalari bo‘lmagan, keyinchalik hayvonlar organizmi sekin – asta rivojlanib borishi natijasida organizmni harakatga solish uchun maxsus qisqaruvchi hujayralar paydo bo‘lgan.
Yuqorigi tomon muskuli - m. dorsalis orqa miya nervlarining yuqorigi tarmoqchasi orqali harakatga keladi, uning oldingi tomon qismi boshgacha yetib boradi.
Pastki tomon muskuli - m. ventralis orqa miya nervining pastki shoxchasi orqali harakatga keladi. Bu muskul murakkablashib, qorinning o‘rta chizig‘ida juft to‘g‘ri muskul - m. rectus hosil qiladi, bu muskulda aniq miomerlar bo‘ladi. Suyakli baliqlarda bu muskul yana ikki qatlamga bo‘linadi. Yuza qatlami tashqi qiyshiq muskul - m. obliguus externus bo‘lib, uning tutamchalari oldinga va yuqoridan orqaga hamda pastki tomonga o‘tadi. Chuqur qatlami esa ichki qiyshiq muskul - m. obliquus internus bo‘lib, uning tolalari orqadan va yuqoridan oldinga hamda pastki tomonga o‘tadi. Baliqlarning boshi atrofida pastki muskuldan bir qancha visseral muskullar hosil bo‘ladi. Ular korakoid suyagidan pastki jag‘ - m. carocomandibularis ga va til osti suyagi - m. carohyoideus ga o‘tadi. Shunday qilib, pastki muskul jag‘ apparatining jabra yoylarini harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Amfibiyalarda esa yuqorigi tomon muskullari miomerlarini yo‘qotib, bo‘yin – bosh atrofida quyidagi maxsus muskullarga: bosh – umurtqa yuza muskuli - m. verotebra capitis superticialis, bosh umurtqa chuqur muskuli - m. vertabra capitis profundus va ko‘ndalang o‘simtalararo muskul - m. intertransversarius ga aylanadi. Pastki tomon muskullari baqalarning itbaliqlik davrida o‘zgaradi, ammo katta yonda ancha murakkablashadi, ya’ni ichki qiyshiq muskuldan chuqurroq joylashgan ko‘ndalang muskul - m. transversus ajralib qoladi. Keyinchalik bu muskul takomillashishi natijasida o‘zidan bir qancha muskullar hosil qiladi. Masalan, tashqi qiyshiq muskuldan yuza tomonga tashqi qiyshiq yuza muskul - m. tbliguus sxternus superficialis ajralib, o‘zi tashqi chuqur qiyshiq muskul - m. obliguus extermus protunda ga aylanadi.
Qorin devoridagi to‘g‘ri muskul ham ikki qatlamga, ya’ni to‘g‘ri yuza muskul - m. rectus superticialis va to‘g‘ri chuqur muskul - m. rectus profundus ga bo‘linadi. Amfibiyalarning til osti suyagidan tarqaluvchi bir qancha muskul til muskullariga, ya’ni iyak osti va til osti muskuliga aylanadi, bu ham ikkiga bo‘linib, iyak osti – til muskuli - m. genioglossus va tilning asosiy muskuli - m. beseoglossus ni hosil qiladi. Bu muskullarning hammasi o‘zining miomer (bo‘lakcha) shaklini yo‘qotadi. Keyinchalik amfibiyalar umurtqa pog‘onasi ostida umurtqa osti muskuli - m. subvertabralis paydo bo‘ladi.
Reptiliyalarda muskullar anchagina takomillashgan bo‘lib, aniq muskul qatlamlariga aylangan. Miomerlar faqat dumda qolgan. Qadimgi zamon reptiyalarida uzun tasma shaklidagi ikkita muskul: o‘rta tomon yelka ko‘ndalang muskuli va yon tomon qovurg‘asimon o‘simta muskuli bo‘lgan. Bulardan o‘rta tomon yelka ko‘ndalang muskuli - m. transversaspinalis dumg‘azadan boshlanib, bosh tomonga, yon qovurg‘a tomonga o‘tgan. Yuqori hayvonlarda (kaltakesaklarda) uchinchi muskul qatlami bo‘lib, undan bir qancha maxsus muskullar vujudga kelgan.
Yelkaning ko‘ndalang o‘simta muskuli - m. transversospinalis bosh tomonga o‘tib, o‘zidan bir nechta muskul, ya’ni bo‘yining uzun muskuli, boshning uzun muskuli, boshning uzun yuza va chuqur muskullari, boshning qiyshiq muskuli, boshning yuqorigi tomon to‘g‘ri muskuli, yelka – bosh muskuli va ko‘ndalang o‘simtalararo muskullarni hosil qiladi. Ko‘krak qafasi devoridagi boshqa muskullar ham sekin – asta muskul qatlamlarining tarmoqlanishidan paydo bo‘ladi.
Sut emizuvchi hayvonlarning muskullari yuqori darajada takomillashgan, chunki ularning yashash sharoiti, harakati va boshqa organlarning tuzilishi ham murakkablashgandir. Bu muskullar nervlarning harakatlantirish funksiyasiga qarab, quyidagilarga bo‘linadi:
a) umurtqa pog‘onasining yuqori qismida joylashgan muskullar – orqa miya nervlarining faqat yuqorigi shoxchalari bilangina harakatlanib, umurtqa pog‘onasining yuqorigi va yon qismida joylashadi. Bu muskullar umurtqa pog‘onasini yozish uchun xizmat qiladi;
b) umurtqa pog‘onasining pastki qismida joylashgan muskullar – orqa miya nervlarining pastki shoxchasi bilan harakatlanadi. Bu muskullarga qorin devorining muskullari ham kiradi. Ularning hammasi embrion miotomidan kelib chiqqan.
Shunday qilib, muskullar sistemasi filogenez davrida bir qancha o‘zgarishlarga uchragan, hayvonlarning yashash sharoitiga qarab soddadan murakkab holatga o‘tib borgan. Sut emizuvchi hayvonlarning muskullari eng yaxshi rivojlangan bo‘lib, ayrim bo‘limlarga bo‘lingan holda organizmda xilma – xil funksiyalar bajaradi, masalan, ko‘krak devori muskullari nafas olish – chiqarish, qorin muskullari ichki organlarni ko‘tarib turish, bosh muskullari chaynash funksiyasini bajaradi va hokazo.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish