Hayvonlar morfologiyasi


-Mavzu: Skelet to`qimalari gialin tog‘ay va suyak to‘qimalarining gistomorfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet146/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268
Bog'liq
morfologiya

6-Mavzu: Skelet to`qimalari gialin tog‘ay va suyak to‘qimalarining gistomorfologiyasi
Reja:
1.Suyak to’qimasining gistomorfologik tuzilishi.
2.Tog’ay to’qimasining gistomorfologik tuzilishi.
Darsning maqsadi:
1. Skelet to`qimalari gialin tog‘ay va suyak to‘qimalarining o‘ziga xosliklari bilan tanishish;
2. Qoramol ko‘krak suyagi o‘simtasining gialin tog‘ayi preparatlarini o‘rganish, chizish va belgilash.
Ko‘rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar:
Mikroskop, gistopreparatlar.
Mashg‘ulotning o‘tkazilish tartibi:
- Qoramol ko‘krak suyagi o‘simtasining gialin tog‘ayi preparatlarini o‘rganish.
- Preparatni videokamerali mikroskopda ko‘rsatish.
preparat

Qoramol ko‘krak suyagi o‘simtasining gialin tog‘ayi.


Gematoksilin va eozin bilan bo‘yalgan (16-rasm).

Tayanch-trofik to‘qimalarning boshqa turlari kabi tog‘ay ham hujayralar va hujayralararo moddadan iborat. Tog‘ay hujayralari hujayralararo modda ichida joylashgan, ularning shakli tog‘ayning turli zonalarida o‘zgaradi. Tog‘ay hujayralari nisbatan ko‘p suv saqlaganidan, ular fiksatsiya qilinganda oson bujmayib qoladi. Bu preparatda ham tog‘ay to‘qimaning umumiy xossalari bilan, ham gialin tog‘ayning o‘ziga xosliklari bilan tanishamiz.


Preparatni kichik ob’ektivda qarayotib, tog‘ayusti pardasini, tog‘ayning yuza va chuqur zonalarini topgach, preparatni katta ob’ektivda o‘rganish va chizib olishga kirishamiz. Rasmda tog‘ayusti pardasi, tog‘ayning yuza va chuqur zonasining bir qismini aks ettiramiz. Tog‘ayusti pardasi (1) keskin chegarasiz tog‘ay moddasiga o‘tib ketuvchi biriktiruvchi zich shakllanmagan to‘qimadir. Uning asosini tog‘ayusti pardasining kollagen tolalari (2) tashkil qiladi. Ular turli yo‘nalishda joylashgan bo‘lsada, lekin baribir ko‘pchiligi tog‘ay yuzasiga parallel yotadi. Kollagen tolalar hamma vaqt oksifil bo‘lganligidan, bizning preparatimizda tog‘ayusti pardasi pushti rangga ega. Tolalar orasida tog‘ayusti pardasi hujayralarining o‘zaklari (3) ko‘rinadi; hujayralar tolalarning zich to‘ri oralig‘ida qisilib yotadi va shuning uchun ularning sitoplazmasi qiyin farq qilinadi. Tog‘ayusti pardasining chuqur qismlaridagi hujayralar shishib kattalashadi va aniqroq farqlanadi, asta-sekin tog‘ay hujayralariga aylanuvchi hujayralar hisoblanadi. Tog‘ayning hujayraaro moddasi, (4) turli joyda bazofilligi bir xil emasligi bilan xarakterlanadi. Uning tolador asosi preparatlarda ko‘rinmaydi, chunki tolalar ularni yelimlab turuvchi amorf modda bilan bir xil nur sindirish ko‘rsatkichiga ega. Yuza qavatlarning tog‘ay hujayralari (5) yassilangan shakli bilan ajralib turadi va yakka-yakka joylashadi. Ular mayda, tog‘ayusti pardasi hujayralari bilan tipik toqay hujayralari oralig‘idagi hujayralardir. Chuqurroqda yassilangan hujayralarning guruhlari (6) uchraydi, keyin esa bunday izogen guruhlar (7) dagi hujayralar yumaloq bo‘lib qoladilar. Izogen guruhlar hujayralarning amitoz bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi; bunda qiz hujayralar bir-birini siqishi natijasida toqayning chuqur qavatlarida poligonal shaklga kirishi mumkin. Izogen guruhlardagi hujayralarning soni turlicha. Izogen guruhlar atrofida bazofil zonalar (8) - hujayraaro moddaning to‘q binafsha rangga bo‘yalgan qismlari ko‘rinadi.
Izogen guruhlar ularni o‘rab turuvchi bazofil zonalar bilan birgalikda hujayraviy territoriyalar (9) deyiladi. Ular oralig‘ida bazofillik darajasi pastroq, interterritorial hujayraaro modda (10) joylashadi. Ba’zi tog‘aylarda hujayraviy territoriyalar tarkibida bazofil zona atrofida oksifil zona ham mavjud. Tog‘ay hujayraaro moddasi turli qismlarining bo‘yaluvchanligi tolalar (oksifillikni belgilaydi) va xondromukoid hamda xondroitinsulfat kislota (bazofillikni belgilaydi) miqdorining nisbatiga bog‘liq.

Qoramol to`sh qilichsimon o‘simtasining gialin tog‘ayi. Kuchli obyektiv 16-rasm



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish