Hayvonlar morfologiyasi


Suyaklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari



Download 14,33 Mb.
bet12/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Suyaklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari
Hayvonlar tanasining suyaklari zich tolali biriktiruvchi to‘qima, elastik to‘qima (paylar) va tog‘ay vasitasida bir – biri bilan birikadi. Zich tolali to‘qimalar egiluvchan, ma’lum darajada pishiq, ammo uncha mayin emas. Elastik to‘qimalar mayin, lekin uncha pishiq bo‘lmaydi. Tog‘ay to‘qimalar ham har xil: gialin, elastik va tolali to‘qimalar bo‘ladi, ularning egiluvchanligi, pishiqligi va elastikligi bir – birinikiga teng keladi.
Tananing suyaklari bir – biriga birikuvchi hamma bo‘g‘imlarini ikkiga: uzluksiz birikuvchi va harakatchan birikuvchi bo‘g‘imlarga bo‘lish mumkin. Uzluksiz birikuvchi bo‘g‘imning suyaklari orasidagi biriktiruvchi to‘qimalar yaxlit, uzluksiz birikmalar – synarthrosis ni hosil qiladi, ular kam harakat, ular kam harakat, qo‘zg‘almaydigan darajada bo‘ladi. Harakatchan birikuvchi bo‘g‘imlar - diarthrosis da bo‘g‘im suyaklarining uchini tutashtiruvchi bo‘shliqbo‘ladi. SHuning uchun bo‘g‘im hosil qiluvchi suyaklarining uchlari bir-biriga yaqin tegib turmaydi. Harakatchan bo‘g‘imlar uzluksiz birikuvchilardan kelib chiqqan.
Tana suyaklari bir-biriga bir necha xil birikuvchilar vositasida qo‘shilgan bo‘ladi. Suyaklarning birikuvchi chetlari yoki yuzlari fibroz to‘qimalar yuzasi bilan biriksa, bunda sindermos syndesmosis birikish deyiladi. Bo‘g‘imlar tog‘ay to‘qimlari vositasida biriksa, sinxondroz - synchondrosis birikish deyiladi. Sindezmoz birikishda bo‘g‘imlar paylar, pardalar va choklar vositasida birlashadi. Biriktiruvchi vositalar paylarning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Sinoztozlarning ko‘pchilik qismi elim beruvchi tolalardlan iborat bo‘lib, ko‘pincha, suyak to‘sig‘iga qo‘shilib ketadi.
Bitta suyak boshqasi bilan birikishi natijasida bo‘g‘im hosil bo‘ladi va artroz sifatida ma’lum. Bo‘g‘imlar turli darajadagi harakatni ta’minlab beradi va uch guruhga: fibroz yoki tolali, tog‘ayli, sinovial bo‘g‘imlarga bo‘linadi.
Fibroz yoki tolali bo‘g‘imlar harakatsiz bo‘lib, suyaklar tig‘iz biriktiruvchi to‘qima orqali birikadi. Masalan, kalla skeletidagi ko‘pgina suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qima yordamida birikadi. Ayrim tog‘ayli bo‘g‘imlar ham harakatsiz bo‘g‘imlar xiliga kiradi.
Tog‘ayli bo‘g‘imlar chegaralangan harakatlarni amalga oshiradi yoki umuman harakatsiz bo‘lib, suyaklar tog‘ay yordamida birikadi. Ayrim tog‘ayli bo‘g‘imlar suyaklar o‘rtasida qisman harakatni ta’minlaydi. Masalan, umurtqalar tanasi o‘rtasidagi bo‘g‘im shunday tipda bo‘lib, umurtqa pog‘onasining egiluvchanligiga imkon yaratadi.2
Choklar ham to‘zilishiga qarab bir necha xil: tekis, tishsimon va tangachasimon bo‘ladi. Tekis choklar - sutura plana da suyak chetlari ancha tekisch bo‘ladi. Tishsimon choklar - sutura squomosa da suyaklarning chetlari bir- biri bilan tishchalar vositasida juda mahkam birikadi. Buni miya bo‘limi suyaklarida ko‘rish mumkin. Tangachasimon choklar - sutura dentata da suyak chetlarining yupqa plastinkasimon qismlari tangacha shaklida bir – birining ustiga mingashib birikadi. Tepa suyagining chakka suyagiga birikishi bunga misol bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi oralig‘ida elastik paylar bo‘lib, ular chuziluvchanlikni ta’min etadi va sinelastoz deyiladi.
Sinxondrozlar – synchondrosis suyaklarning bir – biriga birikadigan uchlarida elastik va gealin tog‘aylar holida uchrab, bo‘g‘imlarini biriktirishda ishtirok etadi. Bo‘nday tog‘aylar orqali birikish sinxondroz birikish deyiladi. Tog‘aylar orqali birikish kuchli, egiluvchan bo‘lib hatto ressorlik vazifasini ham bajaradi. Qovurg‘alarning to‘sh suyagiga birikishi tog‘ay orqali birikishga misol bo‘ladi.
Sinovial bo‘g‘imlar – diarthroses keng harakat ko‘lamini ta’minlaydi. Sinovial bo‘g‘imlarda suyaklvr bir-biridan bo‘shliq orqali ajralgan va u sinovial suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Bo‘g‘im tashqi tomondan kapsula bilan o‘ralgan. Kapsulaning tashqi qavati himoya vazifasini bajaradi, shuningdek bo‘g‘imning ichki yuzasi parda bilan o‘ralgan bo‘lib, u sinovial suyuqlik ishlab chiqadi. Bu suyuqlik bo‘g‘imni namlab turadi va suyaklar uchini qoplab turuvchi gialin tog‘ayni oziqlantirish uchun xizmat qiladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish