Nazorat savollari:
1. Necha hil muskul to`qimalar mavjud?
2. Refleks yoyi?
3.Yurak muskuli?
4. Sinapslar haqida tushuncha.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Dilmurodov N.B. “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014 y.
Shodiyev N.Sh., Dilmurodov N.B. «Sitologiya, gistologiya va embriologiya» Darslik, Toshkent 2015.
Юдичев Ю. Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Учебник. Омск. 2003г.
Elizabeth Aughey, Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Printed by: Grafos SA, Barcelona, Spain. Copyright © 2001
Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford Philadelphia St louis Sydney Toronto 2015
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
3-mavzu. Ixtiyoriy harakat organlari. Skelet sistemasining morfofunksional tuzilishi
Reja:
1.O‘q va periferik skeletni bo‘linishi.
2.Suyaklarning o‘zaro birikish qonuniyatlari.
3.Bo‘g‘imlarning tuzilishi, tiplari va harakati.
Tayanch iboralar. Suyak, o‘q suyaklari, umurtqalar, ko‘krak qafasi, bel umurtqalari, uzun naysimon suyak, kalta naysimon suyak, uzun egik suyak. Oldingi oyoq suyaklari, kurak, elka, bilak tirsak, bilakuzuk, kaft, barmoq, falang, tos, son, boldir, tovon, tovon usti, stilopodiy, zeygopodiy, bazipodiy, metapodiy, akropodiy. miologiya
Ixtiyoriy harakat organlariga umumiy tavsif
Skelet tizimi organizmda tayanch vazifani bajaradi. Skeletga muskullar birikadi. Skelet Yumshoq to‘qimalarni himoya qiladi. Skelet uch qismga bo‘linadi:
-o‘q skeleti – hayvon tanasining markaziy o‘qi hisoblanadi va unga kalla suyagi, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi kiradi.
- appendikulyar skelet- oldingi va keyingi oyoqlarning tanaga biriktiradigan kamar suyaklari;
- visseral skelet- bunga it va mushuklarning jinsiy a’zosi Yumshoq to‘qimasidagi suyak kiradi.
Skeletning har bir qismi ko‘plab suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, ularning har biri muhim vazifani bajaradi.
Suyaklar do‘ngliklardan, teshikchalardan iborat. Ularning har biri o‘zining nomi va vazifasiga ega bo‘lib, harakatlanishga yoki to‘qimalarning normal holatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Suyaklar bir-biri bilan choklar yordamida birikadi. Choklar to‘qimaning xiliga va harakatlanishiga qarab har xil bo‘ladi ( tolali, tog‘ayli).
Skelet tizimi bu hayvon tanasi joylashgan “ramka” hisoblanib, tayanch va himoyasini, hayvonning harakatlanishini ta’minlaydi.
Bo‘g‘imlar skeletning ajralmas qismidir. Skelet tizimi maxsus biriktiruvchi to‘qimalardan, suyaklardan va tog‘aylardan tuzilgan. Skelet tizimining vazifalariga:
Do'stlaringiz bilan baham: |