Hayvonlar anatomiyasi


Hujayra tuzilmalari va vazifalari



Download 44,36 Kb.
bet9/22
Sana10.07.2022
Hajmi44,36 Kb.
#768911
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
1-MARUZA

Hujayra tuzilmalari va vazifalari:
-hujayra qobig‘i;
-o‘zak;
-organellalar;
-mitoxondriyalar;
-ribosomalar;
-endoplazmatik to‘r;
-g‘adir-budir va silliq endoplazmatik to‘r;
-goldji majmuasi;
-lizosomalar;
-sentrosoma.
Hujayra qobig‘i.
Hujayra qobig‘i- hujayrani tashqi tomondan o‘rab turadigan parda, shuningdek, plazma qobig‘i deb ham atash mumkin. Uning vazifasi hujayrani tashqi muhitdan ajratib turish va oziq moddalarni hujayrani ichiga kirib va chiqishini nazorat qilishdan iborat. Hujayra qobig‘ining yuza qismi uglevodlardan tashkil topgan. Glikokaliks eng tashqi qavat bo‘lgani uchun hujayraning tashqi muhit bilan aloqasida muhim rol o‘ynaydi. Hujayra qobig‘i biomolekulyar lipid qavatdan va ikki tomonda joylashgan oqsil molekulalardan tuzilgan. Ikki qavat fosfolipidlar asosan membrananing struktur va plastik xususiyatlarini belgilaydi. Hujayraning transport tizimi orqali moddalar o‘tadi. Bu tizimning ichiga quyidagilar kiradi: hujayra membrana teshikchalari – kichik molekulalar shu teshik orqali o‘tadi.
Oddiy diffuziya- lipidlarda eriydigan molekulalar hujayra membranasining lipid qismida eriydi. Kislorod va suv oddiy diffuziya yo‘li bilan hujayra ichiga kiradi.
Engillashgan diffuziya-passiv diffuziyaning bir turi bo‘lib, bu yo‘l bilan glyukoza hujayra ichiga kiradi.
Tashilishning faol mexanizmlari- moddalar odatda konsentratsiyasi past joydan konsentratsiyasi yuqori joyga o‘tadi. Bu aylanma yo‘ldan yuqoriga harakat bilan tenglashtirilganligi sababli og‘ir ish hisoblanadi va energiya sarfiga majbur qiladi. Faol tashilish mexanizmlarini talab qiladigan moddalar hujayra membranasi orqali o‘tishi uchun oqsil tabiatli tashuvchidan foydalanadi va ushbu jarayon uchun talab etiladigan energiyani adenozinuchfosfat molekulalari etkazib beradi. Natriy shu tariqa hujayraga kiradi.
Sitoplazma – bu hujayra ichini to‘ldirib turuvchi suyuqlik bo‘lib, uning bir-butunligini ta’minlaydi. Sitoplazmada o‘zak va organellalar, shuningdek, glyukoza, oqsillar va boshqa ionlar singari erigan moddalar joylashadi.
O‘zak – hujayraning axborot markazi hisoblanadi. U o‘zak membranasi bilan o‘ralgan va o‘zida xromosomalar saqlaydi. Xromosomalar irsiy materialni tashuvchi hisoblanadi. DNK oqsil molekulalarini sintezi uchun axborotni tashiydi. DNK “instruksiyalar jamlanmasi” bo‘lib, hujayraga qanday harakat qilish zarurligini ko‘rsatib turadi va bu ko‘rsatmalar so‘ngra hujayraning keyingi avlodiga etkazib beriladi. O‘zak shuningdek, bir nechta o‘zakchalarni o‘zida saqlab, ribosomalar ishlab chiqariladi.
Organellalar.
Mitoxondriya – oziq moddalardan energiya ajratib olinadigan joy bo‘lib, hujayraning nafas olishi uchun javobgar hisoblanadi. Bu saqlanadigan energiya almashinib turish xususiyatiga ega. Mitoxonadriyada silliq tashqi membrana va murakkab tuzilishga ega ichki membrana bo‘ladi. Ichki membrananing bunday tuzilishi AUF (adenozinuchfosfat) sintez bo‘ladigan joyning maydon yuzasini oshirishga imkon beradi. Mitoxondriya energiya sarfi bo‘yicha faol bo‘lgan hujayralarda (masalan, skelet muskullarida) juda ko‘p bo‘ladi. Agar hujayrada energiya talabi ko‘proq bo‘lsa, u o‘zidagi zahira holda saqlanayotgan AUF molekulasidan foydalanadi. Energiya fosfat guruhini molekulaning boshqa qismlarini bog‘lab turganligi uchun kimyoviy bog‘larda saqlanadi. Agar ushbu molekuladan fosfat guruhining birortasi chiqadigan bo‘lsa kimyoviy bog‘ uziladi va energiya ajralib chiqadi. Qolgan molekula endi adenozindifosfat (ADF) deb yuritiladi, chunki unda ikkita fosfat guruhi qoladi. SHunga qaramasdan boshqa fosfat guruhi qaytadan birikishi zarur va energiya AUF ga yana to‘planadi.

Download 44,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish