Hayvonlar anatomiyasi



Download 44,36 Kb.
bet7/22
Sana10.07.2022
Hajmi44,36 Kb.
#768911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
1-MARUZA

Ichki organlar tizimi.
-ovqat hazm qilish tizimi (oziqani qabul qilish va ularni asosiy tarkibiy qismlarga ajratish jarayoniga javob beradi);
-nafas tizimi (kislorodni qabul qilish va karbonat angidridni organizmdan chiqarish uchun xizmat qiladi);
-siydik ayirish tizimi (organizmdan keraksiz va zaharli moddalarni chiqarish uchun xizmat qiladi);
-ko‘payish tizimi (nasl qoldirish uchun xizmat qiladi).1
Har qanday tirik organizmdagi kabi, hayvonlar organizmida ham moddalar almashinuvi, qo‘zg‘aluvchanlik va urchish protsesslari muhim rol o‘ynaydi. Moddalar almashinuvi to‘xtashi bilan organizmning hayoti ham tugaydi, bu esa oqsillarning parchalanishiga sabab bo‘ladi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda doim moddalar parchalanib (dissimilyasiya), ular o‘rniga yangi moddalar hosil bo‘lib (assimilyasiya) turadi. Dissimilyasiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar organizmdan har xil yo‘l bilan chiqarib yuboriladi. Moddalar almashinuvi protsessi organizmning quyidagi sistemalari: ovqat hazm qilish, nafas olish, qon va limfa aylanishi, siydik ayirish organlari va ichki sekretsiya bezlari orqali sodir bo‘lib turadi.
Ovqat hazm qilish organlari sistemasi organizmga tashqi muhitdan kirgan oziq moddalar hazm bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu oziqlar mexanik va ximiyaviy ravishda tegishlicha ishlangandan keyin eriydigan moddalarga aylanadi, so‘ngra qon hamda limfa tomirlariga so‘riladi, hazm bo‘lmagan qoldiq moddalar esa tashqariga chiqarib yuboriladi. Ovqat hazm qilish organlari sistemasiga: og‘iz bo‘shilig‘idagi organlar, so‘lak bezlari, halqum, qizilo‘ngach, me’da (oshqozon), ingichka ichaklar (jigar hamda me’da osti bezlari bilan birga) va orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydigan yo‘g‘on ichaklar kiradi.
Nafas olish organlari sisitemasi tashqi muhitdan kislorod olib, karbonat angidrid chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu sistemaga: burun teshiklari, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va o‘pka kiradi.
Qon va limfa aylanish organlari sistemasi, ya’ni yurak – tomir sistemasi qon va limfadan iborat bo‘lib, ular yordamida organizm bo‘ylab tomirlarda qon to‘xtovsiz harakat qiladi. YUrak tomir sistemasi organizmga ovqat hazm qilish va nafas olish organlaridagi barcha oziq moddalar va kislorodni tegishli joylarga etkazib beradi. Organizmda paydo bo‘lgan keraksiz moddalar buyrak, o‘pka va boshqa organlar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ayirish organlari bir juft buyrak, bir juft siydik yo‘li, siydik pufagi va siydik chiqarish kanalidan iborat. Bu organlar siydik ayirish va uni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi.
Ichki sekretsiya organlari sistemasi gipofiz, epifiz, timus, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar va oshqozon osti bezidan iborat bo‘lib, ular o‘z faoliyati davrida qonga kuchli ximiyaviy ta’sir ko‘rsatuvchi gormonlar ajratadi, gormonlar esa moddalar almashinuvi protsessini boshqaradi.
Qo‘zg‘aluvchanlik tirik organizmlarning tashqi va ichki ta’sirni qabul qilish, unga javob tariqasida qo‘zg‘alish xossasidir. Qo‘zg‘alish muskullar qisqarishi natijasida harakatlanish yoki suyuqlik ajratishdan iborat. Hayvonlarda qo‘zg‘alish va unga javob reaksiyasi tubandagi sistemalar: nerv sistemasi, muskul sistemasi, bez apparatlari va teri orqali amalga oshiriladi.
Nerv sistemasi markaziy va periferik (chetda joylashgan) qismlarga bo‘linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nervlar ta’sirini qabul qiluvchi va ularga javob beruvchi nerv uchlaridan tuzilgan. Ta’sirni qabul qiluvchi nerv uchlari tashqi muhitdan ta’sir olib, ularni bosh miyaga, u erdan esa tegishli harakat nerv uchlari orqali unga javob beruvchi organlarga – muskullar va bezlarga etkazadi, buning natijasida refleks hosil bo‘ladi, ya’ni ta’sirga javob beriladi. Nerv sisitemasi barcha organlar sistemalarining ishini bir – biri bilan bog‘laydi, natijada organizmning tashqi muhit bilan bir butunligi vujudga keladi.
Muskul sistemasi muskullardan iborat, ular nerv sistemasi impulslari ta’sirida qisqarish funksiyalarini bajaradi. Muskullar skeletlarga birikkan bo‘lib, tana harakatlarini vujudga keltiradi. Skelet suyak, tog‘ay va paydardan tuzilgan bo‘lib, tana shaklini hosil qiladi.
Teri hayvon tanasining tashqi qoplamasi, u tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo‘ladi. Terida ta’sirni qabul qiluvchi nerv tolalari bor, ular ta’sirni qabul qiladi.
Urchish organizmning yangi individ hosil qilish protsessidir. Urchish protsessi erkak va urg‘ochi hayvonlarda tuzilishi bir xil bo‘lmagan ko‘payish organlari yordamida amalga oshadi. Erkaklik jinsiy hujayralar – urug‘donda rivojlanib, urug‘ yo‘li orqali jinsiy a’zoga va undan urg‘ochi hayvonlar jinsiy organiga tushadi. Urg‘ochi hayvonlarning tuxum hujayralari tuxumdonda etilib, tuxum yo‘lida sperma bilan qo‘shilib urug‘langandan keyin embrion bachadonda rivojlana boshlaydi. Urchish protsessi ham nerv sistemasi va ichki sekretsiya organlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.

Download 44,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish