Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 
XXXI
 
 
Hotami Toyi hikoyasikim, u himmat va saxovat kishilariga peshvo edi; uning 
mehmondorchiligiga ta’zim bilan bosh urmagan bir gadoning himmatini ko‘rib, Hotami Toyining 
u gadoga tan bergani 
Hotami Toyiga bir ko‘ngli ochiq odam dedi:


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
54
-
Ey, himmatda erkin tabiat kishi, saxiylik kaftingga odat bo‘lganidan buyon o‘zingga o‘xshagan 
kishini hech ko‘rdingmi?
U dedi:
-
Bir kun men hamma uchun yig‘in qildim. Unga o‘sha cho‘ldagi odamlarning hammasini 
chaqirdim. Pishirish uchun yuzta tuya qurbon qilindi; so‘yilgan qo‘y-qo‘zilarning nam son-sanog‘i yo‘q 
edi. Bazm bo‘lib turgan vaqtda birpas havo olgim kelib, dasht tomonga chiqdim. Aylanib yurib, 
mehnatda ezilgan bir qari cholni ko‘rdim. U orqasiga bir quchoq tikon-o‘tin ortgan edi.
Gavdasini u yuk egib, vujud uyiga hassadan ustun tirkagan edi. Har qadam tashlaganda, birpas to‘xtab, 
har dam olganda ma’lum bir fursat o‘tardi. U chekayotgan azob o‘ti ko‘nglimni yondirib, rahm-shafqat 
bilan unga shunday xitob qildim:
-
Ey qaddini mashaqqat yuki bukkan, tanasida g‘am tikanlari o‘rnashgan odam! Dashtda yurib 
xabaring bo‘lmadimi? Nega Hotamning uyiga bormading. U hammani o‘zining uyiga chaqirib, yaxshi-
yu yomonni bugun mehmon qilinoqda-ku. O‘tinni tashla, izzat gulshaniga bor, mashaqqat chekib 
o‘ltirmay, tur, chaqiriqqa bor!
U mening uning ahvolidan iztirob chekkanimni tushunib, bosh ko‘tarib kuldi-yu, shunday javob 
berdi:
-
Ey, oyog‘ini ochko‘zlik band etgan, bo‘yniga g‘araz va qizg‘onchiqlik sirtmoq boylagan, ey 
g‘ayrat vodisida qadam bosmagan, himmat qal’asiga bayroq tikmagan odam, sen ham bu tikan tashish 
azobini tortib ko‘r. Hotami Toyi minnatini esa torta berma. Qiynalib, mashaqqat bilan bir tanga topish 
birov bergan xazinadan yaxshiroqdir.
Uning so‘zlari shunday o‘rinli ediki, shuning uchun ham uning himmati menikidan ortiq edi.
Ey Navoiy, agar senda himmat bo‘lsa, Hotami Toyi ham senga quldir.
Ey soqiy, karam izhor qilib, bir qadah tut, xayru ehson nimaligini Hotamga ko‘rsatib qo‘y. Bizda 
may sotib olish uchun pul kam; bizda yetishmovchilik ekan, sendan karam bo‘lsin.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish