www.ziyouz.com
кутубхонаси
56
bolaga nisbatan eng zarur ish, bilki, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf tarbiya qilgani
uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi.
Tarbiyaning biri bolaga yaxshi ot qo‘yish bo‘lib, uni oti bilan chaqirganlarida u uyaladigan
bo‘lmasligi kerak. Ismda tafovutlar ko‘p paydo bo‘ladi; birining ismi Husayn bo‘lsa, boshqa biriniki
Yazid
110
. Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. It
109
1
Bunda xalq qiziqchilarining ko‘zbo‘yamachilik tomoshalaridan biriga ishora.
110
Husayn - yaxshi ot timsoli; Yazid - yomon ot timsoli. Bunda Alining o‘g‘li Husayn va shu Husaynni o‘ldirgan Yazidga
ishora bor.
yetuk ta’lim olgani sababli u tishlab kelgan ov xalol hisoblanadi. Yuvgan bilan toza bo‘lmaydigan it olim
bo‘lgan ekan, o‘giing bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing
foydalidir, lekin buning ortiqchasi zarar. Voqe’ bo‘ladigan balolardan uni o‘z mehring bilan asrashing
bolang oldida sendagi tavozu’ni bildiradi.
Xotining uyda o‘ltiradigan bo‘lgach, shariat yo‘li bilan uni hurmat qil. Nafaqa bilan o‘zingni undan
ayama; joningni ham ortiq darajada qiynab yuborma. Kiyadigan kiyimini ham ortiq darajada rang-barang
qilib yuborma. Kiysa ham hujrada, vaqti bilan kiysun. O‘z xolicha bir yoqqa otlanganini bilsang - sen
haqiqiy er bo‘lsang - uning otini atama! Do‘stlar oldiga ham yuborma, dushmanlar oldiga ham.
Yasantirib ko‘ chaga ham chiqarma, bozorga ham. U uydan chiqib ketib, yana qo‘yningga kiradigan
bo‘lsa, sen taajjublanadigan bir ishni bo‘yningga olgan bo‘lasan.
Upa-elik surtib, yuzini qizartirdimi, u, bilsang yuz qarolik fikriga berilgan bo‘ladi. U sochbog‘ini
yeshib, sochini o‘ra boshlar ekan, bu - nafs va havoyilik uning bo‘yniga o‘z tuzog‘ini solganidir. U o‘sma
qo‘yishga berildimi, bu uning fitna bilan o‘ralishganidir.
Muncha qabohatni ko‘rib turib, uning otga minishiga ijozat bersang - g‘ayrat va erkaklik, rashk va
or-nomus shumi? O‘sha kuni u ketsa, uni o‘z xoliga qo‘y, unga zo‘rlik qilma - uydan chiqib ketdimi -
vatani go‘r bo‘lmaydimi!
U shariatdan chekinib nima qilmasin, uni (yana) qabul qilishing odobdan emas.
Tarbiyaning yana biri ota-onani hurmat qilish; buni bajarish uning uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga
xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bo‘lsa ham, kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib,
onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bo‘lishini istasang, shu
ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turganning birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh.
Ularning so‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma.
Hamma xizmatni sen adab bilan bajar, «adab» so‘zidagi «dol» kabi qomatingni xam qil.
Bundan so‘ng rahm in’omini o‘zingga qarz deb bil; o‘sha toifadagi odamlarga rahm qilishni farz
hisobla. Yurgan odamlar ichidagi kattadan-kichigigacha, yoki oraliqdagi o‘rta martabalikka ham, kimki
katta bo‘lsa, uning xizmatini qilish kerak, kimki kichik bo‘lsa, unga shafqat ko‘rsatish kerak.
Kimni o‘rta yosh deb xayol qilgan bo‘lsang, uning hurmatini ham me’yorida asra. Xizmatini qilib,
uni ortiqcha ulug‘lab ham yuborma, yomon munosabatda bo‘lib, taxqir ham qilma. Uni hurmat qilib,
«hamma ishning o‘rtachasi yaxshi» degan ma’noli qoidaga amal qilishing zarur. Uning izzati me’yordan
kam bo‘lsa ham, xaddidan ortib ketsa ham yaxshi emas.
Yoki seni baland osmonning aylanishi (taqdir) shoh xizmatini bajarishga loyiq ko‘rib qolsa, garchi
shoh tomonidan tashkil etilgan bazmlar yoqimli bo‘lsa ham, unga borishdan tortinish zarur. Yoqimli
bo‘lib ko‘ringan bu marhamning ichida yuqadigan yaralari bor, boli ichida qadaladigan nayzalari bor.
Gul ko‘rinsa, yonida yuz tikani bo‘ladi, bir maishat bo‘lsa, orqasidan ming ozori bo‘ladi. Telba odamlar
o‘tnixg yonish shaklini ko‘rib guliston deb o‘ylaydi. Lekin uning ichiga tushib ketsa, qachon qutulish
imkoni bor? Bola ilondagi naqshdor chiziqlarni ko‘rib, unga mahliyo bo‘lib qoladi, lekin uning zahari
Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
Do'stlaringiz bilan baham: |