Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
72
XLI
 
Qirg‘ovulning chin gapirish o‘rniga yolg‘on gapirib, bir falokat tuzog‘iga ilingani, chin so‘zni 
sher yolg‘on deb oylab, ovozini eshitib, yetib kelmagani va uni balo tuzog‘idan xalos etmagani
To‘qayda bir yirtqich sher bor edi. Vaxshatda osmon sheridek qo‘rqmas edi. U bolalari bilan o‘ynab, 
zavqqa to‘lganda, chumolilar uning bolasini talab qiynardi. U o‘zining ajralmas bu boyligi -farzandini 
og‘ziga tishlab asrar edi.
O‘sha to‘qayda bir qirg‘ovul ham bo‘lib, bu yirtqich sherning vaxmidan doim qo‘rquvda edi. Sher 
bo‘lsa bolasini og‘zida tishlab, dam-badam to‘qayning goh u yog‘iga borardi, goh bu yog‘iga. Sho‘rlik 
qush uning tepasida nogahon parr etib uchsa, sher qo‘rqqanidan seskanib ketar, bolasiga ham tishi botib 
ketardi. Tishi bilan o‘z bolasini, o‘z jigarporasini yarador qilardi.
Doim unga shu g‘am ichida g‘am, g‘am ham emas, motam ustiga motam edi. Bu tashvishdan ko‘ngli 
ozor topib, u qirg‘ovul bilan o‘rtoq bo‘la boshladi. U dedi:
-
Mening senga hech qasdim, dushmanligim yo‘q. Xotirjam bo‘lib, meni o‘zingga ishonchli do‘st 
deb bil. Qo‘rqishni yig‘ishtir, hamdamim, sirdoshim bo‘l; aysh va xursandlik vaqtida birga 
kuylashadiganim bo‘l. Men ham sening kuylaringni eshitib, shod bo‘lay; nag‘malaring bilan 
qayg‘udan ozod bo‘lay. Shart shuki, senga bir ziyon yetsa, falak seni xiyla bilan bandga solsa, 
marhamat qo‘lini senga yordam uchun cho‘zay, bosh panjam bilan dushmanni yerga barobar qilay. 
Sadoqat masalasida o‘zimni ko‘rsatib, seni dushman tuzog‘idan xalos aylay.
Sher ko‘p sehr bilan o‘z fikrini tushuntirishga tirishdi, ham sadoqatli bo‘lishga ahd qildi. Oralarida 
bir-birlariga shunday muhabbat paydo bo‘ldiki, bunga osmonning o‘zi ham hasad qilardi. Qayerda 
yirtqich sher dam olib yotsa, atrofida qirg‘ovul bemalol uchib yurardi. Sultonning tepasida humo qushi 
aylanganday, sher boshida qirg‘ovul aylanib parvoz qilardi.
Sher uning sayrashini eshitib, kuyida yolg‘on borligini faxm qilib, der edi:
-
Yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi. To‘g‘ri odamlar oldida yolg‘on qoralanadi.
Qirg‘ovul pandni eshitmas, o‘zi bilan o‘zi mast, ataylab fig‘onini hech pasaytirmas edi.
Bir kun bir ovchi uni tutish uchun o‘z tuzog‘ini yoygan edi, u don bilan suvni ko‘rib, uning oldiga 
borgach, ovchi uning ustiga tuzoqni tortdi. Tuzoqda u baxtsiz qichqirib, bir necha bor: «Dod, meni 
tutdilar!» - dedi.
Bu so‘z sher qulog‘iga eshitildi, lekin uning bu ashulasini har galgidek yolg‘on deb o‘yladi. Bunaqa 
yolg‘onlarni ko‘p eshitgani uchun chin qichqirig‘ini ham yolg‘on deb gumon qildi. U qancha 
rostakamiga qichqirmasin, rostini ham yolg‘on deb hisobladi. Uni qutqarish uchun iltifot ko‘rsatmadi; 
natijada uning hayoti qirqildi. Kimki beixtiyor rost gapirsa, yolg‘on gapirsa ham xalq uni rost deydi.
So‘zda, Navoiy, nima desang ham rostini gapir; rostni kuylagan ohanglarga taxsin ayt.
Ey soqiy, yoqimli qadahni olib kel, uning bir qultumi bilan sherni oladigan qil. Bazmning asboblariga 
tartib ber, six, kabob, tovoqlarni ham xozir et.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish