Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

www.ziyouz.com
кутубхонаси
71
turadi, «Alif» ham to‘g‘rilik alomati bo‘lgani uchun, «balo» (so‘zi) uni, qara, o‘zining orqasiga olibdi
115

Shoh chaylasining arqoni ham to‘g‘ri tortilgani uchun, qarav boshdanoyog‘igacha eshilgan: chirmash.
Uchar yulduz to‘g‘ri uchgani uchun boshdan-oyog‘i tamom o‘t bo‘lib yondi. Ilonning tana tuzilishi 
egri-bugri bo‘lgani sababli xazina ustida yotsa ham og‘zida zahar. Yangi oy egriligidan charx qadami 
turgan joydan ko‘rinadi. Salla ham chirmash o‘ralgani uchun boshning ustiga chiqishi loyiq topildi.
Yo‘q-yo‘q, bu yozganlarimcha emas, balki bu gaplarimning hammasi qalamning xatosi. Yegrilikning 
ham, to‘g‘rilikning ham o‘z haqiqiy ta’rifi bor; yolg‘on egrilikdan, to‘g‘rilik haqiqatdan iboratdir. Sham’ 
o‘z to‘g‘riligi bilan xursand; boshdan-oyoq kuysa ham, u nurga aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan 
bo‘lib, hammayoqni yoritsa-da, yerning ostiga kiradi. Bog‘bon o‘z yeriga reja tortmas ekan, bog‘ning 
ko‘rinishi changalzorga o‘xshab qoladi. Dehqon agar mola bosmasdan urug‘ sochsa, qancha bir xil 
sochmasin, ekini, baribir, suvni tekis ichmaydi. Oynaning yuzi qancha tekis bo‘lsa, oy yuzlining yuzi 
ham shuncha to‘g‘ri ko‘rinadi. Temir qalpoqning yuzi qancha sayqallangan bo‘lmasin, yuzning aylanasi 
unda cho‘zilgan xolda aks etadi. Jim turgan suvda quyosh aks etadi: chayqalgan suvda esa egri ko‘rinadi. 
Xato bilan yolg‘on gapirish hisobga kirmaydi; chunki uning yolg‘onligi bilingach, undan qochiladi.
Bir kishining so‘zlari boshidan-oxirigacha to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Aksincha, bo‘yalgan, yovuz 
bo‘lishi ham. Ularning birinchisi ham, keyingi bo‘yab gapiradigani, yovuz ham o‘z ixtiyoridan tashqari 
xolda shundaydirlar. Ularning peshonalariga shunday yoziigan bo‘lsa, ular nima ham qila oladi?! Alloh 
bir kishini habibim
116
desa, xalq ham uni «sodiq xabarchi» deb atay boshlaydi. Chunki uning barcha 
so‘zlari to‘g‘ri bo‘lib, ro‘para kelgan borki uni «saddaq»
133
deydi. U: «Qaysi habib?» desang, osmon 
oyog‘i ostida xok bo‘lib, jannatdagi sidra va to‘bi daraxtlari oldida xas-xashak bo‘lgan kishidir. Uning 
dinini ishonchli din ekanligini bilgach, barcha payg‘ambarlar unga ummat bo‘lish istagini bildirganlar. 
Ummatlari to‘g‘rilik, xalollik bilan nido qilishar ekan, «Yolg‘onchilar mening ummatim emas», degani 
esga keladi.
Butun koinot azob ichra qolgan chog‘da uning ummatlari najot ahli bo‘lgusidirlar. Shunda barcha 
payg‘ambarlar to‘g‘rilik bayrog‘ini ko‘tarib, o‘zlarining bu masalada unga ummat bo‘lish istagini 
bildirar ekanlar, yolg‘onni gapirgan tili va yozgan qalami tufayli payg‘ambarlik safidan chetlatiladi. Xato 
va yolg‘onni so‘zlash hisobga o‘tmaydi. Bu bilingach, bundaylar uzoqlashtiriladi.
Kimki yolg‘on gapirishni odat qilgan bo‘lsa, uni eru musulmon deb bo‘lmaydi. Yolg‘onchi o‘z gapini 
o‘tkazish uchun qancha urinmasin, u o‘z gapini bir-ikki marta o‘tkaza oladi, xolos. Uning bu ishidan 
xalq g‘ofil bo‘lsa ham, lekin Tangri o‘zi bu xoldan voqif. Bu xususiyat elga qancha mahfiy bo‘lmasin, 
yolg‘on baribir o‘zini oxirida ma’lum qiladi. Yolg‘on tong o‘zini qancha oshkor qilsa ham, uning nurlari, 
kuzat, baribir uzoq turmaydi.
Har sohada kkimgadir firibgarlik qilinar ekan, u yolg‘onchilik oldida bir navdir.
Kimki, qizishib turib ont ichgan bo‘lsa, onti yolg‘on bo‘lsa, aybi yuvilib ketadi. Kimki o‘zini 
yolg‘onchi sifatida tanitgan bo‘lsa, rost gapirsa ham, xalq uning hamma gapini yolg‘on hisoblaydi. Bu 
xususiyat uni doim qiynoqda saqlaydi. Hech narsa bilan u bu qiynoqdan qutula olmaydi. Kimki 
yolg‘onchi deb nom chiqargan bo‘lsa, o‘zinikilar ham, begonalar ham uni shu ot bilan chaqirar ekanlar, 
to‘g‘rilik nomi unga hech qaytib kelmaydi. Rost gapirsa ham,, xalq unga inonmaydi. Kimning chin gapi 
el orasida yolg‘on deb topilar ekan, yolg‘onni chinga aylantirish imkoni bormi?!
Qanday bir og‘ir vaziyatda qolganingda ham, chin gapirishning iloji bo‘lmasa, yolg‘onni ham gapirma.
115
«Бaлo» сўзининг aрaбчa ёзилиши кўздa тутилaди. Ундa aлиф сўз oxиридa кeлaди, Aлиф эсa ўз шaклигa кўрa, ўтмиш 
aдaбиётдa дoим тўғрилик рaмзи бўлиб кeлгaн.
116
Бу ўриндa Aллoҳ пaйғaмбaримиз - Муҳaммaд с.a.в.ни «ҳaбибим» («дўстим») дeгaнигa ишoрa қилинмoқдa. 
133
«Сaддaқ» - «рoстгўй», тўғри сўзлoвчи.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish