Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
51
http://ziyonet.uz/
boʻladi. Quyoshning xosiyati nur berish, qizdirishdir; durning yaxshilari bulutning
urugʻlaridir. Yagona gavhar ham konning farzandidir; anbarning eng sofi esa dengizning
farzandidir. Inson oʻrnini bosadigan insondir; shohniki shoh, xonniki xondir.
Sof koʻngul shohni kondek koʻrgan odam shahzodani bu konning gavhari deb bilsin.
Garchi bu konning ichida shohona durlar koʻp boʻlsa ham, hammasini parvardigor oʻzi
martabada toj egasi qilsin: ularning har biri misoli bir quyosh boʻlib, osmonni toʻn
oʻrnida kiyib yursin.
Lekin ularning ichida yagona bir gavhar bor. U martabada hammasidan yuqoridir. Balki,
u xavf-xatarsizlikning sababchisi Jamshiddek qadrli hukmdor Badiuzzamondir.
Tabiatining pokizaligi bilan u farishtaning oʻzi. Bu qadar pok sifatlarga ega boʻlgan odam
boshqa yoʻq. Uning asli inson boʻlsa ham sifatlari farishtaniki; hatto aslini, ham, sifatini
ham farishta deyish mumkin. U sof latofatning oʻzidan yaratilgan boʻlib, turish-turmushi
jahon xalqiga Xudoning rahmini namoyish qilishdir.
Sening toʻgʻringda soʻzlash, maqtash qiyin. Har qanday notiq ham vasfingda gung va lol.
Senda shuncha yumshoqlik va ulugʻvorlik borki, menday odamning madhidan orqilishing
mumkin. Quyosh odamlarning har qanday vasfidan yuqoridir. Uning nurini inson nima
deb maqtashi mumkin?! «Obi hayot odamlarga jon beradi» - deyish obi hayot uchun
yetarli ta’rif emas. Oyni yorugʻ, osmonni baland deyish tab’i baland odamlarga
yoqadigan gap emas. Madx bilan seni maqtash mumkin boʻlmagandan keyin, men
boshqa tomondan xizmatingni qilayin.
Xabaring borki, hukmdor shohga koʻp mahfiy narsalar yaxshi ma’lumdir. Dunyoda
ertaga nima ishlar boʻlsa, u oʻz fikr qudrati bilan bugun bilib turadi. Ertaga emas, indinga
boʻladigan ishlar daftarini ham bir-bir oʻqib, u uzoqni, hamma kunlarni biladi. Uning sirli
xayolotidagi yuz ming suratlar xotira koʻzgusida jilva koʻrsatadi. Shuncha yetukligi bilan
u:
— Koʻnglingga qanday yaxshi ish kelsa, oldimga kelib, birma-bir ayt, yaxshi eshitmagan
boʻlsam, boshqatdan ayt! - degan menga.
Shohgaki soʻzimning e’tibori bor ekan, scnga ham nasihat qilsam oʻrinlidir.
Shuni bilginki, umr vafosizdir, davlat va martaba ham baqosiz. Dunyoda baxt va
baxtsizlik tushday bir narsadir. Koʻzni yumib ochguncha hammasi oʻtib ketadi. Bu
dunyoning binosini xarob deb tushiin; unda nima koʻrinsa, sarob bil. Jumla jahon mutlaq
foniydir; mutlaq doimiysini istasang, u Xudoning oʻzidir.
Inson jismi uyining birinchi nusxasini chizgan oʻsha; unga ruh berib, oluvchi ham oʻsha.
Olamda inson tirik ekan, unga munosib ish - Xudo bilan boʻlishdir. Kimki Xudoni
eslashdan ogoh emas ekan, bilki, u shoh boʻlsa ham gadodan pas.dir. Birov gado boʻlsa
ham, lekin Tangrini unutmagan boʻlsa, ikki janon podshohligi unikidir.
Bu sahifada nimaiki yozilayotgan boʻlsa, hammasini taqdirning qalami yozmoqda.
Oldingda koʻngilsiz ko p ishlar yuz bersa, nolish qilma, bu Xudodandir. Gʻalaba
qozonsang, buni bilagixg kuchidan deb bilma; bu gʻalabani gʻalaba beruvchidan deb bil.
Do'stlaringiz bilan baham: |