Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
53
http://ziyonet.uz/
undan zahardan boshqa «baxralanish»ni kutish mumkin emas. Uning orzusini oʻylab,
oʻzing azob chekma. Tavba qildirib, uni tekshirib tur.
Gunohning xirmoni qancha katta boʻlmasin, ohu pushaymon uni shamolga uchirib
yuboradi. Gunoh oʻti qancha qattiq yonmasin, uzr koʻz yoshlarining suvi uni oʻchirmay
qoʻymaydi. Lutfu karam qancha yoqimli boʻlmasin, qaxru siyosatning ham oʻz oʻrni bor.
Olamdagi hamma odam birday yaxshi emas; har kimning hamma ishi ma’qul boʻla
bermaydi. Yaxshi bilan yomonga barobar yaxshilik qilish yomonga koʻp, yaxshiga kam
yaxshilik qilish demakdir. Lutfmg shabadasi bilan odamni xursand et. Shu bilan birga
jazo tigʻini ham oʻtkir tut. Qanchadan-qancha kasallar qand bilan tuzaladi, lekin bir
qanchalariga zahargina foyda qiladi. Malham bilan madda ochilmasa, nishtar bilan
undagi yiring olib tashlanadi. Zirapcha barmoqning uchi bilan chiqmasa, badan igna
vositasida undan qutuladi. Shuning uchun zamon shohi fikr qilib, yaxshiga yaxshi,
yomonga yomon boʻlishi kerak. Bu ikkalasini u bir xilda baholasa, mamlakatining ichida
qoʻzgʻolon koʻtariladi.
Birovni tezda koʻtarib yuborma hamda ozgina aybi uchun pastlatib ham qoʻyma. Kim
gumbazning uchiga chiqmoqchi boʻlsa, chiqish va tushish uchun maxsus zina bor. Kimki
zinadan tashqariga qadam qoʻysa, unga yiqilish, ranj, alam xavfi bor. Bola savod
chiqarishda xijoga qaramay oʻqiydi. Sen uning zeru zabarga e’tibor berishini kuzat. Har
kimni odam desang, odam boʻlib chiqa bermaydi; koʻrinishda bir xil boʻlsa ham, fe’lda
bir xil emas. Sham’ bilan muz sumalagi xuddi koʻchatga oʻxshaydi; aslida buning
boshogʻi oʻt, uniki suvdir. Kimni oʻzingga maxram qilmoqchi boʻlsang, yaxshi
sinamasdan uni oʻzingga hamdam qilma. Bilmasdan uni yaxshi koʻrib, yaxshi gapirma;
bilganingdan keyin esa pushaymon yeb qolma. Tushingda senga pariga oʻxshab,
hurlardan ortiq boʻlib koʻringan odam oʻngingda, faxm etsang, shayton boʻlib chiqishi
mumkin. Ozgina ayb uchun qattiq azob berma; oʻldirish va jazolashda tezlik qilma. Qatl
etish bir oz kechikib boʻlsa, hechqisi yoʻq, oʻlgandan keyin esa uni soʻz bilan tiriltira
olmaysan. Suv yuzidagi pufak puflasang yoriladi; shunday ekan, pufak yasash bilan
shugʻullanish kerakmi?
Jazolash vaqtida afv etish yaxshi boʻlsa ham, lekin bu ishda farosat ham kerak. Guvohlar
bir odamning gunohini isbotlagan esa-da, shariatda yolgʻon guvohlik berganlar oz
boʻlganmi? Yolgʻon gapirishga oʻrgangan odam rost gapirsa ham, unga ishonma.
Rostgoʻy odam hech qachon yolgʻon gapirishga intilmaydi; yolgʻonga odatlangan qancha
urinmasin, rost gapira olmaydi. Tun bilan tong oʻzaro mutanosibdir. Tongning
boshlanishi yolgʻon boʻlsa ham, oxiri toʻgʻridir.
Kin va adovat yoʻlini tutib, birovning aybi uchun boshqani gunohkor etma. Qoʻychibon
boʻlsang, bu nafasda e’tiborli boʻl; har qoʻyni oʻz oyogʻidan os. Xayolingga yaxshi bir
buyruq kelsa, uni maslaxatsiz amalga oshirishga oshiqma. Ta’bingdagi zavqing sogʻlom
ekan, odamlarning gapining tagidagi fasodini bilishga harakat qil. Oʻz fikringga koʻp
ishona berma. Ishonchli kishilar fikridan foydalan. Shoh oʻz aytganini qila bersa, fikrli
kishilarning ogʻziga qulf solgan boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |