Aziz o'quvchi



Download 0,99 Mb.
bet54/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
SIYOVUSH QISSASI

«

SIYOVUSHNING KOVUSGA2

MAKTUB YO'LLAGANI

Sipoh ila Balxni olgani zamon

Kovus shohga xabar yubordi o'g'lon:

«...Balxga keldim shod-u kulgan baxt bilan,

Jahondor iqboli, toj-u taxt bilan.

Uch kun davom etdi qirg'inli urush,

To'rtinchi kun xudo qildi parzarish.

Sipahrim-u Tirmid, Bormondek botir

Qochishdi misoli yoydan uchgan tir.

Jayhungacha yetmish bukun sipohim,

Jahonga soyasin solmish kulohim.

Afrosiyob So'g'dda lashkar bilan xun,

Oramiz ajratib oqadi Jayhun.

Bu yoqda turibman buyrug'ing kutib,

Amr etsang, jang qilay daryodan o'tib».

SIYOVUSH MAKTUBIGA KAYKOVUSNING JAVOB YUBORGANI

Bu noma yetishgach shohi Eronga,

Toj-u taxti boshi yetdi Kayvonga:

«...Ona suti ketmay og'zingdan hamon,

Yovga o'q yog'dirib, tortibsan kamon.

1. Siyovush – Eron shohi Kay Kovusning o’g’li, ona tarafdan Turon shohi Afrosiyobning ukasi bo’lmish Garsevazning evarasi. 2 Qissa mazmunidan kelib chiqib, shartli ravishda unga shu qo’shimcha nomni qo’ydik. – Tuzuvchi. 3 Xun – Qon.

...Yovni yengib, etgach barobar yerga,

Biroz to'xtab turmoq lozimdir erga.

Qo'shin tarqalmasin, et bir joyga jam,

Bir qarorgoh qurgin sen o'zingga ham.

...Savashin qidirib etma hech shitob,

O'zi jangga kelur ul Afrosiyob.

Ul o'tsa sen taraf, gar kechib Jayhun,

Balki, o'z etagi xun bo'ladi, xun!»

AFROSIYOBNING QO'RQINCHLI TUSH KO'RGANI

Hali tunning uchdan biri o'tmayoq,

Shoh uyg'ondi, tani bezgakday titroq.

Qaltirab, bo'kirib, uyg'onib ketdi,

Uning dod tovushi atrofga yetdi.

Uyg'onib ketishdi cho'ri, g'ulomlar,

Shov-shuv ko'tarishdi kaniz, mahramlar.

Taxtga keltirishdi, tutib qo'lda sham,

Titrar terak bargi kabi hali ham.

Yana savol berdi Garsevaz nomvar:

«Ne sinoat o'tdi, so'zla, birodar?»

Afrosiyob dedi: «Naqadar mudhish,

Hech kim, hech ko'rmasin bunday qo'rqinch tush.

Bu kecha ko'rganim tushni hech qachon,

Na keksa ko'rgandir, na bir navqiron.

Biyobon g'iji-bij ilonmish, ilon,

Yer chang-u kalxatga to'liqmish osmon.

Har yonda qoyalar, chag'ir tosh tog'i,

Go'yoki jahonning soliq qovog'i.

Bir chekkada turar mening chodirim,

Atrofda sipohim - botir, qodirim.

Ko'tarilib shu zum shiddatkor bo'ron,

Bayrog'imni yulib yiqdi nogahon.

Har tomondan oqdi daryo-daryo xun,

Qarorgoh chodirim bo'ldi sarnigun.

1 Garsevaz – Afrosiyobning ukasi.

Lashkarim ichidan sanoqsiz miqdor,

Boshlari kesilgan, tana-loshi xor.

Eron sipohlari misoli bo'ron,

Bosib kelar qofida nayzayu kamon.

Har nayza uchida bir bosh osilgan,

Har kim qo'ltig'ida bir bosh qisilgan.

Suvoriylar bari tim qora kiyim,

Nayza-la taxtimga ayladi hujum.

Taxtimdan olishib qo'limni bog'lab,

Surgab ketishardi, dilimni dog'lab.

Sinchiklab boqardim zor-zor har tomon,

Ko'rinmasdi menga qardosh biror jon.

Kovus huzuriga yetkazdi oson,

Meni yugurtirib bir yosh pahlavon.

Bir taxt edi, undan past kelardi Moh,

Unda o'ltirardi gurd Kovus shoh.

Kovus shoh yonida bir yosh xushchiroy,

Yigit o'ltirardi misli to'lin Oy.

O'n to'rtdan oshmasdi yigitning yoshi,

Meni bog'liq ko'rib, chimrilib qoshi,

Bir na'ra tortdi-yu devi g'arrondak,

Tig' bilan ayladi naq ikki bo'lak.

Dodlab yuboribman og'riq vahmdan,

O'z ovozim bedor etmish uyqimdan».

AFROSIYOBNING ARBOBLARI BILAN

MASLAHAT QILGANI

... Ularga dedi: «Bu gardanda falak,

Qismatim qilmadi urushdan bo'lak.

...Jahon shohi agar qilsa bedodlik,

Yaxshilik yo'qolar, gumdondir shodlik.

...Qing'irlik kuchayar, qolmas to'g'rilik,

Har yonda avj olar yolg'on, o'g'rilik.

1 Gurd – Pahlavon.

Jonimdan to'ydirdi zo'rlik, jang-jadal,

Yaxshilikka burdi xalloqi azal!

Bukun joriy qilay sulh-u adolat,

Anduh-g'orat emas, rohat-farog'at.

Mendan tinchlik topsin jahon bir zamon,

Bozor qizitmasin ajal nogahon.

Uchdan ikki jahon zeri poyimdir,

Eroni, Turoni ham saroyimdir.

Necha sarkash botir, boshlarida toj,

To'lab turishadi menga katta boj.

Agar sizlar ma'qul topsangiz, bitib,

Yuboray Rustamga bukun bir maktub.

Siyovush bilan sulh eshigin ochay,

Sovg'alar yuboray, oltinlar sochay».

Garsevazga farmon yetar shohona:

«Ishni yig'ib, yo'lga bo'lgil ravona.

Degil: «Eronga hech da'voyimiz yo'q»,

Degil: «So'zimiz chin, ko'ngli bo'lsin to'q.

Bizniki Chindan to Jayhun qirg'og'i,

Bizga bas So'g'diylar yeri - tuz, tog'i.

...Eron bilan Turon bir edi doim,

Nizo bilmay yashar erdi ko'p qoyim.

...Faridundek oqil bo'lsak, bo'lmasmi,

Jahonni beurush bo'lsak, bo'lmasmi?!

Afv etib, yuz bursak ezgulik tomon,

Urush unutilsa, yo'qolsa yomon».

SIYOVUSHNING AFROSIYOB BILAN AHD-PAYMON QILGANI

Garsevaz saroyga kelar, vaqt sahar,

Boshida kuloh-u belida kamar.

Siyovush nazdida o'padi zamin,

So'ngra yog'diradi unga ofarin.

1 Rustam – eronlik pahlavon.

Siyovush unga der: «Nechuk uxlading,

Qilmadimi shov-shuv quloqlarni ding?»

So'ng yana dedikim: «Bu kor-u boring,

Tun bo'yi o'ylatdi sening guftoring.

Ikkimiz fikr etdik, g'amni quvaylik,

Kiyna-adovatdan dilni yuvaylik.

Afrosiyobga tez yuborgil javob,

Adovatni boshdan chiqarsin shu tob.

Oxiri voyligi bilinsa, demak,

Nobop ishni boshdan to'xtatmoq kerak.

Rostlik hokim bo'lsin, orada ardoq,

Qahr-la yo'lbarsdek bo'lma urushqoq.

Noma beray, yetkaz, ehtimolki, shoh,

Urushmay, sulh bilan qaytarar sipoh».

...Buxoro-u So'g'd-u Samarqand-u Choch,

Sajjob yerlarini bo'shatib qiyg'och,

Qo'shinin Qang tomon surardi shitob,

Paymoniga sodiq shoh Afrosiyob.

Bu ishlardan ogoh bo'liboq Rustam

Gumoni qolmadi, bo'ldi xotirjam.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish