Aziz o'quvchi


«Shohnoma»ning yozilish tarixi, uning mazmun-mohiyati, Sharq dostonchiligidagi o'rni va ahamiyati



Download 0,99 Mb.
bet52/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61
«Shohnoma»ning yozilish tarixi, uning mazmun-mohiyati, Sharq dostonchiligidagi o'rni va ahamiyati.

Somoniylar hukmronligi davrida Turon va Eron xalqlari kuchli jtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy taraqqiyotni boshdan kechirayotgan edi. O'z-o'zidan, milliy o'zlikni anglashga ishtiyoq kuchaydi. Bu davlat mustahkamligini ta'minlash, boshqalarga kimlarning avlodi ekanini bildirib qo'yish uchun ham kerak edi. Somoniy hukmdorlar topshirig'i va qo'llab-quvvatlashi bilan Turon-u Eronning ming-ming yillik shonli tarixini tiklash, afsona va rivoyatlarni, tarixiy voqea-hodisalar haqidagi ma'lumotlarni to'plash, tartibga keltirish ishlari avj oldirildi. Maqsad shu asosda yirik bir she'riy kitob - «Shohnoma» bunyod etish edi. Bu vazifa taniqli shoir Abu Mansur Daqiqiyga topshirildi. U ishtiyoq bilan asarning ming baytini bitdi. Afsuski, Daqiqiy fojlali tarzda o'ldirildi, ish oxiriga yetmay qoldi. Shundan so'ng somoniy amiri Nuh ibn Mansur Abulqosim Firdavsiyni Buxoroga chaqirib, ung'a chala qolgan «Shohnoma»ni tugatib berish vazifasini yuklaydi. Shuning uchun hozirgi Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub «Shohnoma»ning ming bayti – Daqiqiyniki. Demak, «Shohnoma»ning bir qismi aynan Buxoroda bitilganiga hech qanday shubha yo'q. Bu yirik epik asarda Eron va Turonning qariyb 4 ming yillik tarixi qalamga olingan. Eng qadimgi davrlar haqida forsiy qabilalar to'qigan, xalq xotirasida saqlanib, tildan tilga o'tib kelayotgan turli avfsonalar va qahramonlik dostonlari berilgan, shuningdek, Eronning Iskandar Zulqarnayndan (eramizdan oldingi III asrdan) to arablar bostirib kelib, sosoniy hukmdor Yazdigard Uchinchi qatl etilgan milodiy 651-yilgacha bo'lgan tarix yoritilgan. Shu tariqa dostonda Eronda hukm surgan to'rt sulola - peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar davriga oid voqealar bayon qilinadi. Bu to’rt sulolada jami 50 hukmdor taxt so'ragan. Eron qahramonlik eposini bir kitobga yig'ish masalasini arab istilosigacha bo'lgan III - VII asrlarda taxt so'ragan so'nggi eroniy sulola - sosoniylar ko'targan, ular amri bilan pahlaviy (eski fors) tilida «Xudoynoma» «Hukmdorlar haqida kitob») degan maxsus kitob yozilgan edi. Hatto, u arab tiliga to'qqiz marta tarjima ham qilingan. Ammo na asarning asliyati, na tarjimalari bizgacha yetib kelgan. X asrda bu masala yana qo'zg'aldi. Abul Muayyad Balxiy nasriy yo'l bilan shohlar tarixini bitgani, to'rt olim birgalikda «Shohnomayi Mansuriy» nomi bilan mashhur bo'lgan nasriy kitob yozgani, Abu Ali Muhammad ibn Ahmad Balxiy, shuningdek

Mas'ud Marvaziylarning (966-yildan oldin yaratilgan) she'ri; «Shohnoma»lari haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Ana shu ko'p asrlik intilishlarni Firdavsiy oxiriga yetkazdi. Juda katta epik (voqealar bayoni birlamchi bo'lgan adabiy tur) asar bunyod etdi. Mantiqan bilinib turibdiki, Firdavsiy bu masalada o'zigacha yaratilgan, qo'lga kiritishini imkoni bo'lgan barcha manba va materlallardan unumli foydalangan, ularni puxta o'rganib, tartibga solgan, tahlil qilgan, ustalik bilan o'z asari tarkibiga kiritgan. «Shohnoma» 60 ming baytni o'z ichiga oladi. Asar biz bilgan an'anaviy «Xamsa»lardan hajman ikki-ikki yarim barobar katta. «Shohnoma» aruzning mutaqoribi musammani mahfuz (yoki maqsur), ya'ni «faulun-faulun-faulun-faul (yoki faol») vaznida yozilgan. Bu eshitilishda xuddi «ba-bam-bam ba-bam-bam ba­bam-bam ba-bam» tarzida chalinadigan nog'ora ohangini eslatadi. Qadim shohlar hayotini va faoliyatini urushlarsiz tasavvur qilish qiyin bo'lgani kabi, hukmdorlar timsollari asosida yaratilgan asarlar aksaran shu vaznda bitilgan. Ba an'ana forsiy va turkiy doston­chilikda «Shohnoma»dan keyin yanada keng quloch yoydi. «Shohnoma»ni shoir 30 yil mobaynida yaratdi. Yillar, asrlar davomida bu asarning turli nusxalari paydo bo'ldi, ba'zi qissalari asosida xalq kitoblari ham yuzaga keldi. XV asr birinchi yarmida temuriy hukmdor, Mirzo Ulug'bekning akasi Boysunqur Mirzo Hirotda mutaxassis olimlarni to'plab, «Shoh­noma»ning 40 dan ortiq nusxasini qiyosiy o'rganib, mukammal holga keltirilgan yagona ilmiy-tanqidiy matn tuzishga buyurdi. «Shohnoma», tasvir manbasiga ko'ra, uch qismga bo'linadi:

1. Qayta ishlangan eng qadimiy afsonalar bayoni.

2. Xalq qahramonlari haqidagi afsona, rivoyat va qissalarning badiiy talqini.

3. Tarixiy shohlar hayotidan olingan voqea-hodisalar asosidagi qissalar.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish