Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

 
88 
bo‘riga o‘xshab ulisa, hayvondan nima farqi qoladi… dedim. 
Og‘zimga kelganini qaytarmadim. Nasihatim ta’sir qildi 
kallavaramga! Sho‘rqillab yig‘lab qo‘yaverdi… “Keliningiz ham shu 
odatimni yuzimga solaverib bezor qildi. Tavba qildim, tog‘ajon, 
ertadan boshlab ichishni kamaytiraman” deb so‘z berdi… Ishqilib, 
borganim yaxshi bo‘ldi, xotin… 
– Ha, qoyillatibsiz, – uni ma’yus kuzatib o‘tirgan xotini ma’noli bosh 
chayqab qo‘ydi. 
Normurod jiyaniga pand-nasihat qilaverib charchagan shekilli, bir 
piyola choy ichishga ham holi kelmay uxlab qoldi. Xotini 
odatdagiday ro‘zg‘or tashvishlari bilan andarmon bo‘lib kechroq 
yotdi. Lekin ko‘zi ilinar-ilinmas shundoqqina yonida eshitilayotgan 
allaqanday qo‘rqinchli ovozdan cho‘chib uyg‘onib ketdi. Ne ko‘z 
bilan ko‘rsinki, qavatida chalqancha uxlab yotgan eri do‘rdoq 
lablarini cho‘chchaytirgancha bo‘ri bo‘lib uvullardi… 
Xullas, boyaqish Normurod savob ish qilaman deb kutilmaganda 
shunday illatga duchor bo‘lib o‘tiribdi. U juda oriyatli yigit. Kunda-
kunora uvullab, uydagilarning ham, qo‘shnilarning ham tinchini 
buzayotganidan doim ko‘ngli xijil bo‘lib yuradi. O‘zini dami o‘tkir 
domlaga o‘qitdi, qo‘shnoch kampirga alaslatdi, lekin foydasini 
sezmadi. Yaqinda azza-bazza shaharga borib, katta do‘xtirlarga ham 
ko‘rinib keldi. “Hozircha bu kasallikning davosi topilgani yo‘q, – 
deyishibdi ular. – Biron yangilik bo‘lsa, o‘zimiz xabar beramiz. 
Ungacha siz bemalol uvullayvering, buning hech qanday zarari yo‘q”. 
Shundan beri Normurod umid bilan do‘xtirlarning xabarini kutib 
yuribdi. 
 
 
 
 
 
 
 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish