Abdulla Oripov
Hayoti va ijodi. Abdulla Oripov 1941- yilning 21- martida, ya'ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko'z qishlog'ida tug'ildi. Qishloq Qo'ng'irtov etagiga o'rnashgan bo'lib, oqar suv taqchil bo'lsa-da, seryomg'ir kelgan yillarda ko'kat-u maysalarga ko'milib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning o'zi: "Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yog'in ko'p tushar, Qo'ng'irtov etaklari ming xil o't-oian, chuchmoma-yu qizg'aldoqlar bilan, quyonto'pig'-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qo'zigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari to'planib qolgan kichik-kichik ko'llarni "qoq" deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zam-burug’ terib, Qo'ng'irtov etaklarida kunlarini kech qilar edi", — deb yozadi. Ana shunday go'zal maskanda tug'ilib o'sgan bo'lajak shoirning otasi Orifboy Ubaydulla o'gii ishbilarmon dehqonlardan bo'lib, jamoa xo'jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko'pchilik o'zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g'oyat ta'sirchan va ezgulikka tashna ayol bo'lgan. Oilada to'rt o'g'il, to'rt qiz bo'lib, Abdulla o'g'illarning kenjasi edi.
Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o'tdi: qo'y boqdi, suv tashidi, pichan o'rdi, yantoq chopdi, somon to'pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta'sir, o'ychil, kitobga had-dan tashqari ko'ngil qo'ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so'zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko'rar, so'zning rhazmuni-dan ham ko'ra ohangi uni qattiq bezovta qilardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: "...birinchi she'rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo'lganini aniq bilmayman. Har holda so'zlarni qofiyalashga ishqiboz bo'lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverar-di. Fikr esa yo'q. Yozmaslikning ham iloji yo'q".
Abdulla o'z qishlog'idagi yetti yillik maktabda o'qiy boshladi.
1958- yilda qo'shni Tayzan ovulidagi o'rta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) .
"O'zbek filologi-yasi" fakulteti jurnalistika bo'limiga o'qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. A. Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi "Yosh gvardiya" nashriyotiga muharrir boiib ishga kiradi. Bu yerda to'rt yil ishla-gach, 1967—1974- yillarda G'afur G'ulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bo'lib xizmat qiladi. 1974—1976- yillarda "Sharq yulduzi" oy-bitigida bo'lim boshlig'i bo'ladi.
Olovli she'riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976 — 1982- yillar orasida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy masla-hatchisi sifatida adabiyotga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorlarga rah-namolik qildi. 1982—1983- yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo'limida mas'ul kotib bo'lib faoliyat ko'rsatdi. 1983- yilda shoir o'quvchilarning oybitigi "Gulxan"ning bosh muharriri bo'ldi va u yerda 1985- yilgacha, ya'ni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi lavozimiga o'tguncha ishladi. Uyushmaning kotibi sifatida uch yil ishlagan A. Oripov 1988 yilda O'zbekiston Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo'mitasi raisi vazifasiga o'tkazildi. 1996- yilning mart oyidan buyon shoir O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifada ishlab kelmoqda.
Abdulla Oripov 1983- yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor boidi. Shu yili unga "O'zbekiston xalq shoiri" unvoni berildi. 1994- yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko'rildi, 1998-yilda esa shoir "O'zbekiston qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi. A.Oripov O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir.
Birinchi marta respublika matbuotida "Qushcha" deb atalgan she'ri chiqqan paytda A. Oripov talaba edi. Shoirning birinchi she'rlar to'plami "Mitti yulduz" esa 1965 yilda chop etilgan. Undan keyin "Ko'zlarim yo'lingda" (1967), "Onajon" (1969), "Ruhim" (1971), "O'zbekiston", "Qasida" (1972), "Xotirot" (1974), "Yurtim shamoli" (1974), "Jannatga yo'l" (1978), "Hayrat" (1979), "Hakim va ajal" (1980), "Najot qal'asi" (1981), "Yillar armoni" (1983), "Haj daftari" (1992), "Saylanma" (1996), "Sohibqiron" (1996), to'rt tomlik "Tanlangan asarlar" (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
A. Oripov xalqini dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishti-rish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening "Ilohiy ko-mediya" L. Ukrainka, T. Shevchenko, N. Nekrasov, Q. Quliev, R. Hamzatov singari shoirlarning asarlarini o'zbekchaga o'girgan.
ABDULLA ORIPOV SHE'RIYATI TO'G'RISIDA
A. Oripov lirikasi orqali o'zbek she'riyatiga ko'ngil dardlarining suvrat-l.ui, ruhiy iztiroblar manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she'riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so’zlarni qofiyaga solish, baxtiyorlik haqida ko'tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzuni she'r emas, balki she'rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, ihuning uchun she'rning qanday yozilishidan ko'ra, uning nima haqda ekan-ligi muhimroq sanalardi. Abdulla Oripov tuyg'ulari quruqshagan o'zbek ihe'riyatiga o'ychil g'am va g'amchil o'y olib kirdi. Shoir alohida bir odam va uning dardlari haqida o'yga botdi, qalam surdi. Bu odam shoirning o'zi edi Binobarin, bir odam to'g'risida hayqirish, baqirish noqulay bo'lardi, u haqda pichirlab she'r o'qish lozim edi. Chunki shovqin, baland tovush odamni o'zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
O'tgan asrning 60—70-yillarida Abdulla Oripov she'riyati o'zbek millatini tuyg'ularning quruqshab qolishdan saqlab qoldi. Shuning uchun ham shoirni o'zbek she'riyatida o'z davrini u yaratdi, deyish mumkin. Chunki chinakam iste'dodgina davrning to'siqlari, cheklovlarini yengib o'ta oladi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste'dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga o'z ta'sirini o'tkazadi.
Abdulla Oripov she'rlaridagi beadad samimiyat, tuyg'ular chinligi kishini beixtiyor o'ziga asir qiladi. Shoir she'rlari kayfiyat va hissiyotning yaxlit obraz-laridir. U inson tuyg'ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she'r emas, balki ayrim misralarning o'ziyoq she'rxonda muayyan kayfiyat hosil qiladi. Masalan, shoir odamlarning zilzila paytidagi ruhiy holatini: "Asablar tuproqqa cho'kkan edi tiz" tarzida beradi. O'zining pokiza yoshlik davrini esa "Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar to-vushin tinglardim faqat", — deya ifodalaydi. O'zbek xalqining yig'ma ob-razi: "Sonsiz egatlarga sochilmish, ana, Mening orzularim, mening o'ylarim" tarzida umumlashtiriladi. Shoirning: "qaro sochlaringda oppoq alanga" de-gan tashbihi aniqligi bilan ham, ta'sirchanligi bilan ham ko'ngilni rom etadi. Uning she'riyatida vatan timsolining chizilganiga e'tibor qiling: "Shabnam shovullaydi bog'lar qo'ynida, Salqin tuman ichra bo'zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog'dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar".
Shoir vatan manzarasini yaltiroq so'zlarsiz, hayqirig'-u da'vatlarsiz sa-mimiy aks ettiradi. Keltirilgan misralarda sun'iylik yo'qligi, yolg'on bo'lmagani uchun ham ta'sirchan va yuqumli. Bu satrlar chin insoniy sezimlarning isho-nimli ifodasi ekanligi bilan esda qoladi.
Abdulla Oripov she'riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifat-lardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham g'oyat ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta'sirli qilib o'zbekcha ifodalay bilish shoir she'rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha she'riy ifodaning aniq va tuyg'ularga ta'sir ko'rsata ola-digan bo'lishiga erishadi. Uning: "Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa, Ko'm-ko'k moviy osmonda kezib yurar oq bulut" kabi satrlarida qoilanilgan tashbihlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Yelda silkinayotgan ko'klam ko'katining dovdirab, yiqilib-su rinib endigina oyoqqa turayotgan qo'zichoqqa o'xshatilishi shoirning xalq tin mushini bilibgina qolmay, uni ichdan tuyishini ham ko'rsatadi. Shu joyninfl o'zida ko'klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun
ulkan iste'dod talab etiladi. A. Oripov ko'z oldiga keltirish mushkul, ifodalash mill.m-da og'ir bo'lgan sezimlarni, mavhum tuyg'ularni tuyimli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: "Yorilmagan yaraday sevgi!" — deydi u. O’ta mavhum tuyg'uni bundan ortiq aniq tasvirlash mum kin enias.
A. Oripovning san'atkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko'rmagan yoki ko'rgan bo'lsa-da, payqamagan jihatlarini o'ziga xos tarzda aks ettira oludi. Shoirning iste'dodi nazarining o'tkirligi, tuyg'ularining nozikligi, his-.ivoiining teranligida ko'rinadi. Ko'klamda o'rik g'o'ralarini hamma ko'rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma'lum. Ammo i.n|.il chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko'ra biladi: "Dilbar kelinchakning ko'ksida g'ulu, Zardoli shoxiga tashlar ko'z qirin". Sal e'tibor qilgan o'quvchi yosh kelinchaklarning ko'pincha o'rik dovuchcha-liga boshqorong'i boiishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy lavhada chin lin'atga xos belgini ko'ra olish asl shoirlikning belgisidir.
Shoirning mahorati shundaki, u ko'pincha aytib o'tirmay, ishora qilish bllan ko'rsatadi. Tasvirning bunday usuli sizni fikrlashga, she'rning zamiri-dttgi chiroyli ma'nolarni mustaqil kashf etishga undaydi. Ma'lumki, g'am ha-qida ko'p she'rlar yozilgan. Lekin g'amni kishining ko'z oldiga yaqqol keltirib qo'yish hamma shoirga ham nasib etavermagan. Quvonch to'g'risida ham kam yozishmagan, biroq uni tuyimli qilish oz kishiga nasib etgan. Abdulla Oripov: “Qizg'aldoq bargidek uchar dildan g'am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim" latrlarida og'irdan-og'ir ana shu ikki ishni birvarakayiga uddalagan. G'amni ko'z oldiga keltirib bo'lmaydi dedik, lekin qizg'aldoqning harir gulbargini har birimiz bilamiz. Uni yengil bir harakat uchirib yuborishi mumkin. Shoir qalbidan "qizg'aldoq bargidek uch"gan g'am o'rniga toshqin kirmoqda. Toshqin niinaligini ham barcha biladi. She'riy misralarda quvonch tilga ham olin-ini yo'q, lekin insonga ulkan shodlik yor bo'lganda ko'ngliga toshqin kirishi lezimli. Chinakam san'atkorgina buni boshqalar ham his qiladigan tarzda bera oladi. Shoirning faqat darslikdagi emas, balki boshqa she'rlarini ham O'qish kishining ruhiyatini poklaydi, tuyg'ularini baland qiladi, sezimlarini noziklashtiradi va ma'naviy jihatdan yuksalishiga sabab bo'ladi.
"SOHIBQIRON" ASARI TO’G’RISIDA
"Sohibqiron" dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko'proq o'ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o'g'illariga munosabatini ko'rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o'ychil fay-lasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: "Moo’l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar", — deya belgilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruv-da bitta cho'pon bo'lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon boiadi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati: "Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo'rquv ichra saqlashi darkor", — degan qarashida aks etadi.
A. Oripov Temurni o'z yo'lining to'g'ri-noto'g'riligini aniqlashga tin-may urinadigan, bosgan har bir qadami xususida fikr yuritadigan kishi sifatida ko'rsatadi. Shuning uchun ham Temurning: "Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun", — degan so'zlari o'quvchiga qahramon fikrlash tarzining mantiqiy hosilasiday ta'sir qiladi.
Asarda Amir Temurning o'z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan. Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: "Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qo'yki, xotunlaring uch taloq bo'lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotinlarim bo'lsin uch taloq". Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo’lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko'rsatadi.
A. Oripov asar bosh qahramonini o'ylar og'ushida aks ettiradi. Temur xato qilib, birovlarning umriga zomin bo'lishdan qo'rqadi. Ammo o'zini buyuk bir tarixiy missiyaning ijrochisi deb biladi: "Nega ko'pdir nayrangbozu kazzob kimsalar? Nega bosgan yer yuzini buncha ko'p illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan". Jahongir jangovor yurishlarida doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qo'shin tortadi. Shu tariqa, muallif sohibqiron faoliyatining axloqiy asoslarini aks ettiradi.
Amir Temurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng ta'sirli lavhalaridan biridir. Bu o'rinlarda Amir Temur o'z xatti-harakatlari-ga ma'naviy asos qidirayotganligi aks etadi. Hazrat Sultonimning: "Aytchi, Temur, sen besabab qon to'kkanmisan?" — degan so'rog'iga javob berish jahongirga oson kechmaydi. Sohibqiron islomiy tartiblar o'rnatish, adolatni qaror topdirish uchun qon to'kkani haqida o'ylaydi. Asar muallifi o'z nuqtai nazarini Yassaviy qarashlari orqali beradi. Dunyoda banda tomonidan kuch bilan adolat o'rnatilishi shubhali ekanligi buyuk so'fiyning: "Niyat qancha jozibali bo'lsa ham, Temur, qilich bilan murod hosil bo'lmog'i gumon", — degan so'zlarida ifoda etiladi. Olamni kuch bilan bosib olgandan, odamlar dilini haq so'z bilan zabt etish to'g'riroqligi haqidagi fikr Yassaviy hazratlarining shaxsiyatini ifoda etadi. Xullas, asarda Amir Temur timsoli o'zi va eli haqida tinimsiz o'yladigan odam sifatida puxta tasvir etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |