diqqatga sazovordir. Ularda uchraydigan uglerod birikmalarini tadqiq etish, qadimgi davrlarda
kimyoviy evolyutsiya qanday yo’nalishda borganligini aniqlashga yordam berdi. Kosmik
kemalar va stansiyalar yordamida Yerga olib kelinish Oydagi jismlar namunasini
o’rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat berdi. Organik
moddalar, ayniqsa, ko’mirsimon xondritlar nomini olgan meteoritlar xilma-xil organik
birikmalarga, jumladan, aminokislotalarga va hayot uchun zarur bo’lgan boshqa moddalarga
boy. 1968—1969 yillarda radiospektroskopiya yordamida yulduzlar orasida organik
moddalardan formaldegid va ammiak borligi aniqlandi. Umuman olganda hozirgi vaqtda
Galaktikada ammiak, suv, formaldegid mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Қuyosh
sathidagi temperatura 6000° ekanligi va koinotda hayot uchun xavfli ultrabinafsha, rentgen
nurlar, elektr zaryadlari ko’pligi e’tiborga olinsa, qayd qilingan organik moddalar abiogen
yo’l bilan vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo’ladi Organik moddalarning abiogen
usulda paydo bo’lishi faqat nazariy jihatdan emas, balki amalda ham isbotlandi. Masalan,
amerikalik olim Miller dastlabki Yer atmosferasida ko’proq uchragan deb taxmin qilingan
ammiak, metan, vodorod va suv bug’ini shisha kolba ichiga joylashtirib, undagi
temperaturani 80˚ ga yetkazib, apparatning kengroq qismi devorlariga kavsharlangan
elektrodlar orqali elektr zaryadlari berilsa, kolbadagi suyuqlikning rangi o’zgarib,
aminokislotalar va boshqa organik moddalar xosil bo’lganligini aniqlagan.
Olimlardan Pavlovskaya va Pasinskiylar yuqoridagi gazlar aralashmasidagi
vodorod o’rniga uglerod oksidni qo’shdilar va ularga ultrabinafsha nurlar ta’sir ettirib,
aminokislotalar olishga muvaffaq bo’ldilar. Eybelson metan, ammiak, vodorod, suv bug’i,
uglerod oksidi, karbonat angidrid, azotdan iborat gazlar aralashmasidan aminokislotalar hosil
bo’lishini isbotladi. Doze va Rayevskiy bunday dastlabki gazlar aralashmasiga rentgen
nurlari ta’sir ettirish orqali har xil aminokislotalar olish mumkinligini ko’rsatdilar.
Yer planetasi tarkibida qadimgi zamonda uglerodlarning metallar bilan birikishidan
hosil bo’lgan karbidlar ko’plab uchraydi. Aftidan, Yerning markaziy o’zagi temir, nikel va
kobaltning uglerod bilan qo’shilishidan hosil bo’lgan karbidlardan iborat bo’lsa kerak.
Ehtimol, bunday karbidlar Yerning rivojlanishi tarixining ma’lum davrlarida yuza
joylashgandir. D. I. Mendeleev karbidlar suv bilan birikishi natijasida uglevodorodlar hosil
bo’lishini ko’rsatib o’tgan edi. Shunday qilib, hayot paydo bo’lishidagi
Do'stlaringiz bilan baham: