Hayot paydo bo`lishi haqidagi asosiy nazariyalar va go`yalar Reja


Bir hujayrali organizmlarning kelib chiqishi



Download 304,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana05.04.2022
Hajmi304,02 Kb.
#529363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-маруза матни

 Bir hujayrali organizmlarning kelib chiqishi. 
Yaqin vaqtgacha hayotning eng 
qadimgi formalari to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam edi. Bunga asosiy sabab ana shu 
hayot formalari juda mayda va yumshoq tanali ekanligidir. Chunonchi, kembriy davrigacha 
bo’lgan yer qatlamlarida faqat meduza, xilma-xil chuvalchanglar, qisman bulutlarning 
toshga aylangan nusxalari topilgan edi. Albatta, bu qazilmalar hayotning qadimgi formalari 
haqida birmuncha tasavvur hosil qilishga imkon yaratib, paleontologik solnomani 100 mln yil 


orqaga surgan bo’lsada, lekin hayotning eng qadimgi formalari qanday bo’lgan, degan 
muammoni yecha olmadi. 
Kembriy davrigacha bo’lgan hayot izlarini axtarishda XX asr boshida Charlz Uolkott 
topgan stromatolitlar muhim ahamiyat kasb etdi. U Kanadaning g’arbida topilgan ohakdan 
iborat g’
O
vak tepaliklar va ustunlarni tekshirib, bu riflar suv o’tlaridan iborat, deb taxmin 
qildi. Keyinchalik olimning bu taxmini to’laligicha tasdiqlandi. 1954 yili Steli A. Tayler 
Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular ko’k-yashil suvo’tlar va bakteriyalardan iborat 
ekanligini isbotladi. Avstraliyaning g’arbiy qirg’oqlaridagi suvi juda sho’r, shunga ko’ra 
umurtqasiz hayvonlar bo’lmagan Sharq ko’rfazida tirik stromatolitlarni topdi va ular kembriy 
davrigacha yashagan ko’k-yashil suvo’tlar bilan bakteriyalarga o’xshashligini ma’lum qildi. 
Hozirgacha qadimgi ko’k-yashil suvo’tlar, bakteriyalardan iborat qazilma xoldagi 45 dan 
ortiq stromatolitlar topilgan. 
Prokariot organizmlardan iborat bo’lgan qadimgi bakteriyalar bundan 3,5 mlrd yil 
ilgari yashagan. Hozir bakteriyalarning ikki oilasi — qadimgi, ya’ni arxebakteriyalar va 
eubakteriyalar mavjud. Arxebakteriyalar sho’r suvlarda, yuqori temperatura muhitida, 
metan gaziga boy joylarda yashaydi, Taxmin qilinishicha, 3 mlrd yil mobaynida Yerdagi hayot 
faqat ibtidoiy mikroorganizmlar shaklida bo’lgan. Ular bir hujayrali bo’lib, anaerob 
sharoitda yashab, elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar yordamida abiogen yo’l bilan hosil 
bo’lgan organik moddalar energiyasidan foydalangan. Eukariotlar paydo bo’lguncha Yerdagi 
yakkayu yagona mavjudotlar bo’lgan prokariotlarning xilma-xilligi eukariotlarga nisbatan 
anchagina kam bo’lsa ham, biroq metabolizm va bioximiyasi bo’yicha ular nihoyatda turli-
tuman bo’lgan. (1-jadval)

Download 304,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish