Tektonik zilzilalar (yer ostidagi yuqorida aytib o'tilgan jarayonlar yer qobig'iga ta ’sir ko'rsatishi natijasida yer yuzasida siljishlar vujudga kelganligi sababli shunday nomlanadi). Bu zilzilalarning asosiy ko'rsatkichlari sifatida uning kuchi va xarakteristikasini belgilovchi belgilari—uning magnitudasi, zilzila
261
o'chog'i chuqurligi va yer yuzasiga ta ’sir qiluvchi energiya intensivligi hisoblanadi.
M agnituda-Rixter shkalasida energiyaga proporsional bo'lgan 0 dan 8,5 balgacha bo'lgan birliklarda berilsa, 0 dan 12 balgacha berilsa, bu oddiy bizda foydalanadigan shkalalarda belgilanib, har bitta o‘sib boruvchi raqam tebranish energiyasini 100 капа o'sganligini bildiradi. Rixter shkalasi bo'yicha 8,5 va oddiy shkalada 12 ball eng og'ir oqibatlarga olib keladigan zilzilalar hisoblanadi.
Zilzila o'chog'i chuqurligi-bu har bir zilzilaga xavfli bo'lgan rayonlarda har xil bo'lib 0 dan 700 km gacha chuqurliklarda bo'lishi mumkin. Seysmik rayonlar uchun o'zining m a’lum chuqurliklari mavjud bo'lib, agar uning chuqurligi katta bo'lsa, zilzilaning ta’sir radiusi ancha katta maydonlarga tarqalishi mumkin.
Energiya tig'izligi, ya’ni kuchi o 'n ikki balli shkala bo'yicha belgilanadigan yer yuzasidagi yer silkinish kuchi hisoblanib, u quyidagicha e’tiro f etiladi: sezilar-sezilmas, juda kuchsiz, kuchsiz, sezilarli, ancha kuchli, kuchli, juda kuchli, buzib yuboruvchi, vayron qiluvchi, kuchli vayronalikka olib keluvchi, falokatli va kuchli falokatli.
Zilzilani keltirib chiqarishga sababchi bo'lgan yer ostidagi zilzila o'chog'i — gipomarkaz (gipo-chuqurlik)dir. Shu yerning yer yuzasi epimarkaz (epi-yuza) deb atalib, bu zilzilaning eng kuchli ta’sir yer silkinadigan yuza bo'ladi. Keyingi yer yuzasi bo'ylab tarqalish elastik yoki seysmik to'lqinlar tarzida yerning qattiq qobig'i bo'ylab tarqala boshlaydi (yer ostida yadro portlatilganda ham xuddi shunday hodisa bo'ladi).
Har yili yer yuzasida umumiy 100 ming yer silkinishlari kuzatiladi (bu bir sutkada 300 silkinish demakdir), ammo bularning hammasi ham xavfli emas. Shundan taxminan yiliga 10 mingini odamlar sezadi. Yiliga taxminan 100 ga yaqin zilzilalar fojiali oqibatlarga olib keladi. Bunda bir necha sekund ichida butun boshli shahar—qishloqlar vayron bo'lishi yoki okean yaqinida joylashgan m am lakatlar suv ostida qolishi tog' cho'qqilarining buzilib ketishi natijasida u yerda eriyotgan qor suvlarining yo'li to'silishi natijasida tog'ning qa’rida ko'llar paydo bo'lishi va shuningdek, zilzilalar ta ’sirida okeanlar tubidan yangi orollar hosil bo'lishi, tog'lam ing m a’lum masofaga siljib ketishi va yer qimirlashi ta’sirida yerning yorilishi natijasida bir necha o 'n va hattoki, yuz m etr va undan ham chuqurroq jarlarning hosil bo'lishi zilzilalarning oqibati hisoblanadi.
Shaharlarda elektr va gaz tarmoqlarining ishdan chiqishi natijasida uzilgan gaz quvurlaridan chiqib ketgan gazlar ko‘plab yong‘inlar chiqishiga sababchi bo'ladi. Avtomobil va tem ir yo‘llar ishdan chiqadi. Tog'li o‘lkalarda tog‘larning o‘piriIib ketishi yo‘llarning berkilib qolishiga olib keladi, aloqa tarm oqlari ishdan chiqadi. Zilzila bo'lgan joy boshqa hududlardan uilib qoladi; bu esa u yerdagi omon qolganlarni katta ruhiy tushkunlikka olib keladi.
Kuchli halokatli zilzilalarda 1024-1025 erg energiya ajraladi va bu energiya yer yuzida portlatilgan megaton yadro zaryadi portlashidan bir necha marta katta vayronagarchiliklarga sababchi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |