Hayot faoliyati



Download 1,67 Mb.
bet174/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

253


X IV bob. FUQAROLAR MUDOFAASI
XIV.I. Fuqarolar niudofaasining asosiy vazifalari


  • Insoniyat tarixida deyarli hamma davrlarda inson uchun eng dahshatli va nihoyatda ko'ngilsiz voqea urush va har xil qirgMnlar bo‘lib kelgan. Bu urushlarning hammasi o‘zgalarning yeriga zo'ravonlik asosida bosib olish boMgan. Jamiyat taraqqiyotining boshlangMch davrlari hisoblangan quldorlik jamiyatida ko‘proq yerga va bu yerdagilarni qullarga aylantirish yoMi bilan tekin ishchi kuchiga ega boMish va buning asosida insoniyatning eng qadimdan ta’qib qilib kelayotgan eng yomon xususiyati ko‘proq boylik orttirishga boMgan xirs hisoblanadi. Ammo buning natijasida ko'plab gullagan oMkalarning xarobazorlarga aylanishi va minglab begunoh odam larning hayotda bemavrid ketishiga sababchi boMish kechirib boMmaydigan voqealar sirasiga kiradi.

Feodal tuzim vujudga kelishi bilan bunday urushlarning salmogM yana ortabordi, bu davr qirgMnliklari haqidagi bir necha minglab tarixiy shaharlar yo‘q boMib ketgani m a’lum. Hozirgi zamon olimlarining taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra tarixiy hujjatlari m a’lum boMgan oxirgi 5500-yil davomida urishda oMganlar soni 4 mlrd. atrofida deb hisoblanadi.


Kapitalizmning paydo boMishi esa bu qirgMnbarot urushlarning yanada avj olishiga olib keldi, chunki kapitalizmning rivojlanishi uchun xomashyo bazalari zarur edi va xomashyo bazalari boMgan davlatlar sanoati rivojlangan davlatlar uchun osongina g‘alaba qozonish im koniyatini berardi. Buning asosiy sababi: industrial rivojlangan davlatning birinchi vazifasi-qirgMn qurollarini ishlab chiqarish boMadi va bu qirgMn qurollari ishlatilmasa, keyingi rivojlanish boMmaydi, ya’ni zavod ham da fabrikalar to‘xtab qoladi
va bu ishchilar g ‘alayoniga sababchi boMadi. QirgMn qurollari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlarning tinclilik
mahsulotlarini ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish birinchidan, katta qo'shim cha mablag1 talab qiladi va ikkinchidan, tinchlik maqsadida ishlab chiqariladigan mahsulotdan keladigan foyda qirgMn qurollaridan keladigan foydaga nisbatan bir necha marta oz.


254

Shuning uchun ham kapitalizm rivojlana borishi bilan qirg'in qurollari hajmi ham orta bordi va bu qurollar mukammal qirg'in qurollariga aylandi. Ko'rinib turibdiki, qurol-yarog'larning mukamallashib borishi urushlar jarayonida qurbon boMayotganlar sonini keskin ortib ketishiga olib keldi.
Dunyoda shu sohada t'adqiqot olib borayotganlarning m a’lumot berishlaricha 17-asrda qurbon boMganlar soni 3 mln kishini tashkil qilgan bo'lsa, 18-asrda 5, 5 mln kishini, 19-asrda 16 mln ni va 20-asrda esa bu raqam 70 mln dan oshib ketdi.
Qurbonlarning ko'payishi faqatgina harbiylar orasida bo'lib qolmasdan, balki tinch fuqarolar o'rtasida qurbon boMayotganlar soni ham keskin oshib ketdi. Tadqiqotchilarning aniqlashiga ko‘ra birinchi jahon urushida 20 ta harbiyga bitta tinch aholi qurbon bo'lgan bo'lsa, ikkinchi jahon urishida bu raqam lar tenglashdi, ya’ni bitta harbiyga bitta fuqaro to'g'ri keldi.
Agar keyingi urushlarni olib ko'rsak, masalan, 1949-52-yillardagi Koreya urishida bu raqam tinch aholi hisobiga besh hissa oshdi, Vetnam urushida esa bir harbiyga 10 fuqaro halok bo'lganligi m a’lum.
Yana shuni ham ta ’kidlash joizki, 20-asrning birinchi yarmida urushlar uchun sarflangan mablag' 4 trillion dollam i tashkil qilgan va bu mablag' hisobiga yer yuzi aholisining uchdan ikki qismini talab darajasidagi uy-joy bilan ta’minlashga yetar edi.
Yuqorida keltirib o'tilgan ma’lumotlardan ko'rinib turibdiki, urushlar natijasida urushga hech qanday daxli bo'lmagan tinch

aholining qirilib ketishi yo‘l qo'yib bo'lm aydigan hodisa hisoblanadi va shuning uchun urush xavfi mavjud bo'lgan davlatlarning tashkiliy tizimlarida fuqaro mudofaasi tizimi vujudga keldi.


Hozirgi zamonda deyarli hamma davlatlar va ayniqsa, katta kuch va qudratga ega bo'lgan davlatlarning rahbarlari tinchliksevarlik shiorlari bilan chiqayotgan va bu haqda har xil jahon hamjamiyatlarida tinchliksevarlik haqida m a’ruzalar o'qilayotganligidan qat’i nazar, oxirgi o'n yillik davr mobaynida bir qancha qirg'in barotliklar ro'y berganidan xabarimiz bor. Bunga misol tariqasida O 'rta Osiyo mintaqasida ham m ani nihoyatda tashvishlantirayotgan, Afg'onistonda bo'layotgan voqealar, Pokiston va Hindiston davlatlari o'rtasidagi Kashmir viloyatini egaligi
haqidagi mojarolar, shuningdek, NATO davlatlarining Yugoslaviyaga qilgan hujumlari va Chechenistondagi bo'layotgan voqealar keltirilishi m u m k in ^


255

Keltirilgan dalillardan ko'rinib turibdiki, fuqarolar mudofaasi zarurat sifatida vujudga kelgan fan hisoblanadi. Fuqarolarni mudofaa qilish aw al mudofaa vazirligining bir boMinmasi sifatida vujudga keldi. U ning tarkibiy qismlari belgilangandan keyin uning joylardagi bo‘limlari tashkil qilindi. Bu bo‘linmalar asosan fuqarolar yashash va ishlash joylarida tashkil qilinganligi sababli deyarli noharbiy kishilardan tashkil topdi. Shuning uchun ularni o‘qitish, urush va tinchlik sharoitlrida faoliyat ko'rsatish m e’yorlari belgilandi.

Sobiq Ittifoq davrida fuqaro mudofaasi masalalariga juda katta e’tibor berilgan. Bunday e’tibor 30-yillardan boshlangan. Shu davrdan boshlab Ittifoqning Yevropa hududlarida joylashgan shaharlarida fuqaro mudofaasiga oid ishlar hamma fuqarolarning ham yashash joylarida, ham ish joylarida olib borildi. Shuningdek, yangi qurilayotgan binolarning deyarli hammasi bombapanalar bilan jihozlandi va eski binolarning yerto‘lalari va boshqa yer osti inshootlari bom bapana sifatida qaytadan tuzib chiqildi.


Bu qilingan sa’y-harakatlar ikkinchi jahon urushi boshlangandan keyin bekorga emasligi, qilingan mehnat zoe ketmaganligi sezildi. Besh yillik urush davomida bir necha minglab kishilar bom bardim on vaqtida bu bombapanalarda jon saqlaganligi ma’lum. Shuni ham aytish kerakki, bu mudofaa masalalari urush tugagandan keyin ham to'xtatilmay davom ettirilganligini ta ’kidlash zarur. U rushdan keyingi yillarda atom quroli ishlab chiqarilgani va bu qirg‘inbarot qurol ishlatilganda fuqarolar uchun hech ko'rilmagan m iqdorda ofatlar yog‘ilishi mumkinligi va shuningdek, bu qurollarni yer sharining istagan nuqtasiga yetkazish imkoniyatini beradigan raketalar kashf qilinishi tufayli endi urush yetib borishi qiyin boMgan regionlar deyarli yo‘q boMib qoldi va yerning istalgan nuqtasida yadro quroli xavfi paydo boMdi.
Shundan keyingi davrdan boshlab fuqaro mudofaasining shakli va strukturasi o ‘zgartirildi. Qurilgan bombapanalar yadro qurolining kuchi va qudratiga bardosh beradigan tartibda qayta jihozlandi. Endigi harakat faqatgina bomba parchalari va bosim kuchidangina emas, bom ba portlagandan keyin hosil boMadigan nurlanishlardan ham m uhofazalanish ehtiyojini vujudga keltirdi. Fuqarolar ish joylari va yashash joylarida yadro qurolining dahshatli fojialar keltirishi m um kinligi tushintirildi. Shuni ham ta’kidlash joizki, yadro urushi xavfi dunyo miqyosida bir necha marta kelib chiqishi mumkin boMgan holatlar mavjud boMgan boMsa ham, harqalay boshlanib ketm adi va shuning uchun bu tayyorgarliklar talab



256

darajasida bo‘lganmi-yo‘qini bu haqda bir narsa deyish qiyin. Fuqaro mudofaasi faqatgina urush sharoitida fuqarolarni
mudofaasini ta’minlab qolmasdan, odamzod hayotida urushdan kam boMmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish chora-tadbirlari bilan ham shug‘ullangan. Bu ikkinchi masala hozirgi zamon sharoitida muhim ahamiyat kashf etm oqda.
Dunyo hamjamiyatida vujudga kelgan sharoit davlatlar o ‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning birmuncha yumshashiga sabab bo‘ldi. Ittifoqning tarqab ketishi va buning natijasi oMaroq boshqa ham do‘stlik davlatlari bilan bir qatorda 0 ‘zbekiston Respublikasining o‘z mustaqilligini ta ’minlagani NATO davlatlariga boMgan awalgi qarama-qarshilikni yo‘qotdi va shuning bilan birga O'zbekiston delegatsiyasi NATO sammitlarida qatnashishi ijobiy samaralarga olib kelishi tabiiy. Shuning uchun ham 0 ‘zbekistonda fuqaro mudofaasi xizmati favqulodda vaziyatlar vazirligiga aylantirildi.

Hozirgi tinchlik zamonida, ayniqsa, mustaqil O'zbekiston o‘z yuksalish yoMidan borayotgan holatida hech qanday tinchsizlikning boMishi mumkin emas. 0 ‘zbekiston tinchliksevar oMka va u hech kimning tinchligini buzmoqchi emas. Ammo tabiat ato etgan bu oMka birmuncha favqulodda hodisalar o‘chog‘i boMib kelgan. Ayniqsa, u o‘rnashgan hudud zilzila xavfi mavjud boMgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun uning har bir fuqarosini bu oMkada boMishi mumkin boMgan har qanday favqulodda hodisalardan ogoh qilish va favqulodda hodisa ro‘y bergan taqdirda undan muhofazalanish chora-tadbirlarini belgilash va bunday holatlarda aholini iloji boricha bu hodisalardan kam talofat bilan qutilib ketish chora-tadbirlariga o ‘rgatish «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining eng muhim boMagi hisoblanadi.





Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish