Hayot faoliyati


XIII. 2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish



Download 1,67 Mb.
bet171/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

XIII. 2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish
uchun maydon tanlash
QM Q 3. 01. 02 — 00 sanitar m e’yorlari bo'yicha mashinasozlik sanoati korxonalari xavflilik darajasi bo'yicha besh sinfga bo'linadi. Bu sinflarni asosan ana shu sanoat korxonasi tom onidan atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan zararli m oddalar miqdori belgilaydi.
I sinfga cho'yan quyuvchi domna pechlarining umumiy hajmi 1500 m 3 dan ortiq bo'lgan va rangli metallarni bir yilda 3000 tonnadan ortiq miqdoriga ishlov beradigan yoki m arten va konventor pechlari yordamida bir yilda 1000 000 tonnadan ortiq po'lat eritish quwatiga ega bo'lgan sanoat korxonalari kiradi.


  1. sinfga xuddi shunday sanoat korxonasi, am m o kamroq quw atga ega bo'lgan, ya’ni po'lat eritish yiliga 1000 000 tonnagacha, umumiy domna pechlarining hajmi 500 dan 1500 m 3 gacha bo'lgan, shuningdek, rangli metallarga ishlov berish quw ati 1000 dan 3000 tonnagacha bo'lgan yoki 20 000 tonnagacha miqdorda cho'yan quymalari ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari kiradi.

III sinfga cho'yan erituvchi domna pechlarining um um iy hajmi 500 m3 gacha bo'lgan 10 000 tonnadan 20 000 tonnagacha cho'yan quymalari ishlab chiqarish quwatiga ega bo'lgan, shuningdek, 1000 tonnagacha rangli metallarga ishlov berish




243

imkoniyatiga ega boMgan yoki simob ishlatish yo‘li bilan har xil asboblar ishlab chiqaradigan (simobli elektr tokini to‘g‘rilagichlar, lampalar va h.k.) sanoat korxonalari kiradi.


IV sinfga uncha katta boMmagan quyuv va metallarga qizdirib ishlov beradigan sexlarga ega boMgan, shuningdek, metall elektrodlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat korxonalari kiradi.
V sinfga quyuv sexlariga ega boMmagan, ammo qizdirilgan va
cho‘gMantirilgan holatdagi metallarga ishlov berishga
moslashtirilgan, shuningdek, metallarga sovuq holda ishlov beriladigan sanoat korxonalari kiradi.

Sanoat korxonalarini aholi yashash punktlarida maxsus belgilangan maydonga joylashtiriladi. Bunda sanoat korxonasi joylashgan maydon aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo'nalishiga qarama-qarshi tomonda boMishiga e’tibor beriladi. Agar iloji boMsa, sanoat korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birm uncha olisroqda joylashtirilgani m a’qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh yo‘nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga nisbatan shamol yo'nalishida boMishi maqsadga muvofiqdir.


Sanoat korxonasi bilan aholi yashaydigan punkt oraligMdagi masofa sanitar-muhofaza oralig'i deb ataladi. Bu sanitar-muhofaza oralig‘i sanoat korxonalari sinflariga qarab belgilanadi: 50, 100, 300, 500, 1000 m. Sanitar-m uhofaza oralig'i ko‘kalamzor-lashtirilgan va sogMomlashtirish chora-tadbirlari belgilangan boMishi kerak. Sanitar-m uhofaza oralig'iga doimiy yashash joylari, dam olish joylari tashkil qilish, shuningdek, issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yoM qo‘yilmaydi. Bu oraliqlarga yongMnga qarshi depo, avtotransport turish joylarini qurishga ruxsat etiladi. Amnio bu qurilishlar oraliq ko‘kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart.

Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish va sanitar-m uhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari uning maydonini tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomgMr, qor suvlarini to'xtam ay oqib ketish yo'llari, korxonada ishlatib ifloslangan suvlarni yig'ish va tozalashni yoMga qo‘yish, yer osti suvlarini darajasini belgilash, toshqin va boshqa holatlarda sanoat korxonasini suv bosib ketmasligini ta’minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat korxonasi binolarini iloji boricha ko‘proq yoritishini ta’minlovchi vositalar ham da sanoat korxonalari xonalarini iloji boricha yaxshiroq tabiiy sham ollatish vositalari bilan ta ’minlashga e’tibor berilishi kerak.





244

X III. 3. Sanoat korxonasi hududi
Sanoat korxonasi hududi faqatgina ishlab chiqarish talablariga javob berib qolmasdan, balki sanitar-gigiena me’yorlariga ham javob berishi kerak. U tekis, yaxshi yoritilgan, yetarli m iqdordagi o ‘tish yo‘llari va yo‘laklari bilan ta ’minlangan boMishi shart. H ar xil chuqurlar, texnik maqsadlarda qoldirilgan xandaqlar, hovuzlar mustahkam qopqoqlar bilan ta’m inlanishi va muhofaza vositalari bilan o ‘rab qo'yilishi shart. Agar m uhofaza qopqoqlari bilan berkitish imkoniyati bo‘lmasa, uni odam o‘taolmaydigan to ‘siq bilan to ‘sib qo'yiladi.
Transport vositalari harakatlanadigan yoMlar va odam lar o‘tish yoMlari, albatta to‘g‘ri transport vositalari va odam larning bemalol o'tishini ta’minlashi, qaram a-qarshi tomonga yo'nalish mumkinligini hisobga olishi, odam larning o‘tish soniga qarab yetarlicha keng boMishi, transport vositalarining serqatnovligi belgilanishi, ularda olib o‘tilayotgan yuklaming erkin o ‘tishi ta’minlanadi.
Yo‘llar asosan mustahkam qatlam bilan qoplangan boMishi kerak. Odam lar o'tadigan yo‘llar to ‘xtovsiz harakatlanadigan temir yo‘llar bilan to'qnash kelsa, unda tem ir yo‘l ustiga maxsus ko‘priklar qurish, yoki yer osti yoMlari tashkil qilish tavsiya etiladi.
Sanoat korxonasi hududida joylashtiriladigan binolar ishlab chiqariladigan mahsulot bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. K atta hajmdagi mahsulot ishlab chiqariladigan sanoat korxonalari binosida oxirgi olinadigan mahsulot iloji boricha jo'natish oson boMgan yerga moslanadi.
Agar sanoat korxonasida katta miqdoda chang, zaharli moddalar chiqadigan uchastkalar bo‘Isa, ularni iloji boricha chetroqqa joylashtirishga va ular, albatta, shamol yo‘nalishida joylashtiriladi.
Ba’zi bir shovqinli sexlarni ham iloji boricha boshqa sanoat binolaridan olisroqqa joylashtiriladi. Hosil boMgan oraliqlarga har xil daraxtlar va gullar ekib obodonlashtirish, ishchilar tanafifus vaqtlarida dam oladigan, hordiq chiqaradigan joylar tashkil qilish mumkin.
Sanoat korxonasi hududida joylashgan har qanday sanoat binolari va yordamchi binolar, albatta kanalizatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Kanalizatsiya bilan to ’plangan va ifloslangan sanoat chiqindi suvlarini mavjud suv havzalariga tashlab yuborish mutlaqo taqiqlanadi. Bunday chiqindi suvlar, albatta maxsus


245

hovuzlarda yig‘ilishi, mavjud texnik va biologik vositalar bilan tozalanishi hamda texnik zaruratlar uchun ishlatili-shini hisobga olib, sanoat korxonasiga qaytarilishi kerak.


Sanoat korxonasini suv bilan ta’minlaganda va tozalangan kanalizatsiya suvlarini ishlatishda, suv sifatini belgilovchi GOST larga amal qilinadi. Agar tozalangan kanalizatsiya suvlari ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladigan bo'lsa, ularning sifati sanitariya m e’yor va qoidalariga to ‘liq javob berishi kerak.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish