269
l
hamda eng kerakli asbob-anjomlarni suv bosishi mumkin bo'lgan joydan xavfsiz joyga ko'chirish chora-tadbirlari ko'riladi.
Awalo suv toshqinlari bo'lishi ehtimoli bo'lgan joylarga xo'jalik binolari va har xil sanoat inshootlari, odamlar yig'ilishi kerak bo'lgan binolar qurilmaydi. Ba’zi bir majburan qurilgan binolar ham xavfni qaytarish imkoniyatini beradigan yoki xavfning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rilgandan keyin qurilishi mumkin.
Suv toshqinlari vaqtida qutqaruvchilarning asosiy vazifasi suv toshqini vaqtida u yerdan chiqib ketishga ulgurmagan odamlarni qutqarib m oddiy boyliklarning iloji boricha kam zararlanishini ta ’minlash, agar vaqtincha dambalar qurish yo'li bilan ba’zi bir xalq xo'jaligi obyektlarini va moddiy boyliklarni saqlab qolish imkoniyati bo'lsa, unda bu ishni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishga solishdir. U ndan keyingi ishlar bizdagi suv omborlarida saqlanayotgan suv cheksiz bo'lmaganligi sababli u tez orada kamaya boshlaydi. Bunda zararlangan binolarni butunlay buzilib vayron bo'lib ketmasligini ta’minlashga qaratilgan injener-texnik ishlarni amalga oshirishga to'g'ri keladi. Bu ishlar qatoriga buzilmagan binolarning turg'unligini ta ’minlashga qaratilgan ishlar, podval va pastki qavatlarda yig'ilib qolgan suvlarni nasoslar va boshqa yordam chi vositalar yordamida chiqarib yuborish va shu joylarda bo'lgan ba’zi bir moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga ko'chirish va ko'chirilgan aholini vaqtincha yashash joylari bilan ta ’minlash kiradi. Toshqin bo'lgan hudud kommunikatsiyalarini tiklash ishlarini bajarish ham favqulodda hodisalar qutqaruvchilari zimmasiga tushadi.
D unyoning boshqa hududlarida, masalan, Rossiyada suv toshqinlari deyarli har yili bahorda bo'ladigan odatiy hoi hisoblanadi. Sibir daryolarining deyarli hanimasi Shimoliy muz okeaniga quyiladi. Bu daryolarning boshlanish joylari asosan janubiy tog'li rayonlarga to'g'ri keladi. Bu hududlarda yog'ingarchilik ko'p bo'ladi, erigan qorlar aw al jatiubdan boshlanib, undan keyin shimolga yo'naladi va bu vaqtda daryo o'zanlari boshdan oxirigacha muzlaganligi sababli bu suvlar muz ustidan harakatlana boshlaydi va shimoliy rayonlar hali isib ulgurmaganligi sababli bu suvlar muzlaydi va daryo o'zanini yanada yuzalanishiga sabab bo'ladi. M a’lum darajada yig'ilgan suvlar yana o 'zan bo'ylab yo'naladi va muzlaydi. Shunday qilib, daryo o'zani to 'liq muz bilan qoplanadi. Agar havoning isishi bir maromda borganda edi, unda m a’lum suv bosishi kerak bo'lgan
270
tekisliklarni suv bosib keyin asta-sekin yo'nalish b o ‘ylab ketgan bo‘lar edi. Bu davrda daryoning boshlanish qism ida havo isib ketsa, u yerdagi muzlar juda tez eriy boshlaydi va bu katta miqdordagi suvni muzlab yotgan daryo o‘zanidan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lm ay qoladi. Natijada suv butun hududni bosib ketishi mumkin va bunda hali toshdek qotib yotgan muzlarni sun’iy ravishda eritish chora-tadbirlari yoki ularni kuchli portlashlar uyushtirish yo'li bilan qo'porib suv yo'lini ochishga to ‘g‘ri keladi.
Bunga 2001-yilgi voqealarni misol tariqasida keltirish mumkin. Rossiya televideniyasining axborotiga qaraganda bu yilgi toshqinlar Irkutsk oblastiga 9 mid rubl m iqdorda zarar keltirgan, Yoqutistonga yetkazilgan zarar bundan bir necha marta katta ekanligi ta’kidlanmoqda. Yoqutistondagi ba’zi qishloqlar butunlay vayron bo'lganligi sababli ularni boshqa joyga ko'chirish ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |