reproduktiv usul
shaxsiy xavfsizlik madaniyatini o‗zlashtirish jarayonida
tarbiyalanuvchilarning faoliyatini qayta tiklanishini taqdim etishiga asoslangan.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning faoliyatini xavfsiz axloq haqida olgan
bilimlarini tiklash va tanish xolatlarda xavfsizlik haqidagi bilim va
ko‗nikmalarini shakllantirish orqali amalga oshiradi. Bu usulni tatbiq etish
shakli bo‗lib, reproduktiv suxbat, mashqlar, bilim olish orqali tanish xolatlarda
xavfsiz hayot faoliyatini ma‘lum bilim va ko‗nikmalari shakllanishi
hisoblanadi;
-
qisman izlash usuli
insonni xavfsizlik darajasiga ta‘sir etuvchi, amaliy,
kommunikativ, badiiy va boshqa bilishga xizmat qiladigan muammolarni
birgalikda yechishni ko‗zda tutadi. Masalan, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan
birga muxokamada shaxslararo munosabatlarning inson xavfsizligi darajasiga
ta‘siriing muammosini tashxiz qiladi. Tarbiyalanuvchilar nafaqat tarbiyachi
tomonidan taklif etilgan xavfsiz va samarali munosabat namunalarini
takrorlaydilar, balki ularning ko‗rinishini o‗zgartirib, bir necha yo‗llardan
murakkabini tanlaydilar.
-
tarbiyaning ijodiy usuli
inson xavfsizligini ta‘minlashning turli
muammolarini tarbiyalanuvchilarning o‗zi mustaqil hal qilishini tashkil qilishiga
asoslangan.
Muzokaralar,
aqliy
hujumlar,
kasbiy
o‗yinlar
chog‗ida
tarbiyalanuvchilar ijodiy harakat qilib, mustaqil ravishda odatiy bo‗lmagan
xavfli vaziyatlardan chiqish yo‗llarini topadilar. Insonning tashqi jilosi va savlati
80
orqasidan ular muttahamning asl basharasini, ko‗rkam ko‗rinish bahonasida
honaga kirmoqchi bo‗lgan o‗g‗rining makkorona urinishlarini payqashini ko‗ra
olishi, chet elda ishlab chiqilgan xavfsizlik vositalaridan respublikamizda
foydalanish mumkinligini muxokama qilishlari kerak. Ijodiy usuldan
foydalanilganda tarbiyachi tomonida tashkiliy funksiya turadi, ya‘ni shaxsan u
maqsadlarni qo‗yadi, tarbiyalanuvchilarning ishlarini to‗g‗rilaydi, xulosalarni
chiqaradi;
-
evristik usul
shaxsiy xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va
o‗zlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarning maksimal yuqori darajadagi
mustaqilligini va ijodini ta‘minlaydi. Tarbiya asta-sekin o‗zini tarbiyalash
jarayoniga o‗tadi, bunda faoliyatning asosiy bosqichlarini tarbiyalanuvchi
mustaqil amalga oshiradi: maqsadni qo‗yadi, vositani tanlaydi, o‗z faoliyatini
tashkil etadi, o‗zini nazorat qiladi. Inson xavfsizligining boshlang‗ich yoki
so‗nggi bosqichlarida amaliy yoki nazariy muammolarni ijodiy hal qilishda
tarbiyachiga tarbiyalanuvchi ko‗pincha maslahatchi sifatida murojaat qiladi.
Masalan, ma‘lum shahar sharoitida insonning ekologik xavfsizligi haqida ilmiy
maqolaga tayyorlanish chog‗ida yuqori sinf o‗quvchisi shaharning turli
qismlarida, haftaning turli kunlarida, turli ob-havo sharoitlarida, yilning turli
fasllarida ovqatlanishni ratsionalizatsiyalash, dam olishni tashkil etish
shakllari, sport bilan shug‗ullanish, dam olishni tashkillashtirish va b. haqida
xulosalarni o‗z chiqaradi.
O‗quvchining xulosa va takliflari nafaqat o‗zi uchun, balki boshqalar
uchun ham obektiv yangi, original bo‗lib, shahar aholisida, o‗zida atrof-muhit
ifloslanishi, shovqin, ichimlik suvining ifloslanishi, sifatsiz oziq-ovqat
mahsulotlaridan xavfsizlantirishga qiziqish uyg‗otishi kerak. Xavfsiz turdagi
shaxs sifatlarini shakllantirishni o‗quv-tarbiyaviy jarayonida ―Hayot faoliyati
xavfsizligi asoslari‖ umumta‘lim kursi alohida ahamiyat kasb etadi.
HFX asoslarining bilim berish ko‗lami bo‗yicha bosh maqsadi o‗ziga,
jamiyatga, tabiatga zarar keltirmaydigan xavfsiz turdagi ruhan va jismonan
rivojlangan, hususan o‗zini rivojlanishiga, saqlashiga, kamolotga yetishiga
81
insonni undovchi jamoa-kollektiv sabablari bo‗lgan o‗zaro yordam an‘analarida
faoliyatini olib borishi va o‗rab turgan odamlarning kuchsizligi va
qiyinchiliklaridan g‗arazgo‗ylik bilan foydalanishi, o‗zini va o‗zgalarni
muxofazalashda bilim va
ko‗nikmalarga ega ma‘lumotlari bo‗lishi, havfli vaziyatlarni avvaldan ko‗ra
olishi va ulardan juda kam yo‗qotishlar bilan chiquvchi shaxsni shakllantirish
hisoblanadi.
9
HFX asoslarini bilim berish ko‗lamining tarbiyaviy yo‗naltirilganligi o‗ziga
yarasha fanni zaruriy ma‘lumotlar bilan to‗ldirish bilan birga, boshqa fanlarni
maqsadga yo‗naltirgan, ularning xavfsizlik muammolari va hal qilish usullari
bilan meyoriy to‗liq va so‗zsiz ijro etishni talab qiladi. Bu quyidagi yo‗nalishlar
bo‗yicha amalga oshishi mumkin (32-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |