Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/86
Sana29.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#904863
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

 
 
 


84 
IV.4. Xavfsiz hayot faoliyatini dalillashtirish 
Dalillashltirish deb
, shaxsning faolligini va faoliyatining yo‗nalganligini 
rag‗batlantirishini 
chaqirish 
faktorlarining 
jamlanmasi 
tushuniladi.
Dalillashltirish
 
o‗ziga ehtiyoj, asosli dalil va xolatiy faktorlarni qamrab oladi.
Ehtiyoj
asosli dalillarni rivojlantirishga ta‘sir qiluvchi asosiy faktordir, u 
shaxsning normal hayot va faoliyat ko‗rsatish talablaridan qoniqmaslik xolati 
bo‗lib, ushbu qoniqmaslikni bartaraf etishga yo‗nalgan bo‗ladi. Inson uchun 
normal hayot faoliyatini ko‗rsatishi nafaqat hayot uchun zaruriy faktorlar (ovqat, 
suv, uyqu, sog‗lom hayot faoliyati muhiti)dan, balki ijtimoiy, ruhiy (muloqotga, 
yaratuvchanlikka, ijod qilishga zarurat) faktorlardan ham iboratdir.
Inson barcha ehtiyojlarini zaruratlarga ko‗ra tartibga soladi va 
quyidagicha joylashtiradi:
- fiziologik ehtiyojlar - ochlik, chanqoqlik; 
- xavfsizlik va muxofazalanish ehtiyojlari;
- mansublik va sevishga ehtiyojlari; 
- o‗z-o‗zini hurmat qilish ehtiyojlari - ahamiyati, kompetentligi; 
- o‗zini kerakliligi yoki o‗zini shaxsiy kamolotga yetkazish ehtiyojlari-
potensialini amalga oshirish 
- uzoq umr ko‗rish va stabillik.
Inson o‗rtacha o‗z ehtiyojlarini taxminan quyidagi darajada qoniqtiradi:
85% – fiziologik, 70% – xavfsizlik va muxofaza, 50% – sevgi va 
mansublik, 
40% – o‗zini hurmat qilish, 10% – o‗zini kerakligi. Shuni qayd etish 
kerakki, inson o‗z ehtiyojlari pog‗onasida qanchalik yuqori ko‗tarilmasin, agar 
past darajadagi ehtiyojlaridan qoniqish to‗xtab qolsa, unda inson bu darajaga 
qaytib, to kerakli darajagacha yetmaguncha, ketmaydi. Bu ehtiyojlar 
fiziologiklardan keyin bo‗lib, barcha tirik mavjudotlarga xosdir.
Dalillashtirish o‗z navbatida, maqsadlar sifatida amalga oshadi. Bir 
maqsadni bir necha xil asosli dalillar aniqlaydi. Masalan, hayot foliyati 
xavfsizligi borasidagi jamoat faolligi o‗zini sotsiumida, davlatni xoxlashi va 


85 
boshqa asosli dalillar bilan tasdiqlashga intilish bilan pisanda qilinishi mumkin,
Xolatiy faktorlar sifatida topshiriqning murakkabligi, rahbariyatning 
talablari, atrofdagi odamlarning ko‗rsatmalari va x.k. ko‗rib chiqiladi. Bularning 
barchasi ham ma‘lum vaqt oralig‗ida insonlarning asosli daliliga ta‘sir qiladi.
Xolatiy faktorlar serharakatchan yengil o‗zgaradi, shuning uchun ularga ta‘sir 
qilish asosli dalillarning faolligi bilan birgalikda ham bo‗lishi mumkin.
Dalillashtirishni xarakteri bo‗yicha ichki va tashqiga ajratish qabul 
qilingan. Tashqi dalillashtirish intizomli ta‘sirlar (rag‗batlantirish va jazolash)
orqali amalga oshadi. Umumiy va kasbiy ta‘lim muassasalarida tashqi 
dalillashtirish sifatida yaxshi va yomon baholar hisoblanadi. Tashqi 
dalillashtirishni shakllantirish kam mablag‗larni talab qiladi, lekin ijobiy 
o‗zgarishlar odatda qisqa vaqtda, va‘da qilinganni olishgacha davom etadi.
Ichki obektning o‗zida, jarayonda, hayotiy zaruratlarni tushunishi va to‗g‗ri 
harakatlarni foydali amalga oshirishi hamda turg‗un davom etuvchi xarakteriga 
ega.
Mehnat faoliyatini bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirish mehnatni 
mazmuniga qiziqishi, yani unda mehnat jarayoni o‗zini qanday jalb qilishidir.
Rivojlangan mehnat faoliyatini bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirishda 
mutaxassis ishlab chiqarishdagi muammolar yechimini faol va qiziqib qidiradi, 
asosan o‗z diqqatini uzoq vaqt zo‗riqmay ishga qaratadi.
Havfsizlik aspektida bilish uchun xizmat qiladigan dalillashtirish inson 
ishlab chiqarish havfsizligi muammolarining tub mohiyatini iloji boricha 
bilishga qiziqishi orqali namoyon bo‗ladi. Inson uskunalarni, texnologiyalarni, 
mehnatni tashkil etishda mustahkamligini va sifatini ta‘minlash savollarning asl 
ma‘nosini sinchkovlik bilan idrok qilishi va laxza xavfsizligini baholashda 
tanqidona ―savollarga boy‖ yo‗l tutadi. Nizolardan qochishni dalillashtirish 
nizolarsiz hatti-harakatlarga intilishda aniqlanadi va ichki shaxsiy darajada 
(vijdoni bilan yakdillikni saqlashda, o‗zining shaxsiy ahloqiy qadriyatlari 
tizimida), ijtimoiy darajada (jazodan, sanksiyalardan qochish) va shaxslararo 
darajada (birga ishlovchilar, boshliqlar bilan tinch xizmat qilishga intilishda) 


86 
namoyon bo‗ladi. Ko‗rilayotgan muammoga nisbatan yuqori darajada da‘vo 
qilish- havfsizlikni ta‘minlash borasida kamchiliklarsiz xolatga erishishni 
xoxlashdir.
Obro‗-e‘tibor asosli dalilni muhim tashkil etuvchisi bo‗lib, bajarayotgan 
ishining alohida hurmatga sazovorligini his etishdir. Bu xolat shaxsni yanada 
nufuzini oshiradi, g‗arazlikni ham keltirib chiqaradi. Ushbu dalillashtirish o‗zini 
hurmat qilishga, insonlar ko‗z o‗ngida obro‗li kasbga ega bo‗lishi orqali
ijtimoiy mavqe‘ni mustahkamlashga intilish shaklida ifodalanadi. Uni 
rivojlantirish uchun shunday jamoat fikri va sog‗lom asabiy muhitni 
shakllantirish kerakki, unda hayot faoliyati havfsizligi borasida yuqori 
madaniyat xizmatchisi bo‗lish nufuzli bo‗lsin.
Yuqoridagi dalillashtirish turlarini ko‗rib chiqqanimizdan so‗ng, uni 
shakllantirishning quyidagi darajalarini o‗rnatish mumkin:
Boshlang‗ich, meyoran majburiy daraja ota-ona va o‗qituvchilarning 
ko‗rsatmalari, qoidalar, qonunlar, huquqiy meyorlarning talablari orqali 
aniqlanadi. Hozirgi vaqtda ushbu daraja hayot faoliyati havfsizligi madaniyatini 
shakllantirish jarayonida ustun turadi va oilaviy tarbiya, hayot faoliyati 
havfsizligi borasida o‗qitish orqali amalga oshadi.
Ikkinchi, ixtiyoriy darajada, tashqi ijtimoiy dalillar (masalan, chekishga, 
spirtli ichimliklar ichishga munosabati), o‗zini yaxshi ko‗rishi, shaxsiy 
kamolotga yetishining xususiy dalillari (masalan, talabalik jamoasida sport bilan 
shug‗ullanish) ishga tushadi. Bunday sharoitlarda dalillashtirishni saqlash va 
rivojlantirish uchun ―muvaffaqiyat qozonmaslik-tirishqoqlikni yetishmasligi‖ 
sxemasi eng yaxshi hisoblanadi. Bundan asosiy dalillar ijtimoiy reklamani 
tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, sinfda va sinfdan tashqari ishlarni 
bajarish jarayonlarida hamda kattalarning turli jamoat harakatlarida ishtirok 
etishlarida (ekologik, sog‗lom turmush tarzini tashviqot qilish va b) foydalanish 
mumkin. Bundan tashqari, bu darajada asosiy dalillarning muhim usullaridan 
biri -moddiy rag‗batlantirishdir.
Uchinchi daraja shaxsni hayot faoliyati havfsizligi sohasida o‗zining ijodiy 


87 
imkoniyatlarini samarali rivojlantirish va foydalanish zaruratini aks ettiradi. 
Uning asosi sifatida inson hayoti uchun muhim sohada o‗zini namoyon etishning 
yuqori talablari olg‗a surilib, bosh birlamchilik huquqi va ichki talabchanligi 
sifatida qabul qilinadi, ular asosiy dalillar darajasida muvaffaqiyat qozonishda
sezilarli rol o‗ynaydi. Bu xolat shaxs o‗zini barcha mahorati va xususiyatlarini 
namoyon etishi mumkin bo‗lgan joyda o‗z vazifasini havfsizlik darajasida 
yuqori sifat bilan bajarishida aks etadi. ushbu darajada hayot faoliyati 
havfsizligi borasida o‗zini tarbiyalash va ilm olish hamda ahloqiy 
rag‗batlantirish alohida rol o‗ynaydi.
Tarbiya va ilm olish, ijtimoiy reklamani amalga oshirish, ommaviy 
kommunikatsiya vositalari orqali ta‘sirni rejalashtirish jarayonida hayot 
faoliyati havfsizligining dalillashtirishini shakllantirishning asosiy prinsiplari 
quyidagichadir:
- hayot faoliyati havfsizligi bo‗yicha talablarning (huquqiy, ijtimoiy, 
texnikaviy va b) va imkoniyatlarining muvozanatini ta‘minlash. Izlanishlar 
ko‗rsatishicha, agar shu ikki faoliyat parametrlari shaxs tomonidan idrok 
etishda bir-biriga mos kelsa, faoliyatda ichki dalillashtirishni vujudga kelishi 
uchun zaruriy sharoitlar yaratiladi;
- xavfsiz turdagi shaxs sifatlarini, hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash 
bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarni, mutaxassislarning kasbiy sifatlari hozirgi paytda 
hayotiy muhim ma‘no bo‗luvchi faktorlar shaklida taqdim etish. Ularning 
mavjudligi yoki yo‗qligi orqali nafaqat mansabi, moddiy ta‘minoti, ijtimoiy 
zarurligining darajasini o‗sishi, balki eng avvalo insonning va unga yaqin 
odamlarning sog‗lig‗i va hayoti bog‘liq bo‗ladi;
-hayot faoliyati havfsizligini ta‘minlash borasidagi sinchkovlik bilan 
qiziqishi ijtimoiy va shaxsiy rag‗batlanish, yangiliklarga qiziquvchanlik, 
hissiyotli, hayot faoliyati havfsizligi borasidagi zaruriy axborotlarni shaxsan 
izlashni tashkil etish va muammoli uzatish hisobiga rivojlanadi;
- HFXMni shakllantirish chog‘ida har bir inson, alohida ijtimoiy guruh, 
sinflarning qiziqishlari, qobiliyatlari, ishtiyoqlari, qadriy yo‗nalishlari maksimal 


88 
qayd etiladi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish