IV- bob bo„yicha xulosalar.
1.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning uslubiy
asoslarni ishlab chiqishda madaniyat shakllantirish obektlari qanday sifat va
xossalarga ega bo„lishi hamda individual, korporativ va jamiyat darajasida bu
sifat va xossalarga ta‟sir etish usullari va vositalarini aniqlash zarur.
Bunday sifat va xossalarga quyidagilar kiradi:
individual darajada:
– hayot faoliyati xavfsizligi sohasida yuksak maqsad va qadriyatlar;
– hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlashga ta‟sir qiluvchi shaxsning sifati;
– hayot faoliyatining barcha jabhalarida xavfsizlikni ta‟minlashning bilim
va ko„nikmalari;
– hayot faoliyati xavfsizligini sabablari.
korporativ darajada:
– hayot faoliyati xavfsizligi soxasida korxona, tashkilot va ishlab
chiqarishdagi qadriyatlar iyerarxiyasi;
– korxonada uning rivojlanishini ma‟lum bosqichida ustunlik qiluvchi
parametrlar
(personalning
tayyorlanganligi,
harakatlarning
reglamentatsiyalash darajasi va ishchi, xizmatchilarning shaxsiy javobgarligi,
mehnat muxofazasining xolati, mehnat intizomiga rioya qilish nazoratini xolati,
xodimlar faoliyatini moddiy va ma‟naviy tavsifini rag„batantirish, faoliyatni
litsenziyalash va deklaratsiyalash jarayonini xolati;
- jamiyat davlat darajasida:
– hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik
huquqlarini;
– umummilliy g„oya, g„oyaviy ko„maklashishi (umummilliy g„oya);
– hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi davlat siyosatining tavsifi;
126
– hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi meyoriy huquqiy bazaning xolati;
– hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi ilmiy-texnikaviy faoliyatning xolati;
–hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi ijtimoiy targ„ibot tizimining
parametrlari;
– hayot faoliyati xavfsizligi soxasidagi madaniyatning rivojlanishini xolati;
– hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash savollari bo„yicha diniy
institutlarni dunyoviylari bilan munosabatlarini tavsifi;
– ommaviy kommunikatsiya vositalari, ijtimoiy sug„urtalash tizimlarini
parametrlari va boshqalar.
2.
xavfsiz turdagi
shaxs, korporatsiya va jamiyat sifatini rivojlanishini
aniqlovchisi bo„lib yuksak ruhiy, ahloqiy sifatlari, kasbiy va jamiyat etikasi
hisoblanadi.
3.
HFXM shakllantirishni individual, korporativ va jamiyat davlat
darajasida obektning sifatiga va xossalariga ta‟sir qiluvchi asosiy usul va
vositalari oilaviy tarbiya, maktabgacha tarbiya, umumiy, kasbiy va qo„shimcha
ta‟lim muassasalaridagi ruhiy ahloqiy tarbiya, estetik rivojlanish, ta‟lim
muassasalari va uyda mehnat tarbiyasi, mustaqil ta‟lim va tarbiya, sinfdan
tashqari va o„quv yurtidan tashqari ishlar (turli to„garaklar, harakatlar,
musobaqalarda ishtirok etish), targ„ibot, ommaviy kommunikatsiya vositalari,
madaniyat muassasalari (muzeylar, teatrlar, kino va konsert zallari va b),
aholini yagona FV va FM tizimida tayyorlash, ahloqiy ruhiy tayyorgarlik,
ijtimoiy reklamaning usul va vositalari, moddiy va ma‟naviy rag„batlanish
tizimi, g„oyaviy qo„llab-quvvatlashni amalga oshirish, hayot faoliyati xavfsizligi
soxasida davlat siyosatini yurgizish, meyoriy huquqiy bazani rivojlantirish,
hayot faoliyati xavfsizligi ta‟minlash soxasida ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga
oshirish, diniy ongni rivojlantirish va boshqalar hisoblanadi.
4.
Ke
ltirilgan usul va vositalar HFXM shakllantirish obektlarining
xossalariga va sifatiga kompleks ta‟sir ko„rsatishi kerak. HFXM shakllantirishni
individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida maqsad, vaqt va faoliyat
joyi bo„yicha o„zaro bog„langan yagona g„oyaviy, meyoriy, ilmiy-uslubiy
127
pozitsiyalarda, dasturiy maqsadli usullarni qo„llab, amalga oshirishni shartlab
qo„yadi.
5.Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish nuqtai nazaridan
ta‟lim faoliyati yanada samarali hisoblanadi. Buning sabablari bo„lib,
insonlarga ta‟sir etishning maqsadga intiluvchanligi, ma‟lum vaqt davom etishi,
adresliligi, kompleksligi, jarayonni o„zgartirish sifatini nazoratini faol
mexanizmini mavjudligi hamda madaniy qadriyatlarni qayta ishlab chiqarish
imkoni bo„lishi, ularni ongli ravishda saralash, uzatish va zabt etish
hisoblanadi. Bunda o„quv tarbiyaviy maqsadlarning samaradorligiga erishishni
e‟tiborga olib, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida ta‟limning yadrosi “Hayot
faoliyati xavfsizligi” kursi hisoblanishi kerak.
6.
Hozirgi paytda ta‟lim bilan birga umumiy madaniyatni va hayot
faoliyati xavfsizligi
madaniyatini shakllantirishda zamonaviy kommunikatsiya
vositalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular har kuni aholiga kuchli ta‟sir
ko„rsatish orqali yuksak qadriyatlarni va maqsadlarni, atrofdagi borliqqa,
bilim, hissiyotlarga va b. munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
7.Ushbu bob HFXM obektlarining individual, korporativ va jamiyat
davlat darajasida shakllantirishni asosiy sifat va xossalari asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |