Hayot faoliyati xavfsizligining madaniyatini shakllantirish asoslari



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana29.01.2023
Hajmi2,3 Mb.
#904863
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish asoslari

Rasm 26. Irodaviy zo„riqish individning qarashlari 
Hissiyot va sezgi shaxsning his-tuyg‗ularini tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Hissiyot deb, insonni hayot faoliyatida ahamiyatli vaziyatlariga tegishli
hossalar bilan bog‗liq bo‗lgan alohida asabiy xolatlar tushuniladi. Ular 
talablarni ifodalashning shaxsiy shakli bo‗lib, faoliyatini rag‗batlantiradi va 
yo‗naltiradi. Hissiyotlar bevosita huzur-hulovat, xursandchilik, qanoatlanganlik, 
norozilik, qo‗rquv, g‗azab va h.k. larni boshdan kechirish orqali ifodalanadi. 
Insonning xavfsiz axloqi nuqtai nazaridan hissiyotlarda muhim ahamiyatga ega 
bir qator funksiyalar mavjud. Masalan, ogohlannirish funksiyasi o‗zining 


70 
asabiy xolati bo‗yicha axborotlarni suxbatdoshiga uzatishda, mavjud 
vaziyatlarga munosabatida, amal qilishga tayyorlik shaklida ifodalanadi. Ushbu 
funksiya havfli holatlarlarda vahima yuz berishini oldi olishga, qutqaruv 
ishlarni amalga oshrish harakatlarining dadilligini oshiga ko‗maklashadi. 
Hissiyotni tartibga soluvchi funksiya bo‗lib individ faolligini rag‗batlantirish 
hisoblanadi. 
Nomaqbul hissiyotlar ishga layoqatini pasaytiradi, insonning diqqatini 
kamaytiradi, maqbullari – mehnat samaradorligini oshiradi. Buni potensial 
xavfli obektlarda qachonki ishchining ruhiy xolati avariyaviy vaziyatlarni 
rivojlanishiga yoki oldini olishga imkon berishi mumkin bo‗lganda personal 
ishini tashkil etish vaqtida qayd etish zarur.
Rasm 27. Hayot faoliyati xavfsizligi borasidagi iroda jarayonining bosqichlari 
Yaqinlashib kelayotgan xavfni sezish himoyaviy mobillashgan his-tuyg‗u 
funksiyasi bilan bog‗liq. U individga nafaqat o‗z vaqtida xavfli xolatga 
muxofaza vositalari va usullarini tanlash borasida analitik fikrlash, balki 
organizmdagi asabiy fiziologik o‗zgarishlar (qonga adrenalinni tashlanishi, 
muskullarning qisqarishi va b.) darajasida tayyorlanishga yordam beradi.
Tuyg‘ularni baholash funksiyasi mavjud xolatni subektiv baholash, uning 
orqasida u yoki bu darajaning foydali yoki nomaqbulligini tan olish, ularni 
individning dolzarb talablariga mos kelishini baholash bilan shakllantirish 
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha choralarni amalga oshirish 
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash zaruratini paydo bо„lishi
Maqsadni his etish 
Maqsadga erishish sabablarini shakllantirish, ularning kurashi
Hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash bо„yicha choralarni amalga oshirish 
qarorlarini qabul qilish


71 
mumkin. Bu funksiyaning ahamiyati, inson turli hayotiy xolatlarda xavfsiz xatti-
harakat variantlarini tanlashdan iborat. 
Hissiyotning turi bo‗lgan qo‗rquv hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda 
sezilarli ahamiyatga ega. madaniyat bilan bog‗liq. Madaniy tavakkal 
muammosini o‗rganuvchi antropolog olimlar shunga amin bo‗lishdiki, xavflar 
va tavakkalni baholashda madaniyat, madaniy meyorlar va qadriyatlar ommaviy 
madaniyat elementi bo‗lgan qo‗rquvlarni shakllantirishning aniqlovchisi 
hisoblanadi.
O‗ziga xos misol bo‗lib, oxirgi paytda jamiyat jamiyatda zararli odatlardan 
biri bo‗lgan chekishdan qo‗rquv kuchaygani va saraton kasalligiga duchor 
bo‗lish tavakkalining faktori ortgani hisoblanadi. Bu muammoga diqqat bilan 
e‘tibor berish yillar mobaynida ―madaniy mavzuga‖ aylandi, birqancha radio, 
televideniyedagi ko‗rsatuvlar, monografiyalar, ilmiy izlanishlar, jurnal va 
gazetadagi maqolalar majmuasi bilan qoplandi. Bu muammoga ommaviy
muhokama va tashvishlanish umumiy qarashda sezilarli siljishlarga olib keldi – 
chekuvchilar foyizi keskin kamaydi, ko‗pchilik to‗plangan yerlarda 
chekuvchilar va chekmaydiganlarga bo‗lish joylarni ajratishga jonbozlik 
ko‗rsatildi. 
Adabiyotlarda hissiyot deb, insonning boshqa odamlarga, obektlarga, 
borliq jarayonlariga nisbatan turg‗un sezgilari tushuniladi. Hissiyot va sezgi bir 
–biriga zich bog‗langan, lekin ular aynan o‗xshash emas. Turg‗unlikdan 
tashqari farqlar shunday ifodalanadiki, sezgi konkret obektga, his-tuyg‗u esa 
vaziyatga, voqeaga nisbatan emotsional reaksiyani aks ettiradi.
Sezgi kuchli anglashga ega bo‗lish, eng yuksak maqsad va qadriyatlar 
bilan birga insonni subektiv dunyoqarashining pozitsiyasini tashkil etadi.
Sezgilar obektidan kelib chiqqan xolda ijtimoiy hodisalar sohasida sezgilar 
klassifikatsiyasi 17-rasmda keltirilgan.
Inson ahloqiy sezgilarini mavjud voqealarni axloq va odob, majburiyatni 
sezish nuqtai nazaridan qabul qilish chog‗ida sinaydi. Bu sezgilar insonning 
hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash masalalariga faol yoki passiv 


72 
dunyoqarashi negizida, o‗zini, xalqini, atrof-muhitni turli xil xavf va 
tazyiqlardan muxofazalashni xoxlashi nuqtai nazaridan tavsiflangani uchun 
ham o‗ta muhimdir.
Axloqiy sezgilar insonni davlatdagi ijtimoiy hayotiga, go‗zallikni va 
oliyjanoblikni yaratuvchi hisoblangan xalqiga, jonajon yurtining tabiatiga 
munosabatida, go‗zallikni avaylash va qo‗riqlashda aks etadi.
Odam intellektual sezgilarini avariyalar, atrofdagi olamda mavjud xavflar 
haqida yo‗naltirilgan bilimlar, falokatlar va tabiiy ofatlardan shikastlantiruvchi 
faktorlaridan muxofazalash usul va vositalari orqali oladi. Amaliy sezgilarni
individ u yoki bu kasbiy yoki jamoat faoliyatiga jalb qilinganida his etadi.
Havfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha faoliyatning muvaffaqiyatiga sezgi va 
hissiyotlar sezilarli darajada yordam beradi. Shuning uchun individual darajada 
insonning hayot faoliyati xavfsizligini shakllantirishning muhim tarkibi bo‗lib 
hissiyotlar muhitini tarbiyalash va yaxshilash hisoblanadi. 
Bu jarayon oilaviy, maktabgacha va maktab tarbiyasida bolalik va o‗smirlik 
davrida ayniqsa samaralidir. Bundan tashqari, hissiyotlar muhitini 
rivojlantirishda hayot faoliyati xavfsizligini targ‗ibot qilish muhim rol o‗ynaydi, 
uning yordamida odamlarning hissiy xolati shakllanadi va hayotiy mavq‘iga, 
turli xolatlardagi hulqiga ta‘sir qiladi.
Inson hissiyotlari muhitiga sezilarli darajada zamonaviy ommaviy 
axborot kommunikatsiyalari (OAK) ham ta‘sir etadi. Hayot faoliyati 
xavfsizligini ta‘minlashda dalil elementlari yordamida chuqur o‗ylangan, o‗tkir 
ma‘noli va yengil hazilli videoroliklar, ijtimoiy reklama, o‗quv saytlari ijobiy
hissiyotlarni yaratadi.


73 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish