Rasm 28. Sezgilar klassifikatsiyasi
Inson hissiyotlari muhitiga sezilarli darajada zamonaviy ommaviy
axborot kommunikatsiyalari (OAK) ham ta‘sir etadi. Hayot faoliyati
xavfsizligini ta‘minlashda dalil elementlari yordamida chuqur o‗ylangan, o‗tkir
ma‘noli va yengil hazilli videoroliklar, ijtimoiy reklama, o‗quv saytlari ijobiy
hissiyotlarni yaratadi.
Bundan tashqari, insonning asabiy holatatini shakllantirishda, hususan
yetuklik yoshlarida xissiyotlarini tartibga solish masalalari bo‗yicha o‗zi bilim
olishi, kechinmalarini boshqara olish ko‗nikmalarini egallashi muhim rol
o‗ynaydi, asabiy-hissiy faktorlarga bog‗liq turli kasalliklarni oldini olishidan
tashqari, xavfli va favqulotda vaziyatlarda o‗ylab ko‗rilgan qarorlarni qabul
qilishga imkon beradi.
Individning qobiliyati ham hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha
chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kam bo‗lmagan ahamiyatga
Sezgilar klassifikatsiyasi
Amaliy
Mehnat
jarayonidan ,
о‗qishdan, sport
bilan
shug‗ullanishdan
va b. qoniqish;
muloqotdan
suyunish;
boshqalar
Ahloqiy
vatanparvarlik;
burch hissi;
milliy g‗urur;
birodarlik;
dо‗stlik;
sevgi (insonga, halqqa);
ishonganlik;
boshqalar
Estetik
San‘at asarlaridan
zavqlanish;
Gо‗zallik oldida
ehtirom qilish;
Tabiatni sevish;
Boshqalar.
Intellektual
qiziqish;
sinchkovlik;
hadiksirash;
ishonch;
intellektual
xursandchilik;
boshqalar
74
ega bo‗lib, ma‘lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sharti
hisoblangan shaxsning individual asabiy hususiyatlari tushuniladi. Qobiliyatlar
individning tug‗ma hususiyatlari bilan birga, uning ijtimoiy tajribasiga ham
sabab bo‗lishi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish uchun
shaxsning ushbu sifatlar imkoniyatlaridan individual darajada foydalanish
zaruratini tug‗diradi.
Qobiliyatlar faoliyatning yo‗naltirilganligi nuqtai nazaridan
umumiy va
maxsus
bo‗ladi. Faoliyatlarning ko‗plab turlari tomonidan muhim talablarini
bajarish va insonlar bilan muvaffaqiyatli muloqotni umumiy qobiliyatlar
ta‘minlaydi. Bunga shunday misol keltirish mumkin: jabrlanganlarni vayron
bo‗lgan binolarning ostidan qutqarishdagi qiyin texnologik jarayonlarni
bajarishda, jabrlanganlarni hayotini saqlab qolish uchun tibbiy muolajalarni
o‗tkazish va boshqa faoliyat turlarini bajarish chog‗ida harakatlarni aniq va
yo‗naltirilgan bo‗lishi zarur. Maxsus qobiliyatlar esa o‗ziga xos turli xil faoliyat
turlari nuqtai nazaridan talablar bajarilishini ta‘minlaydi. Bu xolat katta
hajmdagi axborotlarni tezkor qayta ishlash imkonini ham beradi, dispetcherlik
punktlari operatorlarning faoliyatida, iqtisodiyot obektlarda korporativ xavfsiz
madaniyatli mutaxassislari kommunikativ imkoniyatlarini ishlab chiqish va
tatbiq etishda ham juda foydalidir.
Qobiliyatni rivojlanish davrlari borasidagi izlanishlar shuni ko‗rsatadiki,
umumiy qobiliyatlarga 6 yoshgacha poydevor qo‗yiladi. Bu vaqtda ularning
rivojlanishini asosiy usullari oilaviy tarbiya va maktabgacha tarbiya hamda
qo‗shimcha o‗quv muassasalari hisoblanadi. 17–20 yoshgacha umumiy, kasbiy
va qo‗shimcha bilim olish muassasalarida, kasbiy faoliyat jarayonida maxsus
qobiliyatlar jadal rivojlanadi.
Insonnning jismoniy sifatlari ham hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash
jarayonida muhim rol o‗ynaydi. Bu sifatlar salomatlik darajasi bilan aniqlanadi,
ya‘ni, organizmning, uning zahiralarini funksional xolati, ijtimoiy qobiliyatlari
tushuniladi. O‗z navbatida sog‗liq darajasining vakolatli ko‗rsatkichi bo‗lib
o‗rtacha umr ko‗rish hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichni kamaytiruvchi faktorlar
75
29- rasmda keltirilgan
4
Do'stlaringiz bilan baham: |