Ishlab chiqarish binolaridagi ish o‘rinlarini yoritishda tungi paytlarda tabiiy yorug`lik
bo‘lmaganligi uchun sun‘iy yoritish tizimlaridan foydalaniladi. Ishlatilishiga ko‘ra sun‘iy yoritish
2) buzulish ro‘y berganda ( avariyali )
3) odamlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish
4) qo‘riqlash uchun mo‘ljallangan
5) navbatchi
Sun‘iy yoritishning qo‘yidagi usullari mavjud:
1) umumiy
2) murakkab
3) mahalliy
Ishlab chiqarish binolarini umumiy yoritishda chiroqlar binoning yuqori qismiga o‘rnatilib,
binoning ikki qismi bir tekisda yoki uskunalarni joylashtirishni hisobga olgan holda yoritiladi. Ishlab
chiqarish binolarini murakkab yoritishda, umumiy yoritishga ko‘shimcha ravishda ish joylarini
mahalliy yoritish manbalaridan foydalaniladi.
Murakkab yoritishdan foydalanilganda biror bir ishni bajarish uchun mo‘ljallangan yoritish
me‘yorini 10 % umumiy chiroqlar, qolgan 90 % mahalliy chiroqlar yordamida amalga oshiriladi.
Mahalliy yoritishda yoritgichning yorug`lik oqimi o‘ta aniqlik talab qiladigan ishni
bajarayotgan uskunaga yo‘naltiriladi. Murakkab yoritish usuli o‘ta aniqlik 1-4 toifa ishlarini
bajarishda qo‘llaniladi. Sun‘iy yoritish manbalari sifatida cho‘g`lanuvchi va gaz gazarazryadli
chiroqlar ya‘ni lyuminessent chiroqlardan foydalaniladi.
Cho‘g`lanma chiroqlar hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan yorug`lik manbai hisoblanadi.
Buning asosiy sababi ularning tuzilishini oddiyligi, ishlatilishini qulayligi, yonish davrining tezligi,
qo‘shimcha moslamalarsiz tok manbaiga ulash mumkinligi, kuchlanishni minamal miqdorda
pasayganida ham ishlash qobiliyatini yo‘qotmasligi, atrof tabiiy muhit ta‘siriga bog`liq
emasligidir.Shu bilan birgalikda cho‘g`lanuvchi chiroqlar ham ma‘lum bir kamchiliklardan xoli
emas. Bulardan asosiylari: xizmat ko‘rsatish muddatini kamligi ya‘ni 1000 soatni tashkil etadi,
foydali ish koeffitsiyenti juda ham pastligi umumiy qabul qiladigan energiyani 4% gina ko‘rinadigan
yorug`lik nurni tashkil etib, qolgani issiqlikka aylanadi, chiroqning ustki qismida haroratini
yuqoriligi (ishlatilgandan keyin 3-5minut o‘tgandan keyin harorat 300-350 °S dan ortib ketadi),
chiroqdan tarkalayotgan nurlar tarkibida qizg`ish va sariq nurlarning mavjudligidir. Bu
chiroqlarning nur berish darajasi juda past 20-25 LM / VТ. Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan
gazarazryadli chiroqlar cho‘g`lanuvchi chiroqlarga nisbatan ma‘lum bir ijobiy xususiyatlarga ega,
jumladan bu chiroqlarning nurlanish darajasi ancha katta bo‘lib, 50 dan 100 LM / VТ gacha, xizmat
ko‘rsatish muddati 800-1400 soatgacha. Bu chiroqlarga to‘ldirilgan inert gazlar, metan bug`lari
miqdorini o‘zgarishi hisobiga xohlagan spektrdagi nurlarni olish mumkin. Ish joyini sifatli yoritish
ko‘p jihatdan chiroqlarni to‘g`ri tanlashda ularni o‘rnatish va yorug`lik oqimini yo‘naltirishga
bog`liq bo‘ladi. Chiroqlar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: ochiq, muhofazalangan, yopiq, namdan
va portlashdan muhofazalangan va hokazolar.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish binolarini yoritish uchun PPD-200, PPR-200, BVG-
200,NV-15,NG-200, LDS-20, LD-20, LB-30,LBS- 40,LDS- 80 kunduzgi chiroqlardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: