Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Evakuatsiya vaqtini aniqlashga oid variantlar



Download 6,65 Mb.
bet80/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Evakuatsiya vaqtini aniqlashga oid variantlar



Variantlar




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

AxB

(15х17)

(17х19)

(13х11)

(15х11)

(17х16)

(11х14)

(16х18)

(14х11)

(13х19)

(14х11)

b

3

2

4

5

2,5

3,5

4,5

2,75

2,85

3,15

V

125

128

114

175

166

152

132

134

124

125

C

1,25

1,5

1,75

1,15

1,35

1,20

1,22

1,30

1,25

1,5

L

12

11

10

9

13

14

10

11

12

11

n

7

8

9

10

6

11

12

7

8

9

N

100

102

96

98

104

110

112

118

120

122

X

80

82

84

86

76

78

79

82

84

87



65,22

70,25

72,23

68,19

66,23

58,18

65,22

70,25

72,23

68,19

Q

12800

11950

10600

12450

13200

12550

13000

10350

11250

12350

k

11

12

13

14

15

10

12

11

11

12

M

0,25

0,28

0,24

0,32

0,35

0,37

0,27

0,23

0,33

0,34

axb

5х6

6х7

10х8

10х9

6х8

5х9

6х7

8х9

9х6

7х8

L2

30

25

32

28

32

29

25

22

36

21

V2, V3

85,35

75,25

70,30

82,28

86,35

92,43

95,45

92,27

90,26

81,38

q

10

6

11

12

7

8

9

10

6

11

Kutilmaganda va birdan yuzaga kelgan xavfli vaziyatlarda (yong`in portlash, halokat, yer qimirlashi) korxonadan barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunday sharoitda, qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashqariga yo`naltirish kerak bo`ladi.
Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya eshigigacha bo`lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning o`tga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatligi ekanligiga bog`liq.
Evakuatsiya yo`llarining eni 1 m dan eshiklarning eni 0,8 m bo`yi 2 m dan kam bo`lmasligi kerak. Evakuatsiya yo`llari bo`lgan koridorlar zinapoyalar odamlar soniga qarab hisoblanadi. Zinapoyalarda tutun to`planmaydigan bo`lishi, ya’ni tutunning chiqarib yuborishi uchun tashqi tomoni ochiq yoki havoni chiqarib yuborishni ta'minlovchi texnik vositalarga ega bo`lish kerak yoki zina kataklari ichkari tomondan yong`in chiqishi mumkin bo`lgan binodan ajratilgan bo`lib tashqi tomondan yoritiladigan bo`lishi mumkin. Har xil balandlikdagi binolar uchun yong`inga qarshi narvonlar o`rnatilishi kerak.
Evakuatsiya chiqish yo`llari va ularga bo`lgan talablar. Har qanday bino loyihalanayotganda albatta yong`in vaqtida kelishlarni u yerdan o`z vaqtida chiqarib yuborish imkoniyatlarini yaratadigan evakuatsiya yo`llari tashkil qilinadi va evakuatsiya qilish tartibini belgilovchi grafigi osib qo`yilishi kerak. Evakuatsiya yo`llari har qanday korxona yoki tashkilot uchun kamida 2 ta bo`lishi kerak.
Yong`in sodir bo`lgan taqdirda binodan insonlar (ishchilar esa korxona yoki fabrika xonasidan) eng qisqa yo`l orqali belgilangan ma`lum vaqt ichida chiqib ketishlari zarur.
Biz misol tariqasida talabalar uyidagi tartibli ko`chirish rejasini ko`rib chiqamiz.
Yong`in sodir bo`lganda talabalar va xizmatchilarni evakuatsiya qilish yo`riqnomasini rejasi. (5.5- jadval)

5.5 -jadval.


Qarshi davlat universiteti № 3 talabalar uyi
(muassasaning nomi)

Harakat nomi

Harakatning tartibi va ketma-ketligi

javobgar shaxsning ismi sharifi

Yong`in haqidagi xabarlar

Yong`inni sezganda yoki boshlanganda darhol telefondan 01 orqali o`t o`chirishga qo`ng`iroq qilib yordam so`raladi.




Talabalar va xizmatchilar
yonayotgan binodan evakuatsiya qilish yoki evakuatsiya tartibini har xil variantlari.

Talabalar va xodimlarni yong`in boshlangan xonalardan hamda yong`in tarqalishi mumkin bo`lgan xonalardan, evakuatsiya qilishni boshlash kerak. Hamma evakuatsiya qilinayotganlar tashqariga, koridorlar va ehtiyot chiqish yo`llari orqali darhol chiqishlari kerak.




Evakuatsiya qilinganlarning xisobini tekshirish

Evakuatsiya qilinganlarni hisobini sanab ro`yxati orqali aniqlash.




Evakuatsiya qilinganlar uchun joylashtirish punkti

Hamma talaba va xodimlarni xavfsiz joyga jo`natish manzilini ko`rsatish.




Paydo bo`lgan yong`inni o`z xizmat etuvchi personal (DPD) yordamida o`t o`chiruvchilar qismi yetib kelganda o`chirish.

O`t o`chirish yong`inni sezganda darhol evakuatsiyada ishtirok etmayotgan xodimlar tomonidan tashkillashtiriladi. Yong`inni o`chirish qurollaridan foydalaniladi.




Yong`inni tugatishda o`t o`chirish komandasi yetib kelgandan so`ng qatnashish.

Chaqirilgan o`t o`chirish qismini kutib olish. Universitet tomonidan kishi tayinlanadi.U yetib kelgan o`t o`chirish komandasining boshlig`iga yonayotgan va tutayotgan xonalarga evakuatsiya qilinganligini va qaysi xonada odam borligidan axborot berish kerak.




Yo`riqnomani tuzdi ___________________________________


Evakuatsiya rejasi va bajariladigan vazifalar bilan tanishdilar:
__________________________________________________/ - - - /
__________________________________________________/ - - - /


Takrorlash uchun savollar
1. Yong`in sodir bo`lganda odamlarni evakuatsiya qilish rejimi nima va evakuatsiya yo`riqnomasi qanday tuziladi?
2. Yong`in sodir bo`lganda o`qituvchi tomonidan qanday harakatlar amalga oshiriladi?
3. Yong`in sodir bo`lganda odamlarni evakuatsiya qilish rejasi qanday tuziladi?
4. Evakuatsiya qilishning taxminiy yo`riqnomasini tushuntirib bering.
5. Yong`in haqidagi xabar dastlab kimga yetkaziladi?
6. Evakuatsiya qilishning qanday variantlari mavjud?
7. Yong`in sodir bo`lganda chiqish yo`llari, ularga qo`yiladigan talablar.
Hisobotning mazmuni
Hisobotda ishning maqsadi, mazmuni talabalarni yong`indan evakuatsiya qilish rejasi va unga yo`riqnomasi tuzilib, ish to`g`risida qisqacha xulosalar keltiriladi hamda yo`riqnoma yoritilgan bo`lishi kerak.
Bob bo`yicha nazorat savollari.
1. Yong`in deganda nima tushuniladi?
2. Yong`inning davomiyligi nimalarga bog`liq?
3. Yong`inning xavfli va zararli omillari nima?
4. Yong`inni o`chirish moddalariga nimalar kiradi?
5. Yong`inni o`chiruvchi moddalarning klassifikatsiyasini ayting?
6. Yong`inni oldini olish tadbirlarini ayting?
7. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiylar yonish xususiyati bo`yicha necha turga bo`linadi va ular qaysilar?
8. Yong`in xavfli zonalarga qanday zonalar kiradi?
9. O`t o`chirgichlarlarning vazifasi nima?
10. Yong`inni aniqlashning avtomatik vositasi nima?
11. Yong`in xavfi bo`yicha umumiy ko`rsatkich sifatida qanday omillar hisobga olinadi?
12. Yong`in xavfi bo`yicha modda va materiallar qanday turlarga bo`linadi?
13. Yonmaydigan, qiyin yonuvchan moddalar deb qanday moddalarga aytiladi?


VI BOB. BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO`RSATISH ASOSLARI
6.1. Shikastlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatish va ularni saralash.

O`zbekiston Respublikasi VM 1997 yil 23.12 558-sonli “FV da ogohlantirish va unda harakat qilish davlat tizimi (FVDT)” qarorida aholi va hududlarni tinchlik va maxsus davrlarida muhofaza qilish chora – tadbirlari ko`rsatilgan.


FVVda shunday vaziyatlarda yordam ko`rsatadigan maxsus tashkiliy guruhlar va professional qutqaruv otryadlari bor. Ular shikastlanganlarga yordam ko`rsatish uchun kerak bulgan barcha zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlangan. Lekin shunga qaramasdan aholi va hududlarni katta FV larda to`liq himoya qila olmaydi. Shuning uchun aholining tayyorgarligi yaxshi bo`lishi kerak. Bino va inshootlar mustahkam qurilgan bo`lishi shart.
Buzilgan vayronalar ostidan shikastlanganlarni qutqarishda qavm-u qarindoshlari yordamida 50% i, erkin jamoa qutqaruvchilari yordamida 30 % i topiladi va qutqariladi.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish