Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda O`zbekiston Respublikasining qonunlari:
1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (8.12.1992y.).
2. O`zR Mehnat kodeksi 21.12.1995 y. 161-1-son: XIII bob.«Mehnatni muhofaza qilish».
3. «Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida» O`zR qonuni (22.09.2016y. №410).
4. Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha Davlat me’yoriy hujjatlar talablarini o`z ichiga olgan, normativ huquqiy hujjatlar tizimi.
5. O`zR Hukumatining qarori (12 iyul 2000 g. N 267).
6. O`zR Prezidentining farmonlari, O`zR Hukumatining, O`zR Mehnat vazirligining, boshqa vazirliklar va muassasalarning normativ-huquqiy hujjatlari, O`zR davlat hokimiyati organlarining normativ hujjatlari.
7. Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha Davlatni me’yoriy hujjatlar talablari - qoidalar, protseduralar va mezonlar, ishlovchilarni mehnat jarayonida hayoti va sog`lig`i saqlanishini ta’minlashga qaratilgan.
8. Hayot faoliyati xavfsizligining talablari, mulk va xo`jalik yuritish shakli turlicha bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar, ular tomonidan barcha turdagi faoliyatni olib borganda, majburiydir (O`zR mehnatni muhofaza qilish to`g’risidagi qonuni).
Faoliyat xavfsizligida mehnatni muhofaza qilish bo`yicha asosiy qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar.
• O`zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunini (ro`yxat raqami №410 yangi tahrirda 22.09.2016y.).
• O`zbekiston Respublikasining ”Mehnat kodeksi”(ro`yxat raqami 161-I, 1995 yil 21 dekabr).
• O`zbekiston Respublikasi “Elektrenergetika to`g`risida”gi Qonunini (ro`yxat raqami 225 , 2009 yil 30 sentabr).
• O`zbekiston Respublikasi “Yong`in xavfsizligi to`g`risida”gi Qonunini (ro`yxat raqami 226 , 2009 yil 30 sentabr).
• O`zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to`g`risida ”gi Qonuni (ro`yxat raqami 57 , 2006 yil 28 sentabr).
• O`zbekiston Respublikasining “Baxtsiz hodisalardan va kasbiy kasalliklardan majburiy sug`urta qilish to`g`risida”gi Qonuni.
• O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi «Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy xujjatlarni qayta ko`rib chiqish va ishlab chiqish to`g`risida» gi 267–sonli qarori.
• O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat sharoiti o`ta zararli va o`ta og`ir ishlarda band bo`lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati”.
• O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 12 noyabri 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot va muassasalarda Hayot faoliyati xavfsizligi fondi tashkil qilinishi va uni mablag`larini ishlatish tartibi to`g`risidagi nizomi”.
• O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatlig`ining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to`g`risidagi nizom”.
• Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori ”Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to`lash Qoidalari”.
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha ishlarni tashkil qilish to`g`risida Namunaviy nizom” (ro`yxat raqami 273, 1996 yil 14 avgust).
• “Hayot faoliyati xavfsizligi bo`yicha o`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to`g`risidagi Namunaviy nizom” (ro`yxat raqami 272, 1996 yil 14 avgust).
• “Mehnatni muhofaza qilish vakili to`g`risidagi nizom” (ro`yxat raqami 196, 1995 yil 18 dekabr).
• “Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha yo`riqnomalarni ishlab chiqish to`g`risida”gi Nizom (ro`yxat raqami 870, 2000 yil 7 yanvar).
• «Положение об установлении пределно допустимих норм при подеме и перемешении тяжестей литсами моложе восемнадсати лет» (рег. № 1954 от 12 мая 2009г.).
• “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to`liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro`yxati”ga (ro`yxat raqami 865, 2000 yil 5 yanvar).
• O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko`riklardan o`tkazish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi 10 iyul 2012 yil 200-son buyrug`i (ro`yxat raqami 2387, 2012 yil 29 avgust).
• Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro`yxat raqami 1582, 2006 yil 13 iyun).
• Balanlikda ishlaganda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” (2009 yil 24 yanvar, ro`yxat raqami 1890).
Mehnatni muhofaza qilish huquqlari - mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog`lig`i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profildalolatnomaika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimidir.
Texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish ishlarini ko`rib chiqadi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi - zararli ishlab chiqarish omillar ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish ishlarini ko`rib chiqadi.
Yong`in xavfsizligi – yong`inlarni kelib chiqish sabablari, yonish va portlash tabiatini, yong`in va portlash xavfsizligini ta’minlash usullari, yong`inlarni o`chirish va yong`in muhofazasini tashkil qilishni ko`rib chiqadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha me’yoriy huquqiy hujjatlari - Ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaratish, zararli va xavfli omillar oldini olish, mehnat to`g`risidagi qonun asosida ishlash kabilar alohida qabul qilingan Respublikamizning asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlari tizimi bo`yicha amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan mehnat qonunlari, standartlar belgilanadi. Korxonalar tomonidan o`zining nizomlari, korxonaga doir qoidalar va me’yoriy hujjatlar belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |